O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


 Bir vaqtda alohida ishlatish jihozlarining sxemasi



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

12.2. Bir vaqtda alohida ishlatish jihozlarining sxemasi 

“Favvora – favvora” sxemasi. 

Qatlamni  alohida  ishlatish  jihozlari  (AIJ)  yer  usti  va  quduq  ichi  tugunlaridan 

tashkil topgan. Yer usti jihozlarining tugunlari favvora armaturasi, nasos qurilmalari va 

boshqalardan  tashkil  topgan  bо‗ladi,  quduqning  ustini  germetiklash,harakatni  uzatish 

va rejim parametrlarini boshqarishni ta‘minlashga mо‗ljallangan. 

Yer  osti  tugunlari  qatlamlarning  germetikligini,  belgilangan  hajmdagi  debitni 

olish (yoki haydash) va uni yerning ustiga kо‗tarib berishni ta‘minlaydi. 

Turkumli  ishlab  chiqariladigan  jihozlardagi  paker  –kerakli  element  hisoblanadi 

va ishlatish davrida bir qator tizma quvur birikmasini oralig‗ini bekitadi. 



 

353 


―Favvora-favvora‖  sxemasida  neft  qazib  oluvchi  quduqlarda  qо‗llaniladigan 

qurilma ikki xil bо‗ladi: ikkita parallel joylashgan NKQlari UF2P (UQE, UFP, UFP2) 

turida  va  NKQlari  konsentrik  joylashtirilgan-UVLG  qurilmasi  bо‗lib,  bu  qurilma 

gazlift usulida ishlatilgan quduqning ichiga о‗rnatiladi. 

UF2P  turidagi  qurilma  (12.1-rasm)  116  va  168  mm.li  diametrdagi  ishlatish 

tizmasi  uchun  mо‗ljallangan  va  unga  mos  keladigan  NKQning  ruxsat  etilgan 

diametrlar 48x48, 60x60, 73x48 mm. 

Qatlamlarni  energetik  zaxiralari  favvoralanishni  ta‘minlaganda  konni  ishlatish 

davrida ―favvora-favvora‖ sxemasidan foydalaniladi. 

Bunday sxemadan foydalanilganda qatlamning mahsuloti yer ustiga bir- umumiy 

kanal  orqali  yoki  alohida  kanal  orqali  kо‗tariladi  va  ularning  soni  ishlatiladigan 

qatlamlarning  soniga  teng  bо‗lishi  kerak.  Ishlatish  tizmasida  parallel  yoki  konsentrik 

joylashtirilgan NKQ tizmasining kanalidan foydalaniladi. 

Jihozlarning  eng  soddasi  sxemasiga  (12.2-rasm)  paker  (8)  kirib,  u  mahsuldor 

qatlamlar (7,9) va NKQning tizmasini (5) oralig‗iga joylashtiriladi. Yuqoridagi qatlam 

halqa kanali orqali (6), pastki qatlam esa NKQ  (5) tizmasining kanali orqali ishlatiladi. 

Pakerni  о‗rnatishda  va  olib  chiqarib  olishda  NKQning  tizmasidan  foydalaniladi. 

Favvora  armaturasiga  zulfinlar  о‗rnatiladi,  tizmaning  ichki  bо‗shlig‗i  bilan 

tutashtiriladi  va  suyuqlik  olishning  rejimini  boshqarish  shtuserlar  (3,4)  yordamida 

amalga oshiriladi. 

Qatlamdagi  suyuqlik  NKQning  bir  tizmasi  orqali  kо‗tarilganda  ikki  pakerli 

sxemadan foydalaniladi. Bunda pakerlarning har biri qatlamning shipiga о‗rnatiladi. 

Suyuqlik  qatlamdan  NKQ  tizmasining  ichki  bо‗shlig‗iga  teskari  klapan  va 

shtuserlar  orqali  kirib  keladi  va  aralashadi,  yer  ustiga  kо‗tariladi.  Teskari  klapanlar 

qatlamdan  qatlamga  suyuqlikni  о‗tib  ketishiga  yо‗l  qо‗ymaydi,  shtuserlar  har  bir 

qatlamdn olinadigan suyuqlikni boshqarish uchun xizmat qiladi. 

Quyidagi  12.3-rasmda  bir  quduq  orqali  bir  nechta  qatlam  bir  vaqtda  alohida 

ishlatishning sxemasi keltirilgan. 

Bir sxemada ikkita qatlamlarni ishlatishda past bosimli qatlamdan qazib olishda 

oqimni  jadallashtirish  uchun  yuqori  bosimli  qatlamning  energiyasidan  foydalaniladi. 




 

354 


Paker  NKQ  tizmasi  bilan  nasosning  oralig‗iga  о‗rnatiladi.  (12.3-rasm).  Ulardan 

yuqoriga oqimli nasos о‗rnatiladi. Yuqoridagi  (I)  past bosimli qatlamdan suyuqning 

oqimini  olishda  (II)  qatlamdagi  yuqori  bosimdan  foydalaniladi.  Tо‗g‗ri  va  teskari 

sxemalarda  ishlovchi  yuqori  bosimli  va  past  bosimli  qatlamlarni  о‗zaro  joylashuviga 

bog‗liq holda injektorlar qо‗llaniladi. 

 

 




Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish