Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi p. M. Matyaqubova, sh. M. Mаshаripov, X. sh. Jabborov “fan va texnikada o’lchashlar noaniqligi”


– rasm. Bevosita oʼlchashga amaliy misollar



Download 5,6 Mb.
bet22/81
Sana31.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#521410
TuriУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
2 5199668041977172415

2.2.1 – rasm. Bevosita oʼlchashga amaliy misollar

2.3 Bevosita bir marta oʼlchashning matematik modeli


Bir martalik bevostia oʼlchashlar uch martadan koʼp oʼtkazilmaydi. Bunday holda takroriy kuzatishlar adashishlar boʼlishi mumkinligidan ehtiyot boʼlish uchun xizmat qiladi. Bir martalik kuzatishlar bilan bevosita oʼlchashlarning yigʼindi noaniqligini baholash uchun uning barcha asosiy tashkil qiluvchilarni qiymatlarini aprior tarzda bilish lozim boʼladi. Shunday qilib, bir martalik kuzatishlar bilan bevostia oʼlchashlarning yigʼindi noaniqligi V tur boʼyicha baholanadi. Bunday holatda А tur noaniqlik baholanmaydi.
Bevosita bir marta oʼlchash natijalarining qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.Oʼlchash sxemasi, oʼlchashlar oʼtkazish sharoiti toʼgʼrisidagi aprior maʼlumot, qoʼllanilgan texnik vositalarning (oʼlchash vositasi, sinov uskunasi v.x.) metrologik tavsiflari tahlil qilinadi.
2. Oʼlchanayotgan kattalikning 1-3 ta kuzatishlar olib boriladi. Tarkibila qoʼpol xatolik yoʼq deb qabul qilingan natijalardan biri oʼlchash natijasi deb qabul qilinadi.
3. Oʼlchanayotgan kattalikning V tur boʼyicha standart noaniqligi topiladi. Bunda boshlangʼich maʼlumotlar boʼlib quyidagilar xizmat qiladi:
- oldin bajarilgan oʼlchash maʼlumotlariga asoslangan holda oʼlchanayotgan kattalikning ehtimollik taqsimoti toʼgʼrisida maʼlumotlar;
- maʼlum qurilmalar va materiallarning mos xususiyatlari toʼgʼrisida umumiy bilimlar yoki tajribalarga asoslangan maʼlumotlar;
- konstant va maʼlumotnomalarga asoslangan noaniqliklar;
- qurilmalarni attestatlash, qiyoslash, kalibrlash sertifikat (yoki bayonnomalari) ga asoslangan maʼlumotlar v .b.
Boshlangʼich maʼlumotlarning turli variantlari holatida standart noaniqlikni hisoblashning quyidagi variantlaridan biridan foydalangan holda baholash mumkin.

  1. Аgarda oʼlchash natijasining Y taqsimot qonuni maʼlum boʼlsa, uning standart ogʼishi standart noaniqlik U1(Y) sifatida qabul qilinadi.

  2. Аgarda qoʼllanilgan oʼlchash vositasi texnikasini yuqori va pastki chegarali maʼlum boʼlsa, ushbu holatda standart noaniqlik kirish kattaligini taqsimot qonuniga mos ravishda hisoblanadi.

  3. Berilgan intervalda maʼlum ishonchlilik darajasi bilan taqsimotning normal qonuni deb baholangan holatda B tur boʼyicha noaniqlik quyidagicha aniqlanadi:



(2.3.1)

bu yerda: k - ishonch darajasi 0,9; 0,95 va 0,99 boʼlgan holatlarda mos raavishda qamrab olish koeffitsientlari 1,64; 1,96 va 2,58.

        1. Oʼlchashlar noaniqligini barcha tashkil qiluvchilarini aniqlagandan keyin ularni quyidagi ifodaga muvofiq yigʼindi noaniqlgi topiladi:



          (2.3.2)

        2. Berilgan ishonchlilik darajasi P bilan oʼlchash natijasini taqsmot qonunini hisobga olgan holda kengaytirilgan noaniqlik aniqlanadi



(2.3.3)

bu yerda: k- qamrab olish koeffitsienti.
Qamrab olish koeffitsienti 2 dan 3 gacha boʼlgan diapazonda tanlanadi. Xatoliklarni tashkil qiluvchilarni taqsimot qonunlari kompozitsiyasi hisoblangan oʼlchash natijasining taqsimot qonuni maʼlum boʼlsa yanada aniq qiymatini aniqlash mumkin. Аsosan normal va tekis taqsimot qonulari amaliy oʼlchashlar holatlariga mos keladi.
Oʼlchash natijasi quyidagi koʼrinishda yoziladi



(2.3.4)

1-MISOL.Manometr yordamida bevosita bir marotaba oʼlchash oʼtkazilganda kengaytirilgan noaniqlikni hisoblash.



Metrologik tavsiflari (pasport maʼlumotlari asosida):

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish