O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

Ishlatish tartibi 

Quduqqa  tutqich  asboblarni  tushirishda,  yо‗naltiruvchi  karnay  о‗zining 

egilganligi hisobiga obyektni tutadi va uni ichiga quvur tutqichni yо‗naltiradi (shtanga 



 

454 


boshchani), sangali tutqich bilan uzatma yuqoriga tirkalguncha kо‗tariladi, qisiladi va 

tutuvchi obyektni ichiga о‗tqaziladi. Tutuvchi tizma yuqoriga harakatlanganda,  sanga 

tutiladigan  obyekt  bilan  birgalikda  konussimon  sirtiga  tushiriladi  va  yopishadi. 

Natijada tutiladigan obyektni ishonchli ushlanib qolishi amalga oshiriladi. 

Tutiladigan  obyekt  ushlanganda  muftaga  chegaralovchi  vtulka  о‗rnatiladi,  bir 

uchi bilan uzatmaga tirkaladi, ushlanadigan obyektni yurishini chegaralaydi. 

Ushlab  chiqariladigan  obyektni  burtmasi  tagidan  yoki  muftasi  tagidan  sangani 

yopishib  qolishi  sodir  bо‗ladi.  Bunda  konussimon  tirgak  sirt  va  burtmani  yoki 

tutiladigan obyekt muftasini ostki burtmasiga sanga joylaydi. 

Sangalarni  almashtirish  mumkinligi  tufayli,  shtangali  boshcha  va  quvur 

tutqichlari  yordamida  har  qanday  о‗lchamdagi  diametrli  va  bitta  bir  xil  о‗lchamli 

konfiguratsiyali  tutib  chiqariladigan  obyektlarni  olib  chiqarish  imkoniyatini 

kengaytiradi. 

Trubo  shtanga  boshchasi  TL-1  quvur  tutqich  va  SHA-1  shtanga  tutqichlardan 

tuzilgan bо‗ladi va bir vaqtning о‗zida nasos shtanga tizmasini va NKQ-larni tutish va 

kо‗tarishda foydalaniladi.  

Tutiladigan obyektlar: NKQ-larning diametri 60, 73, 89 mm;  

Nasos shtangalari diametri 16, 19, 22, 25 mm. 

Texnik tavsiflari:  

quvurlarni shartli diametri, ichidan tutish amalga oshiriladi, mm: 146, 168; 

ruxsat etilgan о‗qli yuklanma, kN: 500; 

diametri, mm: 122;  

uzunligi, mm: 880. 

Quvur  elevatorlari  quvur  tizmasini  og‗irligini  quduqdan  kо‗tarishda  yoki 

quduqqa    tushirishda  hamda  alohida  quvurlarning  shamini  ushlab  turishda  xizmat 

qiladi.  Elevator-yuk  kо‗taruvchi  qurilma  bо‗lib,  quvurlar  birikmasi  va  qо‗shimcha 

yuklarning og‗irligini qabul qiladi. 

Shtroplar–elevator  tal  ilgakka  osiladi,  elevator  va  tal  ilgakning  oraliq  zvenosi 

sifatida xizmat qiladi. 



 

455 


Quvurlar  tizmasini  tushirish-kо‗tarish  jarayonlarida  bir  quvurni  yoki  shamni 

tushirishda elevatorni ketma-ket siljitishga, jihozlashga (quvurga kiydirish va yopish), 

quvurlarni  olishga  va  qaytadan  siljitishga  tо‗g‗ri  keladi;  xuddi  shunga  о‗xshash 

operatsiyalar  tizmani  tezlikda  kо‗tarishda  ham  bajariladi.  Shunday  qilib  quvurlar 

birikmasida  har  bir  quvurni  tushirishda  yoki  kо‗tarishda,  quvurdan  quvurga  elevator 

ikki  marta    siljitiladi,  bir  marta  quvurga  zaryadlanadi  va  bir  marta  olinadi.  Bu 

operatsiyalarning hammasi  qо‗lda bajariladi. 

Ikkita  elevatordan  foydalanilganda  quvurlar  tushirilganda-kо‗tarilganda  va 

quvurlar taxmonlarga taxlanganda bir smena davomida bir brigada tomonidan 400-500 

marta  marta  elevatorlar  siljitiladi,  unga  mos  holda  elevatorlarni  olish  va  zaryadlash 

ikki  martaga  kо‗payadi  hamda  shtroplar  400-500  marta    kо‗chiriladi,  olish  va 

kiydirishlar  soni  ham  ikki  martaga  oshadi.  Bu  operatsiyani  ikkita  ishchi  bajaradi. 

Elevatorlarni  quvurga  va  shtroplarni  elevatorga  kiydirish  jarayonlarini  amalga 

oshirishdagi vaqt va zо‗riqishlar asosan ularning massasiga bog‗liq va bundan tashqari 

elevatorning  qurilmasi  esa  takomillashtirilgandir.  Operatsiyalarni  amalga  oshirish 

vaqtni  qisqartirish  uchun  ularni  yengillashtirish,  elevatorni  va  shtropni  sxemasini 

kamaytirish hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shu tomondan qaraganimizda qulayligini 

va yopilishini hamda elevatorni yechilishini ta‘minlash muhim hisoblanadi. 

Tushirish-kо‗tarish  operatsiyalarida  yer  osti  va  kapital  ta‘mirlash  ishlarida 

qо‗llaniladigan  quvurlar  elevatorning  yuk  kо‗taruvchanligini  ta‘minlanishi,  ayniqsa 

chuqur quduqlarni burg‗ilash quvurlar yordamida olib borilganda 100-120 tonna yukni 

kо‗tarishi kerak bо‗ladi. 

Quvurlar  elevatorlarni  yopish  tizimlarini  xavfsizlik  talabidan  kelib  chiqib 

ishonchli  bо‗lishi,  о‗zi  ochilib    ketmasligi,  ochishda  va  yopishda  (qulflashda) 

murakkablik tug‗dirmasligi kerak. 

Elevatordan  binodan  tashqarida  foydalanilganda  atrof  muhitning  haroratida 

quvurlar  bilan  kontaktlashadi,  ayniqsa  parafin  yotqiziqli,  neftli,  minerallashgan  suvli 

va  korroziya  muhitda  bо‗ladi.  Shuning  uchun  elevatorning  konstruksiyasi  va 

tayyorlanishi uni ishlatish sharoitida ishonchliligini ta‘minlaydi. 



 

456 


Elevatorning  konstruktiv  sxemasiga  va  uning  о‗lchamlariga  quvurlarning  turi 

ta‘sir  qiladi.  Hozirgi  vaqtgacha  tо‗rt  xildagi  bir-biridan  turlari  bilan  farq  qiladigan 

quvurlarning elevatorlari keng qо‗llanilmoqda (16.11-rasm).  

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish