Quduq stvolini mustahkamligi va qumni yuvib chiqarish
Quduqlarni ishlatish davomida ma‘lum miqdordagi qumlarni chiqarish oldindan
hisobga olinadi. Lekin doimiy ravishda qumlarni chiqarish maqsadga muvofiq emas.
Chunki qum quduqni pastki devorlarida tо‗planishi mumkin. Bu qazib olishni
kamaytiradi, ba‘zida umuman tо‗xtatib qо‗yadi. Qumlarning quduqdan chiqishi
jihozlarning sirtini abrazib yemirilishga olib keladi (masalan shtuserlarda) va oqim
tezliklari kichik bо‗lgan zonalarda va separatorlarda yig‗ilib qoladi. Buning natijasida
ishlatish xarajatlari oshib ketadi.
Egiluvchan shlanglardan foydalanish, gorizontal stvollarni uzoq masofalaridan
qumlarni chiqarishni eng samarali usulidir. Qarshi holatlarda, agar qumlarni chiqarish
uchun tezlik yetarli bо‗lmaganda eng qimmatli burg‗ilash uskunalarini qо‗llanilishi
talab qilinadi.
Qumlarning chiqishini boshlanishini oldindan aytish qiyin. Bunda qatlamda
depressiya qо‗llanilganda gorizontal quduqdan qumni kо‗proq chiqarish mumkin. Bu
shunday holatda sodir bо‗lishi mumkinki, gorizontal quduqning ustunidagi kuchlanish
vertikal quduqqa nisbatan yuqoridir. Qaysiki, gorizontal quduqlar yuqori
mahsuldorlikni ta‘minlaydi, ularni kichik depressiyalarda ishlatilishi mumkin.
Teshilgan quduqlarda birlik uzunlikdagi teshilgan tizma nisbatan juda kichik debitga
ega bо‗ladi. Ikkala omillar hisobga olinib qumni chiqarish potensial pasaytiriladi.
Suv yoki gaz oqimini yо‗lini berkitish
Suv oqimini kirib kelishi neft va gaz quduqlariga zarar keltiradi. Ular NKQ
laridagi bosim yо‗qotilishini kuchaytiradi, natijada qatlam bosimining kamayib
348
ketganligi sababli, qazib olish kо‗rsatgichi pasayib ketadi. U mexanik usulda qazib
olishda energiya sarfini oshishiga olib keladi.
Ta‘sir etuvchi holatlardan yana biri qatlamdan erkin gaz oqimining kirib kelishidir
(masalan, mahsuldor qatlam sharoitida neft tarkibidagi erimagan gaz mavjud
bо‗lganda). Erimagan gaz о‗zining katta siqiluvchanligi sababli, mahsuldor qatlamda
bosimni ushlab turishni ta‘minlaydi. Neftni qazib olish davomida gaz kengayadi va
aralashadi hamda bunday holatda qatlamning bosimini va debitini ushlab turadi. Erkin
gaz oqimning bosimini hamda debit va neftberuvchanlikni ham pasayishga olib
keladi.
Suv yoki gazning oqim yо‗llarini bartaraf qilishni imkoniyatlari
chegaralangandir. Bundan tashqari tо‗plangan suvni va gazni chetlashtirishda ham
muommalar paydo bо‗ladi. Shunday qilib, quduqqa keladigan suv oqimi yoki erkin gaz
oqimi uchastkasini berkitish muhimdir.
Ideal gorizontal quduqni ideal mahsuldor qatlami deb shunday quduqqa
aytiladiki, qaysiki hamma uchastkalar optimal joylashgan bо‗ladi.
Agarda suv oqimini kirib kelishi boshlangan, bunday holat quduqni butunlay
uzunligi bо‗yicha bir vaqtning о‗zida sodir bо‗lganda, haqiqatda mahsuldor qatlam
kam holatda ideal bо‗ladi.
Geologik xususiyatlar (parchalangan, yoriqlar, slansli loylardagi bо‗shliqlar va
hokazo) kanallarni yuqori о‗tkazuvchanligini taminlaydi. Suv bu kanallar orqali
quduqni ishlatishni boshlanish bosqichlari davridan kirib keladi. Mahsuldor
qatlamning geologiyasini oldindan kо‗rish qiyin. Bunday sharoitlarda quduqlarni
ishlatish davrini boshlanishida suvni kirib kelishini oldi olinadi. Loyli slanslar orqali
gaz oqimi, suv oqimiga yoki gazni kutilmagan joylaridan kirib kelishi mumkin.
Bularni hisobiga quduqni gorizontal uchastkasini berkitishga tо‗g‗ri keladi.
349
Xulosa
Mahsuldor qatlamlarni ochishda qatlamdagi bosim past bо‗lganda, neft asosli
maxsus yuvish aralashmalaridan, emulsiyali, loyli aralashmali, faol qо‗shimchali va
aeratsiyali aralashmalardan foydalaniladi.
Ochishdan oldin suvni berkituvchi tizma о‗rnatiladi, mahsuldor qatlam ochiladi,
ishlatish tizmasi tushiriladi. Suv yopuvchi tizma bо‗lmagan holda, qatlamga qarshi
mustahkamlash quvuri tushiriladi va manjet о‗rnatilgach sementlanadi.
Quduq tubini konstruksiyasi deganda mahsuldor qatlam oralig‗ining
mustahkamligini ta‘minlash, quduq stvolini mustahkamlash, naporli qatlamlarni
ajratish, qatlamga texnik – texnologik ta‘sir etishni amalga oshirish, ta‘mirlash–
berkitish ishlarini hamda optimal debit bilan quduqlarni davomli ishlatishni ta‘minlash
tushuniladi.
Neft uyumlarining geologik joylashuvi shartlariga, mahsuldor gorizont tog‗
jinslarining xossasi va kollektorlarning turi bо‗yicha quyidagi tо‗rtta asosiy turdagi
ishlatish obyektlariga bо‗linadi.
Yuvish eritmalarini mahsuldor qatlam tog‗ jinslariga ta‘siri etishi juda kо‗p
omillarga bog‗liq. Yuvish aralashmasini aniq ta‘sirini oldindan baholab bо‗lmaydi.
―Suv-qum-oqimli‖ usulda qum–suyuqliq oqimining abraziv va gidromonitor
samarasining yuqori tezligidan foydalaniladi, tо‗siqlarni,mustahkamlash tizmasini,
sement toshini va tog‗ jinsini parchalash amalga oshiriladi. Bu jarayonda maxsus
chuqurlik qurilmasining qum oqimli perforasiyaning qisqa quvuridan (nasadkasidan)
katta tezlikda oqim chiqib tо‗siqlarni parchalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |