bajarishga tо‗g‗ri keladi. Shuning uchun uzilishga katta qarshilik kо‗rsatadigan qalin
Eng qiyin kapital ta‘mirlash, tuzatish ishlariga quyidagilar kiradi: pachoqlanishlarni
tuzatish, ishlatish tizmasini tashqi tomonini almashtirish, uzilgan tizmalarni va
Ishlatish tizmasini pachoqlangan uchastkasi odatda tuzatuvchi burg‗ilar yoki
pachoqlangan uchastka tekis va konussimon frezer yordamida kesib olinadi.
Tuzatilgan uchastka sement halqasi bilan mustahkamlanadi. Buning uchun bosim bilan
qurilmaning uchib ketishi va NKQni ham quduq tubiga tushishi va kabelda sal‘nik
paydo bо‗lishi kiradi. Bunday avariyalarni bartaraf qilishda maxsus ilgaklar, quvur
ketgan uskunalarni, MQENlar va kabellar birga quduq tubiga tushib ketganda ularni
453
Eng murakkab ishlarga quvurlarni tutish va olib chiqarish ishlari kiradi, nasos-
kompressor quvurlar quduqqa tushib ketganda quduq tubiga uriladi, uzunligi bо‗yicha
egiladi va ishlatish tizmasiga tiqilib qoladi. MQEN (markazdan qochma elektro nasos)
quduqqa tushib ketgan kabellarga tiqilib qoladi.
Kо‗pgina avariyalarda quvurlar quduqlarning tubiga tushib ketganda, kо‗p joyi
sinib ketadi va quduqda qatorli holda joylashib qoladi. Bundan tashqari nasos-
kompressor quvurlar shtangalari bilan birgalikda uzilib ketadi.
Quduqqa tutqich asboblarini tushirishdan oldin ishlatish tizmasini holatini va
quduqqa tushib ketgan quvurlarni, shtanga yoki boshqa elementlarni qanday
joylashganligini aniqlanadi.
Buning uchun qо‗rg‗oshinli muhrdan foydalaniladi. Quvurlarning shtangalarini
yoki boshqa narsalarni yuqori uchidan iz olishda yon yuzali muhrlar qо‗llaniladi.
Ishlatish tizmalari pachoqlanganda konussimon muhr bilan tekshiriladi.
Tutqich asboblarga overshotlar, qо‗ng‗iroqlar, quvur tutqichlar (ichki va tashqi)
metchiklar, ilgaklar, qarmoqlar, yorshilar, shtoporlar va boshqalar kiradi.
Nasos-kompressor quvurlarni tutish (ushlash) uchun har xil о‗lchamdagi о‗ng
yoki chap rez‘bali quvur tutqichlar qо‗llaniladi. Quvurli tutqichlar yordamida ichki va
tashqi rez‘balar chiqariladi. NKQ-larni muftasini yoki boshqa jihozlarning burtgan joyi
bо‗lganda ularni tutishda overshotlardan foydalaniladi.
NKQ-larni tashqi yuzasidan tutish uchun ya‘ni uzilgan quvurni tanasida yoki
uzilgan joyida mufta bо‗lganda qо‗ng‗iroqlar qо‗llaniladi. Tutqich ishlarida xavfsizlik
va ishonchlilikni ta‘minlash maqsadida qalin devorli, diametri 2
7/8"
bо‗lgan burg‗ilash
quvurlari qо‗llaniladi.
Quvur tutqich (QT) va shtanga boshcha (SHB) tashqi tomonidan ushlovchi
erkinlashmagan sangali tutqichlar quduqdan nasos-kompressor quvurlarni, quduq
nasoslarini, tub dvigatelllarni va nasos shtangalarini avariya paytida ushlash va olib
chiqarishni ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: