NKQ tizimi orqali egiluvchan kabellarda teshgichlar quduqqa olib kiriladi.
―Teshgichlarni‖ tо‗g‗ri joylashtirish uchun gamma karotaj qilinadi (egiluvchan tizma
orqali) yoki umumiy chuqurligiga belgi qо‗yiladi. Odatda kabellardan foydalanilib
teshgichlar tushiriladi, quduqni gorizontal uchastkasini otish uchun otuvchi
boshchalardan foydalaniladi. Teshish jarayoni bosim ta‘sirida yoki bosimlar farqi
hisobiga amalga oshiriladi. Otuvchi boshcha о‗rnatilgandan keyin sekinlik bilan
346
―Teshish‖ tugagandan sо‗ng teshgichni kо‗tarish yoki joyida qoldirish mumkin.
Iqtisodiy jihatdan joyida qoldirish foydalidir. Bunday holat quyidagicha izohlanadi:
- kafolatlash uchun perforatorni tekshirish mumkin emas, chunki kerakli shaklda
hamma о‗qlar otilgan bо‗ladi kerak. Chunki quduq tubi qurilmasi otilgan о‗qlarni
yozib olinishni ishonchli darajada ta‘minlaydi;
- neft qazib olish jarayonida karotaj о‗tkazish mumkin bо‗lmaydi;
- ―perforator‖ neft oqimini olishga tо‗sqinlik qilishi mumkin.
―perforator‖ni kо‗tarib olish jarayoni kamchilik hisoblanadi, quduq bekitilgan
bо‗ladi. Bunday holat mahsuldorlikni pasaytirishi mumkin. Past depressiya gorizontal
quduqlar uchun tegishli hamda berkitish uchun va teshiklarni teshish uchun
foydalanilgan materiallarni yuvilib chiqishini qiyinlashtiradi.
Teshgichlarni egiluvchan tizmalar yordamida tushirish mumkin. Aloqa о‗zatgich
tizimi egiluvchan tizma orqali tushiriladi, mustahkamlash tizmasiga muftali lublikator
bilan birgalikda teshgich kerakli joyiga о‗rnatilada va harakatni amalga oshirishda
foydalaniladi. Gorizontal quduqlarni kо‗p martalik tushirish-kо‗tarish jarayonlarini
amalga oshirish talab qilinishi mumkin. Shuning uchun teshgichni uzunligi
quyidagicha chegaralanadi:
- preventorlar о‗rnatilgan lubrikatorlarni uzunligi bо‗yicha;
- egiluvchan tizmani bо‗ylama egilish imkoniyatiga qarab chegaralanadi.
―Teshish‖ zichligini joylashtirish, teshgichlarning о‗lchamlari va hokazolar, tik
yoki qiya quduqlarda qо‗llanilgan teshgichlar gorizontal quduqlarda ham qо‗llaniladi.
Gorizontal quduqlarda teshiklar zichligidan kam foydalaniladi, gorizontal uchastkada
kо‗priklar о‗rnatish, tiqin va boshqa bekituvchi qurilmalar о‗rnatish uchun teshiklar
oralig‗ida kattaroq masofa qoldiriladi. Bu afzallikni kо‗rsatadi va stvol zonasining
atrofi kichik ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. Gorizontal quduqlarda teshiklarni
zichligini asoslash hozirgi kunda muammoli masalalardan hisoblanadi.
Depressiyada quduqni teshish quduqdagi bosim qatlam bosimidan past
bо‗lganda amalga oshiriladi. Bu bosimning farqidan teshilgan teshiklardagi tog‗ jinsi
bо‗lakchalarini tozalashda foydalaniladi. Gorizontal quduqlarda qatlamning
о‗tkazuvchanligi pasayib ketgan bо‗lsa, katta qiymatdagi depressiyada teshiladi.
347
Shunday qilib, katta depressiya mahsuldor qatlamlarning о‗tkazuvchanligi past
bо‗lganda oqimni jadallashtirish uchun qatlamni teshilganligiga ishonch hosil qilinadi.
Gorizontal quduqlarda teshilgan, mahsuldor qatlamning gorizontal uchastkasini
uzunligi 2000 metrdan yuqoridir. Respublikamizning janubiy-g‗arbiy zonasida
burg‗ilangan kuduqlarning kо‗pchiligida gorizontal stvollarning uzunligi 300–700
metrni tashkil qiladi (Shimoliy О‗rtabuloq, Kо‗kdumaloq, Janubiy Kemachi, Kruk va
h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: