Quduqlarda mahsuldor qatlamlarni burg‗ilash va ochish jarayonida mahsuldor
qatlamning quduq tubi zonasiga salbiy ta‘sir etuvchi jarayonlarni kamaytiruvchi
Burg‗ilash ishlarini amalga oshirish qoidalariga muvofiq quduq tubidagi qatlam
bosimidan 1,5-3,5 MPa qiymatga yuqori bо‗lgan burg‗ilash eritmalarining ustun
bosimi hosil qilinadi. (quduqning chuqurligiga bog‗liq holda). Haqiqiy sharoitda
mahsuldor qatlamga beriladigan bosim, burg‗ilash eritmalarining og‗irlashtirilganligi,
342
halqa oralig‗i fazosida eritmaning harakatlanishdagi gidravlik qarshiliklar hamda
burg‗ilash asboblarining pastga qarab harakatlanishidagi gidrodinamik bosimning
natijasi hisobiga quduq tubidagi bosim katta qiymatga ega bо‗ladi.
Mahsuldor qatlamning о‗tkazuvchanligini о‗zgarishi tufayli zarrachalarni siljishi
(qumlar, tog‗ jinslarini bо‗lakchalari) hisobga olingandagi halqa oralig‗ining chetki
qismidagi yukni kamaytirish masalasi hozirgacha о‗rganilmagan, lekin hamma
tomonlama gidravlik bosim (difragma orqali) hosil qilinganda bosim qiymatining
kamayishi bilan namunaviy о‗tkazuvchanlik pasaygan.
Gorizontal quduqlarni burg‗ilashda va tugallashda ishning sifati о‗rganish
bо‗yicha muammolar juda kо‗p.
Quduqlarning qurilishini sifatli hal qilish muammolariga birinchi navbatda
quyidagi kiradi:
1. Baholash va boshqarishga asoslangan usullarning mavjud emasligi. Burg‗ilash
ishlarining sifatini baholashning haqiqiy asoslanganlik mezonining natijalari va
olinadigan samarani foydasi bir-biri bilan bir qiymatli о‗zaro mosligining mavjudligini
birorta usul qoniqtirmaydi. Agar burg‗ilash ishlarining sifatini baholaydigan
asoslangan usullari bо‗lmaganda, demak sifatni boshqarishni asoslangan usuli ham
mavjud emas.
2. Gorizontal quduqlarni qurishda burg‗ilash tashkilotlari yetarli texnik vositalar,
materiallar, jihozlar, nazorat qurilmalari, programmalar va hokazolar bilan
jihozlanmagan.
Neft va gaz konlarini ishlatishning samaradorligi kо‗pincha quduq tubi
zonasining tugallash davridagi holati bilan aniqlanadi.
Quduqlarni tugallashda fizik-kimyoviy va fizik-mexanik jarayonlarni ta‘sir
etishi natijasida quduq tubi zonasidagi tog‗ jinslarining kollektor xossalari о‗zgaradi.
Quduq tubi zonasiga fizik-kimyoviy ta‘sir etganda qatlam flyuidlari, burg‗ilash
filtrlari, sement aralashmalarining о‗zaro reaksiyaga kirishiga adsorbsiya, kapillyar va
diffuzion-osmotik kuchlarni hosil qiladi.
Mahsuldor qatlamga fizik-mexanik ta‘sir qilishlar quyidagi omillarda kо‗rinadi:
qatlamni burg‗ilanishi natijasida tog‗ massivi kamayadi;
343
burg‗ilash eritmasining ustunini qarshi bosimini о‗zgaruvchanligi;
burg‗ilash eritmasining (sementni) filtratsiyasi;
quduqda harorat rejimining о‗zgarishi;
burg‗ilash asboblari harakat qilganda mahsuldor qatlamni burg‗ilashda tog‗ jinslariga
gidrodinamik va mexanik ta‘sir etish;
quduqlarni sementlash va о‗zlashtirish jarayonida stvolda va quduq tubi zonasidagi
gidrodinamik (gidravlik zarbalar, bosimni tushishi va h. samaralarning ta‘sir etishi).
Do'stlaringiz bilan baham: