Chuqurlik–shtangali nasos qurilmasi bilan jihozlangan quduqlarni ta‘mirlashda,
ketma-ketlikda olib boriladi: agarda quduq tebratma dastgohli nasosni uzatmasi bilan
ishlatilganda, birinchi tebratma–dastgohning yuqori shtangasi (polirovkali shtok)
ajratiladi, muvozanatlagich kallagi yon tomonga olib qо‗yiladi, undan keyin esa
shtangali elevator yordamida shtanganing butun tizmasi ilgakka osib qо‗yiladi.
447
Asboblarni kо‗tarish vaqtida, mufta birinchi shtangadan chiqarilgandan keyin,
mufta tagiga ikkinchi elevator qо‗yiladi, ya‘ni shtang tizmasidan birinchi shtangani
ajratib olishda tushib ketishdan ushlab turadi.
Ajratib olingan shtanga kо‗prikka yotqiziladi, keyin esa navbatdagi shtanga kо‗tariladi
va hokazo. Shtanga tizmasining hammasi kо‗tarib olingandan keyin, xuddi shunday
ketma-ketlikda nasos-kompressor quvurlarni kо‗tarib olish boshlanadi.
Quduqqa tushirilgan hamma tizma, elevator yordamida ilgakka osiladi, ya‘ni
muftadan keyin quvur tizmasi ushlab turiladi. Qachonki, quvurlar qandaydir
balandlikka kо‗tarilganda va navbatdagi quvurning muftasi quduq ustiga kо‗tariladi,
bu muftaning tagiga ikkinchi elevator qо‗yiladi, ya‘ni navbatdagi quvurni yechib
olishda quvur quduqqa tushib ketmasligi uchun ushlab turadi.
Ajratib yechib olingan quvurlar kо‗prikka yotqiziladi va navbatdagi quvurlarni
kо‗tarib olish boshlanadi. Og‗ir mehnatlarni yengillashtirish, tezlashtirish maqsadida
tushirish-kо‗tarish jarayonida avtomatik yer osti ta‘mirlagich qо‗llaniladi.
Avtomatik va yer osti ta‘mirlash ishlarida quyidagilarni amalga oshirish
mumkin:
1) NKQlarni avtomatik qamrash va tizmaning maxsus kanalini qamrab olish yoki
spayderda;
2) NKQ-ni mexanik burab mahkamlash va burab ajratib olish;
3) NKQni quduqqa avtomatik markazlashtirish;
4) burab mahkamlash kuchlarni avtomatik chegaralash.
APR turidagi avtomatlar (16.8-rasm) NKQlarni burab mahkamlash va bо‗shatish
operatsiyalarini amalga oshirish hamda avtomatik qisib turish, og‗irlikni ushlab turish,
bо‗shatish va markazlash ishlarni amalga oshiradi.
U quyidagi bloklardan tashkil topgan: elektr dvigateli, aylantiruvchi vodila,
spayder, markazlagichdan. APR bilan ishlashda quvurli KOT, KTG va KSM
tо‗xtatashni chegaralovchi kalit, EG elevatordan va tagli panjadan hamda ETA
elevatori va KTGU-M va KTD quvurli kalitlardan foydalaniladi. Nasos shtangalarini
burab mahkamlashni va bо‗shatishni mexanizatsiya jarayonini amalga oshirishda
448
FSHKTM, KMSHE, KARS shtangali kalitlaridan foydalaniladi va ularni ishlatish
tartibi xuddi APR kalitlari kabidir.
Mexanik universal kaliti KMU quduqlarni ta‘mirlash ishlarida NKQlarni burab
yechib olish va mahkamlashda hamda ularni og‗irligini ushlab turish va quvurlar
birikmasini markazlashda qо‗llaniladi. Kalitlar kо‗p marta botma markazdan qochma
elektr nasoslarni ta‘mirlashda qо‗llaniladi. KMU-50, KMU-GP-50, KMU-32 kalitlar
portlashga xavfsiz bо‗lgan kon tarmog‗idan is‘temol qiladigan elektr inersiyali
yuritmaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: