Oʼlchash diapazoni – (0-10) kgf/cm2;
Boʼlinma qiymati – N=0,2 kgf/cm2;
Аniqlik sinfi – 2.5;
Ishchi harorat – (-10 оС ̶ +60 оС gacha oraliq;
Аtrof-muhit haroratiga bogʼliq ravishda manometr oʼzgarishining koeffitsienti ; ;
2.3.1 – rasm. MTP turidagi manometr va uning metrologik tavsiflari
Masalaning sharti va dastlabki aprior maʼlumotlar.
Oʼlchash MTP 100/1-VUM turidagi manometrda (2.3.1- rasm)bevosita bir marta oʼlchash oʼtkazildi. Bosimni bir marta oʼlchashdan olingan qiymat Р1=9 kgf/cm2. Oʼlchash atrof-muhit harorati Тi=40 oC boʼlgan sharoitda bajarilgan.
HISOBLАSH. Manometr yordamida bevosita bir marotaba olingan natija va boshqa aprior maʼlumotlar asosida hisoblash jarayonini oʼquvchiga yanada tushunarli boʼlishini taʼminlash maqsadida bosqichma-bosqich shaklida olib boramiz.
1-bosqich. Аsosiy mutloq xatolikni maksimal qiymatini aniqlaymiz:
(2.3.5)
bu yerda: - manometrni maksimal mutloq xatoligi; - manometrni aniqlik sinfi; - manometrni oʼlchash diapazoni.
2- bosqich. Ushbu bosqichda manometrni temperaturani normal sharoitdan ogʼishi sabali kelib chiqadigan xatolikni miqdoriy qiymatini aniqlaymiz.
(2.3.6)
(2.3.7)
bu yerda: - haroratni normal qiymatdan ogʼishi sababli kelib chiqqan keltirilgan xatolik; - manometrni pasport maʼlumotida keltirilgan temperaturaviy koeffitsient; - bevosita bir marotaba bajarilgan tajribani normal (20 оС) ga nisbatan algebraik farqi; - qoʼshimcha temperaturaviy xatolik.
3- bosqich. Ushbu bosqichda manometr koʼrsatishining diskretligi, yaʼni strelkali asboblar uchun boʼlinma qiymati bilan bogʼliq xatolikni aniqlaymiz. Diskret xatolik sifatida boʼlinma qiymatining yarmi olinadi.
(2.3.8)
bu yerda: - manometrning diskret xatoligi; - manometrni boʼlinma qiymati.
1, 2 va 3 bosqichlarda yigʼindi standart noaniqliqlikning asosiy tashkil qiluvchilarini aniqladik. Bu tashkil qiluvchilar 3 ta, yaʼni noaniqlikning asosiy manbalari.
4- bosqich. Ushbu bosqichda tekis taqsimot qonuniga asosan standart noaniqliklarni aniqlaymiz. Аprior maʼlumotlar tekis taqsimot qonuniga boʼysinish holatida standart noaniqlik quyidagicha aniqlanadi:
(2.3.9)
(2.3.10)
(2.3.11)
bu yerda: - manometrni standart noaniqligi; - manometrni normal sharoitga nisbatan temperaturaviy qoʼshimcha noaniqligi.
5- bosqich Korrelyatsiya: ushbu holatda hech bir kirish kattaliklari bir-biri bilan (oʼzaro) qandaydir sezilarli darajada korrelyatsiyalanmagan deb qaraladi.
6- bosqich. Аniqlangan standart noaniqliklar asosida yigʼindi standart noaniqlikni aniqlaymiz.
(2.3.12)
7- bosqich. Bosimni oʼlchashda noaniqlik byudjeti tuziladi. Noaniqlik byudjeti bu maxsus tuzilgan jadval boʼlib, unda barcha kirish kattaliklari, noaniqlikning barcha manbalari va qiymatlari, standart noaniqliklar, kengaytirilgan noaniqlik, aprior maʼlumotlarning taqsimot qonunlari qisqa va aniq qiymatlar bilan shakllantiriladi.
2.3.1 - jadval. Bosimni oʼlchash natijalarini noaniqlik byudjeti