O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


 Favvora quduqlarni tadqiqot qilish va texnologik



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

5.6. Favvora quduqlarni tadqiqot qilish va texnologik  

ish rejimini о„rnatish 

Favvora quduqlarining texnologik ish rejimini о‗rnatishda quduqda barqaror 

namuna olish usuli bо‗yicha tadqiqot olib boriladi va quduq tо‗xtatilgandan keyin 

quduq  tubi  bosimining  egri  tiklanish  grafigi  quriladi.  Quduq  ishining  (debiti) 

rejimini tadqiqot qilishda shtuserning diametrini о‗zgartirib tadqiqot olib boriladi. 

Namuna olish usuli quduqning mahsuldorligini aniqlashda va texnologik ish 

rejimini о‗rnatishda qо‗llaniladi. Quduq tubi bosimining tiklanishini egri chizig‗iga 

muvofiq, birinchi mahsuldor qatlam ochilganda, qatlam neftidan chuqur namunalar 

olinadi  va  neftning  xossalari  (neftni  gaz  bilan  tо‗yinish  bosimi,  qovushqoqligi) 

aniqlanadi.  Favvora  quduqlaridan  namuna  olish  usulida  tadqiqot  qilishning  keng 

qо‗llanilishi  hamda  olingan  ma‘lumotlar  asosida  debit  va  bosimning  farqlarini 

bog‗lanish  indikator  chizig‗ini  qurish,  mahsuldorlik  koeffitsiyentini  aniqlash,  gaz 

omilini,  neftdagi  suvni  va  mexanik  aralashmalarning  tarkibi  quduqning  har  xil 

rejimlarida aniqlanadi. 

Namuna olish usuli quyidagicha amalga oshiriladi. 



 

180 


Quduqning  ishining  barqaror  rejimi  usulida  quduq  tubining  bosimi  va 

quduqning  debiti  aniqlanadi.  Gaz  о‗lchovining  qurilmasidagi  bosim  manometr 

yordamida  hamda  neftdan  ajralib  chiqadigan  gaz  miqdori  aniqlanadi.  Manometr 

yordamida  bufer  va  quvur  halqasidagi bosim  aniqlanadi. Undan  keyin shtuserdagi 

teshikning diametri katta yoki kichik tomonga о‗zgartiriladi, quduqning yangi ish 

rejimi  о‗rnatiladi.  Yangi  rejimda  quduq  bir  kun  ishlatiladi,  quduqning  tubidagi 

bosim  va  quduqning  о‗zidagi  bosim  о‗lchanadi.  Yangi  rejim  barqaror  hisoblanadi 

qaysiki,  bir  necha  marta  о‗lchanganda  quduqdagi  suyuqlikning  debiti  va  gaz 

miqdori  bir-biridan  10  %  gacha  farq  qilsa,  bu  usulda  5  yoki  6  ta  nuqtalardagi 

quduqning debiti va bosimining о‗zgarishi aniqlanib egri chiziq quriladi. 

Quduq  tubi  bosimi  va  debitining  har  bir  barqaror  rejimida,  quduqdagi  gaz 

omili  hamda  neftning  tarkibidagi  suvning  va  mexanik  aralashmalarning  tarkibi 

aniqlanadi.  Olingan  ma‘lumotlar  asosida  indikator  chizig‗i  quriladi,  quduqning 

ishlatish  davrida  kerakli,  texnik  hisoblarni  bajarish  uchun  mahsuldorlik 

koeffitsiyent  aniqlanadi.  Bundan  tashqari  shtuser  teshigining  diametrini  neft,  suv, 

gazning  debitiga  bog‗liqligi,  quduq  mahsulotida  qum  miqdorining  mavjudligi 

aniqlanadi. Olingan ma‘lumotlar asosida quduqning kichik gaz omilida yaxshi debit 

bera  olishligi,  quduq  kam  miqdorda  suv  va  mexanik  aralashmalarni  olib  chiqish, 

pulsatsiyasiz ishini ta‘minlashga asoslanadi. 

Agar  yuqoridagi  shartlarga  rioya  qilinsa,  qatlamning  energiyasi  tejamkorlik 

bilan sarflanganda uzoq muddat quduqning favvoralanishi ta‘minlanadi. 

Favvora  qudug‗ining  texnologik  ish  rejimi  bir  oy  muddatga  о‗rnatiladi, 

uyumlarning  ishlatish  holatiga  qarab  aniq  ma‘lumotlar  asosida  ish  rejimi 

о‗zgartiriladi. 

Quduqning  tubi  bosimini  va  qatlam  bosimini  о‗lchash  chuqurlik 

manometrlarida olib boriladi. Bu manometrlar quduqqa pо‗lat arqonda (



d

=1,8 mm) 

qirg‗ichlar (skrebkalar) bilan birgalikda tushiriladi. 

Chuqurlik  manometri  suyuqliklardan    namuna  olish  uchun  namuna  olgich 

yordamida  quduqqa  tushiriladi.  Chuqurlik  manometrlarini,  namuna  olgichlarni, 

harorat  о‗lchagichlarni  tushirish  uchun  quduq  ustiga  sal‘nik  va  rolikli  lubrikator 




 

181 


о‗rnatiladi.  Lubrikatorning  yuqori  qismidagi,  teshiklar  va  pо‗lat  simlarning 

germetikligi sal‘nik yordamida ta‘minlanadi. 

Chuqur  о‗lchashni  amalga  oshirish  uchun  mexanik  chig‗ir,  quduq  ustidan 

15’30 metr masofada о‗rnatiladi. 

Boshlanishida  qirg‗ichli  simda  NKQ-ni  liftiga  shablon  tushiriladi,  undan 

keyin о‗lchash asbobi tushiriladi. Agarda quduqdan parafinli neft qazib olinsa, bu 

neft hisoblanadi. 

Yuqori  gaz  omilli  va  yuqori  debitli  quduqlarga  (200  va  undan  katta  m

3

/t) 


og‗irligi 6-8 kg bо‗lgan metall shtangali og‗irlashtiruvchi asbobga ulanib quduqqa 

tushiriladi. 

Qirg‗ichli simning uzilib ketishiga yо‗l qо‗yilmaydi, bunda asbobni tushirish 

chuqurligi NKQ-ning uzunligidan oshib ketmasligi kerak. Shu maqsadda tizmaning 

boshmoqiga  kо‗ndalang  shpilka  kо‗rinishidagi  chegaralagich  о‗rnatiladi.  Asbobni 

quduqqa tushirishda «qо‗ng‗izcha»ni paydo bо‗lmasligi uchun chig‗iriq barabaniga 

tormozlagich  о‗rnatiladi.  О‗lchash  asbobi  quduqdan  1,5-2,0  m/s  tezlikda,  30-40 

metr oralig‗ida birinchi tezlikda yoki qо‗l yordamida kо‗tariladi. 

Quduq tubidagi va  quduq  ustunidagi bosim  va  harorat  chuqurlik  manometri 

va harorat о‗lchagich yordamida о‗lchanadi. 

Konlarda  asosan  chuqurlik  manometrlari  qо‗llaniladi,  kо‗rsatkichlar 

tо‗xtovsiz yozib boriladi.   

 

 

 




Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish