O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


§. Iqtisodiyotda empirik umumlashtirishlar



Download 1,62 Mb.
bet29/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word


§. Iqtisodiyotda empirik umumlashtirishlar

Iqtisodiyotda empirik umumlashtirishlar asosan statistika uslublariga asoslanadi. Ayrim sodda vaziyatlarda induktiv xulosalarga ham tayanish mumkin.
Prinsip jihatdan mulohazalarning har ikkala turi ham yagona metodologik asosga ega. Chunki ularda xulosa xususiydan umumiyga tomon qilinadi, statistikada esa ushbu xususiylik reprezentativ tanlash va boshqa maxsus metodikalar yordamida puxta o‘rganiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda, qoidaga ko‘ra, alohida ajratilgan, izolyatsiyalangan ilmiy faktlar bilan emas, ularning ma’lum bir to‘plami bilan ish ko‘riladi. Aynan shunday to‘plam statistik umumlashtirishlarga asos bo‘lganligi bois, statistik to‘plam deb ataladi.
Universal umumlashtirish uslublari qo‘llanilganda predmetlar yoki hodisalarning o‘rganilayotgan xossalari, masalan, ma’lum tur yoki toifaga mansub tovarlar qiymati butun guruh yoki to‘plamning barcha a’zolariga taalluqli bo‘ladi. Bundan farqli o‘laroq statistik
umumlashtirishda, ajratib olingan xossalar faqat obyektning ma’lum foizini tavsiflaydi. Masalan, tovar mahsulotlarning sifatini statistik nazorat qilishda ma’lum miqdor(yoki %)dagi buyumlar brak qilinishi mumkin. Chunki, «nostandartlik» xossasi faqatgina shu buyumlarga tegishlidir.
Statistik umumlashtirish ham, induktiv umumlashtirish ham ma’lum ehtimollik bilan tavsiflanadi. Chunki ularga asoslangan faktlar nisbatan katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi, xulosa esa butun to‘plamga taalluqli bo‘lishi lozim.
Umumlashtirishlar ishonarliroq bo‘lishi uchun induktiv va statistik umumlashtirish usullari, odatda qarama-qarshi metod - deduksiya yordamida tekshiriladi.
Ushbu maqsadlarda umumlashtirishdan, gipoteza kabi, sodda va aniqroq tekshirilishi mumkin bo‘lgan, empirik tekshiriladgan oqibatlar keltirib chiqariladi.
Induksiya yoki statistik usullar yordamida, masalan, ishlab chiqarish zaxiralari (urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i va b.) bahosining o‘sishi bilan mos ravishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari ham oshadi degan umumiy xulosaga kelish mumkin.
Bunday umumlashgan xulosa alohida aniq faktlar, aynan alohida qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, bug‘doy, sut va h.k.)ning bahosini deduksiya usuli bilan oson tekshiriladi.
Ko‘rinib turibdi-ki, umumlashgan xulosani tasdiqlaydigan faktlarning soni va turi qanchalik ko‘p bo‘lsa, bunday xulosa shunchalik ishonchli va ehtimolligi yuqori bo‘ladi. Umumlashgan xulosalarga asoslangan va shu vaqtga qadar noma’lum bo‘lgan faktlarga taalluqli rognozlar eng kuchli va ishonarli hisoblanadi.
Iqtisodiy prognozlar xo‘jalik faoliyatidagi o‘ta murakkab va chalkash jarayonlarning statistik tahlili asosida qilinadi. Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli, ko‘pchilik iqtisodiy fanlardagi ko‘rsatkichlar va jarayonlar qiymat o‘lchovi - pulda ifodalanganligi tufayli ko‘proq ishonchli va aniqlik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Bunday umumlashgan xulosalarning afzalligi foydalaniladigan faktlarning yetarli darajadagi to‘liqligi va aniqligidan iborat. Bu o‘z navbatida ushbu faktlar asosida ancha aniqroq va tekshiriluvchan gipotezalarni ilgari surish imkonini ta’minlaydi.

  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish