Internet saytlari
www.medlook.ru
www.medbok.ru
www.medicum.ru
www.medtext.ru
www.medkniga.ru
www.cardioline.ru
www:http://buks.ru/book;
www.ziyonet.uz;
www. cardiosite.ru;
www. cardiologia.ru;
www.bilim.uz;
www.gov.uz;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910201- Feldsherlik ishi
kasbi bo‘yicha
PEDIATRIYa fanidan
NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya raqami va nomi:
|
40910201-– Oilaviy poliklinika feldsher-akusheri.
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.2.2
|
Ajratilgan auditoriya soat:
|
120
|
Toshkent 2022 yil
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Sog’liqni saqlash yo’nalishi bo’yicha O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil 23-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
|
|
S. Uzaqova
|
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi yetakchi o‘qituvchisi
|
G. Madixonova
|
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Pediatriya” fani bosh o‘qituvchisi
|
Taqrizchi:
|
|
M. M. Buvabekov
|
Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direkori
|
1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
|
Pediatriya
|
Ajratilgan soat
|
120
|
Mavzular soni
|
28
|
Dasturning maqsadi
|
Pediatriya fanini nazariy va amaliy mavzularga oid kasalliklarni xar tomonlama o‘rganish va tahlil qilish bilim va ko‘nikmalarini egallash.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
1. Pediatriya fanidan nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalari shakllanadi.
2. Pediatriyada bolalar kasalliklarning xususiyatlarini, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari va davolash xususiyatlarini o‘rganadi.
3. Bolalar kasalliklarning patronaji va profilaktikasini o‘rganadi.
|
Bilim
|
Pediatriyaning rivojlanish tarixi.
Bolalarning jismoniy rivojlanish monitoringi.
Asab sistemasi, sezgi a’zolari, ichki sekresiya bezlari, teri, suyak muskul sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlari (AFX).
Nafas olish a’zolari, yurak-qon tomir sistemasi, qon va qon ishlab chiqarish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari (AFX.)
Ovqat hazm qilish, buyrak va siydik ishlab chiqarish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari (AFX).
Oy kuni yetib tug‘ilgan chaqaloq va uni parvarishlash.
Chala tug‘ilgan chaqaloq va uni parvarishlash.
Bir yoshgacha va bir yoshdan katta bo‘lgan bolalarni ovqatlantirish.
Bolalarni umumiy tekshirish usullari.
Chaqaloqlik davri kasalliklari.
Bolalarda raxit kasalligi, ekssudativ kataral diatez, spazmofiliya.
Nafas olish a’zolari kasalliklari.
Yurak – qon tomir sistemasi kasalliklari.
Ovqat – hazm qilish a’zolari kasalliklari.
Og‘iz shilliq qavati kasalliklari. Gelmintozlar.
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklari.
Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari.
Ichki sekresiya bezlari kasalliklari.
Bolalarda sil kasalligining kechish xususiyatlari.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash choralari va bolalarda immunitetni kuchaytirish yo‘llari. Profilaktik emlashlar.
O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK).
Poliomiyelit. Meningokokk infeksiyasi.
Difteriya.
Skarlatina, qizamiq, qizamiq qizilchasi, suvchechak.
Ko‘kyo‘tal, epidemik parotit.
Virusli gepatit.
O‘tkir ichak infeksiyalari.
Bolalarda OITS kasalligining kechish xususiyatlari.
Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda bolalarga shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Baxtsiz hodisalarda tez yordam ko‘rsatish va ularni oldini olish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |