4.7. Aralashtirgich konstruktiv elementlari
Jarayonning kerakli temperaturasini ushlab turishi zarur bо‗lgan jiholarning
qobiqlari g‗iloflar yoki trubali zmeyeviklar bilan jihozlangandir. G‗ilofning
mavjudligi defekt borligini tezda aniqlashda qiyinchilik tug‗diradi. Shuning uchun
har bir ta‘mirlashdan sо‗ng g‗ilof va qobiq oarsidagi bо‗shliqni opressovka qilib
tekshiriladi. Qurilma ichida joylashgan zmeyeviklar boshqa ichki qurilmalar kabi
yemirilishga duch kelishi mumkin. Tashqi zmeyeviklar birmuncha uzoq muddat
xizmat qiladi. Korroziyadan muxofazalash maqsadida aralashtirgichlarning
qobiqlari ta‘mirlanadi, emal qatlami bilan yoki boshqa antikorrozion qoplamalar
bilan qoplanadi.
Olib qо‗yiladigan uchastkalarga (lyuklar, pazlar, shtuserlar, tayanchlarni
mahkamlash, valning kirish uzeli va boshqalar) surkaladigan qoplamalarga alohida
e‘tibor berish zarur. Yuritma (motor-reduktor) aralashtirgichning valiga, reduktor
chiqish valiga kо‗ndalang kuchlar ta‘sirini yо‗qotuvchi, burovchi momentni
uzatadi. Motor-reduktor tayyorlovchi zavod tomonidan aralashtirgichda yig‗ilgan
holatda yoki alohida keltiriladi. Birinchi holda transportirovka qilinishidan oldin
xuddi yuritmadagi kabi butkul rotor uchun ham (qurilmaning qobig‗i ichida)
ularning sinib kolishini oldini oluvchi rasporkalar о‗rnatiladi. Montaj maydonida bu
rasporkalar yechib olinadi (ba‘zan gazorezka bilan uzib tashlanadi) va
buralishlarning yengilligi tekshiriladi. Keyin dvigatelni ishga tushirib yuritma va
rotor salt aylanishi tekshiriladi. Bu vaqtda motordagi yuklamaga, podshipniklar
145
temperaturasiga ahamiyat beriladi va reduktor ishlayotgandagi shovqinni eshitib
kо‗riladi. Aniqlangan defektlarni tegishli qismlarni ajratilgandan sо‗ng aniqlanadi.
Agar qurilma bosim yoki vakuum ostida ishlayotgan bо‗lsa, yoki yong‗inga xavfli
va zaxarli muhitlarni aralashtirish uchun mо‗ljallangan bо‗lsa, chiqish
qismida
rotor valining qurilmaning germetizasiyalash sistemasini montajiga alohida yuqori
talablar qо‗yiladi. Yumshoq tiqinli gazlar va taroqli zichlagichlar kо‗p uchraydi,
ularning ta‘mirlanishi va montaj qilinishi yuqoridagi bobda aytib о‗tilgan.
Yig‗ilgan zichlagichlarni zichlovchi suyuqlikni uzatish yо‗li bilan tekshiriladi, bu
suyuqlik sinalayotgan uchastka chegaralaridan chiqib ketmasligi kerak.
Yig‗ilgan yoki ta‘mirlab bо‗lingan aralashtirgichni ekspluatasiyaga yuklama
ostida qobiqni va sinash uchun ishga tushirishni gidravlik opressovka qilib
bо‗lingandan sо‗ng beriladi.
Aralashtirgich qurilmali sirlangan qurilmalarni ta‘mirlash va montaj qilish
xususiyatlari. Sirlangan qoplamalar metall bilan yaxshi jipslashadi, ular silliq
yaltiroq yuzaga ega va ularga yaxshi qaralsa, uzoq mudddat xizmat qiladi.
Sirlangan qatlam xuddi shishaga о‗xshab, unga extiyotsizlik bilan munosabatda
bо‗linsa, tez sinadi, sirlangan qurilmalarni montaj qilishda va ta‘mirlashda
sirlangan qoplama yaxlitligini mumkin qadar ta‘minlash zarur.
Montaj qilishda birinchi shart qobiqqa zarba berilishlarning oldini olish
hisoblanadi, bunday xol sodir bо‗lsa, sirlangan qatlam darz ketadi yoki ba‘zi
joylarida asosiy qatlamdan pasayib qoladi (parchalanadi). Shuning uchun
qurilmalar о‗ralganmi yо‗qmi bundan qat‘iy nazar, ularni о‗chirish, tashlab
yuborish bir-birini ustiga qо‗yish va h. mumkin emas. Montaj qilish joyiga olib
borgunga qadar qurilma aynan maxsus qurilmalaridan (quloqchalari, soxta
shtuserlar va h.)
stropovka
qilinadi. Qurilmani sirlangan shtuserlaridan va
lyuklardan strapovkalash mumkin emas. Shuningdek stropa sifatida zanjirlardan
foydalanish ham mumkin emas.
Montajni boshlashdan oldin qurilmani yaxshilab kо‗rib chiqish va
konstruksiya butunligiga amin bо‗lish lozim. Keyin sirlangan yuzani shikastlashdan
extiyot bо‗lgan holda konservasion moylar olib tashlanadi. Qurilmani yig‗ish
146
yо‗riqnomaga muvofiq ekspluatasiya shartlariga mos holda amalga oshiriladi.
Qо‗llanilayotgan qistirmalar va tiqinlar texnik talablarga javob bera olishi kerak.
Sirlangan yuzalarni zichlash uchun faqatgina yumshoq zichlagich materiallardan
foydalanish kerak (rezina, asbest). Ular qattiq qо‗shimchalardan xoli bо‗lishi shart
(shuningdek, ftoroplastdan ham foydalansa bо‗ladi). Emal bilan qoplangan
sirlangan yuzalar, о‗zining aniqligi bilan farq kilmaydi, shuning uchun odatda
emallanmagan yuzalarga qaraganda birmuncha qalinroq tiqinlardan foydalaniladi
va uni butun perimetr bо‗ylab rostlab buriladi.
Emallangan
qurilmalarni
payvandlab
bо‗lmaydi.
Shuningdek,
payvandlashishlarini bevosita sirlangan qurilma yaqinida ham olib borib bо‗lmaydi,
aks holda sirlangan yuzalarni erigan metall sachrashidan puxta himoyalashga
tо‗g‗ri keladi. Payvandlash ishlarini qurilmaning sirlanmagan qismida olib borishda
(masalan, g‗ilofda) payvandlanayotgan joydan sirlangan devorgacha bо‗lgan
masofa 50mm dan kam bо‗lmasligi kerak.
Montaj va ta‘mirlash vaqtida mahkamlovchi detallarning, asboblarning va
boshqa metall buyumlarning sirlangan yuzaga tushib ketishidan ehtiyot bо‗lish
kerak.
Flanesli birikmalarga boltlarni tortish butun perimetr bо‗ylab navbatma-
navbat asta-sekin bir tekisda olib boriladi. Qurilmaning barcha ichki detallari
mustahkam mahkamlangan bо‗lishi, aylanayotgan detallar qobiqqa tegib ketmasligi
kerak.
Sirlangan qurilmalarni ta‘mirlashda sirlangan yuzadan defektlarni tuzatish
muhim ahamiyatga egadir.
Bu ishlarni surkama moylar – arzamit, diabaz, epoksid smolasi, bakelit
laklari yordamida amalga oshiriladi. Surkama moy surkashdan avval shikastlangan
yuzani jilvir kog‗oz bilan yoki qayroqtosh bilan tozalanadi, keyin tolali shyotkada
tozalab, undan sо‗ng erituvchida yuviladi (aseton yoki benzin). Resept bо‗yicha va
belgilangan texnologiyaga muvofiq tayyorlangan surkama moyni shpatel
yordamida shikastlangan yuzaga surtiladi va 40-60°S temperaturada 12 soat
davomida qizdiriladi.
147
Do'stlaringiz bilan baham: |