440
16.3. Quduqlarni ta‟mirlashda qо„llaniladigan qurilmalar va mexanizmlar
Hamma turdagi quduqlarni yer osti va kapital ta‘mirlash ishlari quduqdan
quvurlarni, shtangalarni va har xil turdagi asbob yoki jihozlarni kо‗tarish va tushirish
jarayonlari bilan bog‗liqdir. Buning uchun konlarda kо‗taruvchi kо‗chma agregatlar
keng qо‗llaniladi, ya‘ni minora va chig‗irlar traktorga yoki hamma joylarda yura
oladigan avtomobillarga о‗rnatilgan bо‗ladi va birorta transport bazasiga
joylashtiriladi. Sо‗nggi yillarda kо‗targichlar har joyda yura oladigan avtomobil
vositalariga (KrAZ) A-40, A-50 va boshqalarga о‗rnatib chiqarilmoqda. Uzoq vaqt
LT-NKM va Azin MASH-43P traktorlariga va yuk kо‗tarish imkoniyati 16 dan 80
tonnagacha bо‗lgan modifikatsiyadagi kо‗targichlar qо‗llanilgan.
Minora yoki machtalar odatdagi polispast yoki ilgakli tal tizimi bilan
jihozlanadi, ularga maxsus moslamalar yordamida yuklar (quvurlar, shtangalar, nasos
qurilmalari) osib qо‗yiladi.
Tushirish va kо‗tarish jarayonlari tal tizimi yordamida, ya‘ni kranblok, tal blok,
ilgak va tal arqonlari yordamida olib boriladi.
Tal tizimini jihozlash, ya‘ni shkivlarning soni kо‗tariladigan yuklarning
massasidan (og‗irligidan) kelib chiqib aniqlanadi.
I-chi sxema bо‗yicha kо‗tarishda, masalan Q
-
massali yukni kо‗tarish uchun
R
-
kuch kerak bо‗ladi, nazariy jihatdan bu kuch
Q
yukni og‗irlik kuchiga tengdir.
Yuk kо‗tariladigan barabanga о‗raladigan arqonning uzunligi balandlik
1
H
-ga teng
bо‗ladi.
II-sxemada tal blokidagi bitta shkivdagi yuk ikkita arqonga teng taqsimlanadi
Q
2
1
.
Arqonning qо‗zg‗almaydigan va yuradigan uchi ham bir xil yukka sinaladi.
Bunday holatda yukni
N
balandlikka kо‗tarish uchun barabanga 2
N
balandlik
uzunligidagi arqon о‗raladi va yukni kо‗tarish uchun 2 marta kо‗p vaqt talab qilinadi.
Jihozlashni 2x1 sxemasiga nisbatan tal tizimini 3x2 sxemada jihozlashda kо‗rsatkich
ikki martaga, 4x3 jihozlashda-4 marta oshadi. III-sxema bо‗yicha yukni kо‗tarish bitta
harakatlanuvchi shkiv yordamida olib boriladi, arqonning qо‗zg‗almas uchi minorani
441
asosiga emas, harakatlanuvchi shkivning halqasiga mahkamlanadi, Q-yuk 3 ta
kanatlarga osiladi, har bir arqonga
Q
3
1
kattaligidagi yuk teng taqsimlanadi,
barabanga о‗raladigan arqonning uzunligi Z
N
ga teng bо‗ladi.
Har qanday jihozlanishda harakatlanuvchi arqonning uchidagi tortishish kuchi
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
arqonning qо‗zg‗almas uchi kо‗taruvchi inshootning asosiga mahkamlanganda:
n
Q
P
2
(16.1)
arqonning qо‗zg‗almas uchi harakatlanuvchi shkivning halqasiga mahkamlanganda:
1
2
n
Q
P
(16.2)
bu erda: Q
– ilgakdagi yukning massasi;
n –
harakatlanuvchi shkivlar soni;
η
– tal tizimining FIK.
Polipastning qо‗zg‗almas roliklarining yig‗ilgan joylari kranblok deb ataladi va
minora yoki machtaning eng yuqori qismiga о‗rnatiladi (16.2-rasm). Kranblokning
hamma roliklari erkin bitta valga о‗tqazilgan va ramaga mahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: