O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi
|
Barcha maxsus fanlar
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N – nazariy ta’lim;
A – amaliy ta’lim;
NA – birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar
MX – maxsus xonalardagi mashg‘ulot
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol – javob, munozara, test, amaliy topshiriq.
Joriy va yakuniy nazorat
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Diyetologiya fanining rivojlanish tarixi, fanning tibbiyotda tutgan o‘rni
|
Diyetologiya fanining rivojlanish tarixi. Fanning tibbiyotda tutgan o‘rni. Kasbiy tayyorgarlik tizimidagi ahamiyati. Fanning o‘qitishning dolzarbligi.
|
4
|
N-2
|
-
|
2
|
Ovqat tarkibiy qismlari va ularning zaruriy miqdorlari
|
Mehnat faoliyati jarayonida energiya sarflanishi. Turli guruhlardagi aholining fiziologik ovqat me’yorlari. Organizmda quvvat almashinuv jarayoni. Organizmda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va ularning organizm uchun ahamiyati.Oqsillarning oziqlik va biologik qiymati. Almashtirib bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar. Oqsil yetishmovchiligidan kelib chiqadigan kasalliklari kelib chikishida oqsil yetishmovchiligining asosiy sabab ekanligi. Oqsil yetishmovchiligi muammosini xal qilish choralari.
Yog‘lar. Ularning oziqlik va biologik qiymati. To‘yinmagan yog‘ kislotalari, ularning ahamiyati, manbai. Organizmni yog‘ bosishi.
Uglevodlar. Uglevodlarning gigiyenik xarakteristikasi va manbai. Uglevodlarning almashinuvi, organizmda yog‘ga aylanishini osonlashtiruvchi omillar. Monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza), disaxaridlar(saxaroza, laktoza), polisaxaridlar (kraxmal, kletchatka, pektin moddasi). Ortiqcha uglevod qabul qilish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.
Mineral moddalar. Mineral moddalarning ishqoriy xarakteri (kalsiy, magniy, natriy, kaliy). Mineral moddalarning suyak hosil bo‘lishida, kislota – ishqoriylik muvozanatini saqlashda, tuz – suv almashinishida, qon tarkibida tuzni me’yorlashda, plastik jarayonda ishtirok etishi va hokazo. Biomikroelementlar (temir, marganes, kobalt, yod, ftor). Mineral moddalarning asosiy manbai.
|
6
|
N-2
A-2
|
2
|
3
|
Vitaminlarning organizmdagi ahamiyati
|
Vitaminlar. Ularning organizm uchun ahamiyati.Vitaminlar. Vitaminlarning fiziologik ahamiyati, asosiy manbai. Suvda (S, V gurux, RR) va yog‘da (A, D, Ye, K) eruvchi vitaminlar. Vitaminsimon moddalar. Gipo, avitaminozlar, ovqat mahsulotlarini va tayyor taomlarni vitaminlashtirish.
|
6
|
N-2
A-2
|
2
|
4
|
Rasional ovqatlanish asoslari
|
Rasional ovqatlanish va uning tashkil etish.Rasional ovqatlanish, unga gigiyenik talab. Energiya berish qiymati va sifat tarkibi, ovqat moddasining balansi, singishi va turli – tumanligi.
Parhyez ovqat. Unga bo‘lgan gigiyenik talab. Davolovchi–profilaktik ovqatning ahamiyati. DPM muassasalaridagi ovqatlanish. Yil davomida sarflangan energiyaning alohida xususiyatlari. Sog‘lom kishining ovqat rasioniga va fiziologik ovqatlanish normasiga baho berish. Miqdor ko‘rsatkichlarini xisoblash: kaloriyasini, oqsil, yog‘, uglevodning nisbatini. Kaloriyaning taqsimlanishi va shaklga taqqoslash. Mahsulot va taomning turli-tuman bo‘lishi va unga baho berish. O‘qituvchi bilan hamkorlikda ovqat rasioniga, organizmning ovqatga fiziologik ehtiyoji, ovqatlanish maromiga xulosa chiqarish.
|
6
|
N-2
A-2
|
2
|
5
|
Ovqat iste’mol qilish vaqti, maromi va usuli
|
Ovqatlanish rejimi.Ovqatlanish maromi. Rasional ovqatlanishni tashkil qilishda mutaxassisning vazifasi va nazorat qilib borishi. Aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish.
Ovqat kaloriyasini aniqlash. Taomnoma tuzish.Bolalar va o‘smirlar ovqatlanishida mineral tuz, vitamin, yog‘ va uglevodlarning ahamiyati. Bolalarning ovqatlanish rejimi, ortiqcha semizlik profilaktikasi.
|
6
|
N-2
A-2
|
2
|
6
|
DPMlarda parhyez ovqatlanishni tashkillashtirish
|
Davolash profilaktika muassasalarida oshhonalar roli. Davolash profilaktik muassasalarida davo ovqatlarini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari. Davo ovqatlarini tashkil etishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlarning funksional majburiyatlari. Davolovchi-profilaktika va parxez ovqatlariga baho berish. Taomlarning turli-tumanligiga, taomlar iste’mol qilish oralig‘iga va vitaminlar bilan boyitilganligiga baho berish.
|
6
|
A-4
|
2
|
7
|
Ovqatlanish turlari
|
Ovqatlanish turlari. Tabiiy ovqatlantirish usullari. Sun’iy ovqatlantirish. Kunlik porsionik tuzish. Taomnoma tuzish. Bemor ovqatlanishiga diyet anamnez yig‘ish. Og‘ir bemorlarni ovqatlantirish.
|
6
|
N-2
A-2
|
2
|
8
|
Mahsulotlarning energetik qiymati
|
Go‘sht. Parranda go‘shti. Oziqlik va biologik qiymati. Baliq va baliq mahsuloti. Oziqlik va biologik qiymati. Sifatini belgilovchi gigiyenik ko‘rsatkichlar. Sut va sut mahsulotlari. Oziqlik va biologik qiymati Donning tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Donning sifati pasayishiga sabab bo‘luvchi omillar. (Un, yorma, non). Sabzavot, meva, qo‘ziqorinlar. Oziqlik va biologik qiymati
|
4
|
A-2
|
2
|
9
|
Davo ovqatlarining tarkibi va ularni tayyorlash usullari
|
Davo ovqat tarkibini, davo ovqatlarni tayyorlashni, ovqatlarning sifatini nazorat qilishni, parhyez stollarining umumiy xarakteristikasi.
|
6
|
A-4
|
2
|
10
|
Davo ovqatlarining sifatini nazorat qilish
|
Davo ovqatlarining sifatini nazorat qilish.Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga bo‘lgan gigiyenik talab. Tez buziluvchi mahsulotlarni saqlash sharoiti, gigiyenik talab. Go‘sht, parranda go‘shti, kolbasa mahsulotlarini saqlashga bo‘lgan gigiyenik talab. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq saqlash sharoiti. Muzlatish, sovutish, konservasiya kilish.
|
4
|
A-2
|
2
|
11
|
Davo ovqatlarining organizmga ta’sir mexanizmini bilish
|
Davo ovqatlarni organizmga tasir mexanizmini, parhyez stollarining umumiy xarakteristikasini, hazm tizimining ovqatlanishdagi rolini, ovqatning hazm bo‘lish mexanizmini, hazm tizimi kasalliklarida parxez ovqatlanishni, siydik ajratish tizimi kasalliklarida, yurak – qon tomir tizimi kasalliklarida, nafas olish tizimi kasalliklarida parhyez ovqatlanishni ahamiyatini, ochlik bilan davolashga ko‘rsatma
|
6
|
A-2
|
2
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |