Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi p. M. Matyaqubova, sh. M. Mаshаripov, X. sh. Jabborov “fan va texnikada o’lchashlar noaniqligi”


- rasm. Oʼlchashlar noaniqliklarining manbalari



Download 5,6 Mb.
bet50/81
Sana31.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#521410
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
2 5199668041977172415

4.1.1 - rasm. Oʼlchashlar noaniqliklarining manbalari

Oʼlchanadigan fizikaviy kattalikning oʼlchami avvalambor oʼlchash obʼektiga taʼsir koʼrsatuvchi tashqi taʼsirlarning parametrlariga bogʼliq boʼladi. Shu sababli oʼlchashga boʼlgan toʼgʼri yondashuv oʼlchanadigan kattalikni oldindan toʼliq tasvirlashni (spetsifikatsiyalashni) talab qiladi, u oʼz ichiga oʼlchashni oʼtkazish vaqti va uni oʼtkazish shartlari boʼyicha koʼrsatmalarni oladi. Oʼlchanadigan kattalikning toʼliq boʼlmagan spetsifikatsiyasi unga mos keluvchi noaniqlikning vujudga kelishiga olib keladi.


Oʼlchashning aniqligi oshirilganda yoki oʼlchash vositalarining sezuvchanligi oshirilganda oʼlchashlarning ishonchliligini chegaralaydigan tabiiy omillar paydo boʼladi. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
— kvant-mexanik darajada oʼlchanadigan kattalikning diskretligi;
— issiqlik shovqinlari, maydalash effekti va hokazolar.
Sanab oʼtilgan omillarning mavjudligi oʼlchashlarning potentsial aniqligini belgilaydigan tabiiy noaniqliklarning paydo boʼlishiga sabab boʼladi.
Oʼlchash eksperimentining noaniqliklari vujudga kelish manbaiga bogʼliq ravishda uslubiy, qurilmaviy va shaxsiy noaniqliklarga boʼlinadi.
Uslubiy noaniqliklar oʼlchash uslubining mukammal emasligidan yuzaga keladi.
Qurilmaviy noaniqliklar – oʼlchash texnikasini mukammal emasligidan yuzaga keladi.
Shaxsiy noaniqliklar – operatorning sezgi organlarini oʼziga xos xususiyatlari yoki notoʼgʼri harakatlari sababli yuzaga keluvchi noaniqliklar, masalan, strelkali asbobning shkala koʼrsatishlarini sanashda parallaks hodisasi oqibatida vujudga keladigan noaniqlik.


4.2. Oʼlchanayotgan kattalikning matematik modellashtirishdagi noaniqlik
Oʼlchanayotgan kattaliknng noaniqligi oʼz ichiga modellashtirish, oʼziga xoslik noaniqligi va tabiiy (potentsial) noaniqliklarni qamrab oladi.
Oʼlchash obʼektini modellashtirish oʼlchashning rejalashtirish bosqichida umumiy holatda zarur boʼlib, ushbu protsedura metrologiya boʼyicha sohaga doir adabiyotlar kam oʼrganilgan va aks ettirilgan. Modelning real oʼlchash obʼektiga talab qilingan aniqlik darajasida mos boʼlmasligi oʼlchashga boʼlgan aprior noaniqlikni keltirib chiqaradi.
Har qanday real tizim, biror moddiy obʼekt (predmet, jarayon yoki hodisa) toʼgʼrisida gap borganda, albatta ularni tavsiflovchi muayyan xossalar (xususiyatlari)ni koʼz oldimizga keltiramiz. Koʼpincha real tizim yoki obʼekt shunchalik koʼp xossaga ega boʼlishi mumkinki, ularning har birini ilgʼash, anglash, aniqlash va ular toʼgʼrisida yetarlicha toʼliq maʼlumot toʼplash (olish) imkoniyati boʼlmaydi. Shu sababli, odatda biror tekshirilayotgan obʼektning eng ahamiyatli (qiymatli) xossasini aniqlash va uni keyinchalik oʼlchash mumkin boʼladi. Tekshirilayotgan obʼektning xossalarini, xususiyatlarini qanchalik koʼp oʼrgansak, bizni oʼrab turgan atrof-muhit toʼgʼrisidagi tushunchamiz shunchalik kengroq (koʼproq) boʼladi. Har qanday obʼekt (predmet, jarayon va hodisa)ni tekshirish uchun uning xossalarini hisobga olgan holda modeli shakllantiriladi va nihoyat uni oʼlchash masalasi belgilanadi.
Model - bu tekshirilayotgan real obʼektga qandaydir xususiyat boʼyicha oʼxshash tizimdir.
Modellashtirish nazariyasida modellashtirishning uch xil usuli qoʼllaniladi:
- toʼliq modellashtirish – bu umumiy holda materiya harakatini ham vaqt, ham fazo (prostranstvo) boʼyicha oʼxshashligini taʼminlovchi usul.
Bunda toʼliqsiz modellashtirish – bu usul shundan iboratki, asosiy jarayon kechishni xarakterlovchi xodisa yoki jarayon faqat qisman oʼxshash boʼladi.
- Tahliliy modellashtirish – bu usul eng koʼp qoʼllaniladigan usul boʼlib, tekshirilayotgan obʼektga hal qiluvchi taʼsir etmaydigan faktor (omil)lar hisobiga olingan holda yoki umuman modellashtirilmaydi yoki taxminan modellashtiriladi.
Ilmiy-tadqiqot oʼtkazishda yoki ishlab chiqarishda biror obʼekt toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash yoki umuman oʼlchashni amalga oshirish uchun real oʼlchash obʼekti (oʼlchanadigan kattalik) qanday xossalarga ega va qanday fizik kattaliklar bilan xarakterlanishi, oʼlchash vositasi va oʼlchash usuli aniqlanishi kerak, yaʼni talab etilgan darajadagi natijaga erishish uchun eng optimal (maqbul) variantli usul va oʼlchash vositasini tanlash lozim. Bundan tashqari oʼlchash qandaydir bir muhitda va aniq bir qoida boʼyicha bajariladi.
Odatda, oʼlchash obʼekti oʼzgarmaydigan, yaʼni oʼlchanadigan kattalikning oʼzgarmaydigan chinakam (haqiqiy) qiymati mavjud deb hisoblash qabul qilingan. Oʼlchash jarayonining qolgan tashkil etuvchilari esa, oʼlchash vositasi, oʼlchash sharoiti va xattoki
- operator doimo oʼzgarib turadi va bu oʼzgarishlar baʼzida tasodifiy boʼlishi, ularni oldindan bilolmasligimiz mumkin. Аgarda bu tasodifiy oʼzgarishlar oʼlchash natijalariga taʼsir etsa, u holda kattalikning takror oʼlchashlardagi natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun oʼlchash masalasi qoʼyilishida avvalo oʼlchash obʼekti modeli qabul qilinadi.
Oʼlchash obʼektining modeli boʼlib, obʼektning barcha “muhim” xususiyatlarining bir-biriga oʼzaro taʼsirining tahliliy yozilmasi, kirish va chiqish signallari oʼzaro funktsional bogʼliqligining formulalar koʼrinishida matematik yozilmasi xizmat qilishi mumkin.
Masalan, oʼlchash obʼekti –podshipnik (4.2.1.1 -rasm).






Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish