350
XII - bob. BIR NECHA QATLAMLARNI BIR QUDUQ VAQTDA ALOHIDA
ISHLATISH JIHOZLARI
12.1. Bir quduq orqali bir nechta gorizontlarni ishlatish qurilmalari
Neft konlarini har xil geologik sharoitlarda joylashganligi va ishlatish usullari
hamda konlarni joylashuvini spetsifikasi, quduqlarni joylashtirish oraliqlarini
oshirishga yо‗naltirish va ularning mutloq sonini kamaytirish holati ikki, ba‘zida
uchta va undan ham kо‗p qatlamlarni bir quduq orqali ishlatishga olib keldi. Bunday
usulga bir vaqtda alohida ishlatish deyiladi.
Bir vaqtning о‗zida bir quduq orqali bir nechta qatlamlarni ishlatish neft
konlarida har bir qatlamlarni ishlatishda texnik va texnologik jihozlardan foydalanishni
taqozo qiladi. Bunday jihozlarga qо‗yiladigan asosiy talablarga har bir qatlamni
alohida о‗ziga mos bо‗lgan ishlatish rejimi bilan ta‘minlash holatini boshqa
qatlamlarni ishlatish rejimi bilan bog‗liq bо‗lmasligi kerak.
Qatlamlardan suyuqlikni qazib olish jihozlarini guruhiga har bir qatlamga suv
haydab qatlam bosimini saqlab turish masalasini hal qilish ham kiradi.
Bunday texnologiyada bir vaqtda qatlamlarni alohida ishlatish jihozlariga
qо‗yilgan talablarni quyidagicha shakllantirish mumkin.
1-ishlatish davrining hamma bosqichlarida qatlamlarni ishonchli ishlatish;
2-kerakli texnologik operatsiyalarni har bir qatlamda alohida olib borish
mumkinligi (о‗zlashtirish, qatlamni tadqiqot qilish, parafinni chiqarib yuborish, yuvish
va h.k.) ;
3-har bir qatlamdan olinadigan suyuqlikni boshqarish va har biriga suv
haydashni mumkinligi;
4-konstruksiyasi;
5-metall sarfining minimalligi;
6-foydalanishdagi ishonchlilik.
Bir vaqtda alohida ishlatish usullarining tasnifi.
Ma‘lumki, quduqlarni ishlatish usullarini va jihozlarning birikmasini soni har xil
kо‗p qatlamli quduqlarni ishlatishda qо‗llanilmoqda. Ularning nomi quduqning tubidan
351
quduq ustiga yо‗naltirilgan bо‗ladi, ishlatish usullarini ifodalaydi ya‘ni, favvora-nasos
usulida, pastki qatlam favvora usulida ishlatiladi, yuqoridagi qatlamni esa - nasos
usulida ishlatish tushuniladi.
Qо‗llaniladigan usullar quyidagi belgilari bо‗yicha tasniflanadi.
Quduqni ishlatishdan maqsad.
Ishlatish usullaridan foydalanishni birlikdagaligi.
Qatlam suyuqligini qtlamdan yer ustiga kо‗tarish kanallari.
Bu belgilarni amalga oshishini tо‗liq kо‗rib chiqamiz.
I. Quduqlar joylashishi bо‗yicha ishlatish va haydovchi turlarga bо‗linadi.
Ishlatish qudug‗i yordamida bir nechta qatlamlardan alohida suyuqlik olinadi,
ikkinchisi yordamida esa qatlamga alohida suyuqlik haydaladi. Ma‘lumki, quduqlardan
haydovchi va ishlatish sifatida ham foydalanish mumkin.
II. Har xil qatlamlarni ishlatish uchun qо‗llaniladigan usullar bо‗yicha jihozlar
har xil birikmalarga ajratiladi: Asosan quyidagilardan foydalaniladi: ―favvora-
favvora‖, ―favvora-nasos‖. Ikkitadan kо‗p qatlamlarni ishlatishda bir xil turdagi usullar
qо‗llaniladi: favvora- favvora – favvora yoki SHQN – SHQN –SHQN ( shtangali
quduq nasoslari).
III. Qatlamdan suyuqliklarni yer ustiga olib chiqishda nasos-kompressor
quvurlarni bir tizmasidan foydalanish usullariga ajratiladi ya‘ni, qatlam mahsulotlarini
aralashtirish va mahsulotlarni bir-biriga aralashishga ruxsat etilganda bir-biriga
bog‗liq bо‗lmagan parallel kanallardan foydalaniladi.
Bir vaqtda alohida ishlatish masalasini tо„rt guruhga ajratish mumkin.
I. Kо‗p qatlamli konlarda ishlatish jarayonini boshqarishda quduqlarni yagona
turda ochish. Bunday qatlamda bir vaqtda alohida ishlatishda (BVAI) ― har bir qatlam
alohida optimal ish rejimi bilan ta‘minlanadi ya‘ni, bir tekisda ishlanadi, bir yoki bir
nechta qatlamlarni hammasini qatlamning talab qilingan debitini favvoralanish davrini
uzaytirish uchun har xil tovarlik xossasiga ega bо‗lgan ( sifati, suvlanganlik darajasi,
zararli komponentlarning tarkibi) qatlamlardan suyuqliklarni alohida kо‗tarish talab
qilinadi.
352
II. Ishlatish yoki haydovchi quduqlardan qо‗shimcha neft olish uchun yangi
mahsuldor qatlamlarni ishlatish. Bunday sharoitda bir vaqtda alohida ishlatish uchun
tugatilgan quduqlarni qaytadan ishga tushirish; kо‗p qatlamli konlarda bir yoki bir
nechta qatlamlarda quduqlar turini zichlashtirish.
Bunday usullar bir vaqtda alohida ishlatishdan juda oldin burg‗ilangan quduqlarda va
dastlabki davrida alohida ishlatishga mо‗ljallanmagan quduqlardan foydalaniladi.
III. Gaz, neft va suvli qatlamlardagi maxsus quduqlarda ishlatish jarayonlarini
birlashtirish. Bunda bir vaqtda alohida ishlatishda quyidagi masalalar echiladi:
-bir qatlamdagi suyuqlikni kо‗tarishda boshqa qatlamdagi gazning energiyasidan
foydalanish;
-olish va haydash funksiyasini bir quduqda birlashtirish.
Bir tizma orqali ishlatish olib borilganda parafinni chiqarish, yer osti ta‘mirlash
ishlaridagi asosiy texnologik operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish mumkin
bо‗ladi va metall sarfi juda ham kam ishlatiladi.
Kо‗p tizmali tizimlar juda murakkab bо‗lib, bir-biriga konsentrik yoki parallel
joylashgan tizmalar orqali mahsulotni kо‗tarish olib borilganda quduqning diametri
katta bо‗lishi talab qilinadi hamda har bir qatlamdan mahsulot alohida kanal orqali
kо‗tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: