O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet25/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Shakllantirish. Shakl [a. - ko‘rinish, rasm, tarz, usul] 4 Mazmunning ifoda tomoni, tashqi ko‘rinishi, ifodalanishi76.
Shakllantirish tadqiqot metodi sifatida obyektning elementlarini maxsus belgilar ko‘rinishida taqdim etish uchun qo‘llaniladi. Masalan, mahsulot tannarxini xarajat moddalari va boshqa belgilari yordamida ifodalangan maxsus formula ko‘rinishida ifodalash.
Gipoteza tuzish. «GIPOTYEZA (yunoncha hypothesis - asos, taxmin) - hodisalarning qonuniy (sabab-oqibatli) bog‘lanishi to‘g‘risidagi taxmin, mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos bo‘ladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish) asosida bevosita bilimga o‘tish, sababiy bog‘lanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor»77. Gipoteza tuzish metodi qandaydir hodisani tushuntirish uchun ilgari surilgan ilmiy taxminga asoslangan bo‘lib, ishonchli ilmiy nazariyaga aylantirish uchun tajribadan o‘tkazish va nazariy asoslashni talab etadi. Ushbu metod o‘xshashi(analogi) bo‘lmagan, yangi iqtisodiy hodisalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Masalan, yangi mashina va qurilmalar, agrotexnologiyalar, nasl va navlarning samaradorligini, yangi turdagi tovar(ish, xizmat)lar tannarxini va shu kabilarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Aksiomatik metod. Aksioma (yun. axioma) - o‘z-o‘zidan ravshanligi, ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlang‘ich xossalari aksiomalar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar ( teoremalar) ulardan foydalanib mantiqiy isbot qilinadi78.
Aksiomatik metod - aksiomalarga asoslanib ilmiy nazariya qurish usuli. Asos qilib olingan aksiomalar tizimi (aksiomatika) muayyan nazariy tizimda isbotsiz haqiqiy deb qabul qilinadi. Boshqa nazariy bilimlar, xulosalar to‘la ravishda aksiomatikadan deduktiv yo‘l bilan chiqariladi79.
Demak, ushbu metod ilmiy tadqiqotlarda yangi nazariyani asoslash uchun birlamchi qoidalar sifatida qo‘llaniladigan, ilmiy bilimlar bilan isbotlangan (isbot talab qilmaydigan) aksiomalardan foydalanishni nazarda tutadi. Eng avvalo, bular iqtisodiy qonunlar, mumtoz olimlarning fanni yanada rivojlantirish uchun foydalaniladigan ilmiy nazariyadagi aksiomatik bilimlar maqomiga ega asarlari va ilmiy tadqiqotlaridir.
Nazariya yaratish - bu tadqiqot natijalarini umumlashtirish va o‘rganilayotgan obyektlarning rivojidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash metodi. Shuningdek, bu metod tadqiqot natijalarini boshqa obyektlar va hodisalarga ham tatbiq etib, o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarning ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
Empirik tadqiqotlarda umumilmiy metodlar bilan bir qatorda amaliy tavsifga ega empirik bilimlarni shakllantiradigan maxsus metodlar ham qo‘llaniladi. Bular ko‘proq insonning his qilishi, qabul qilish va tasavvur etishi bilan bog‘liq maxsus sezgi metodlaridir. Lekin, empirik bilimlar hamma vaqt ham sezgi uyg‘otavermaydi. Masalan, kuzatuv natijalaridan olingan oddiy ta’kidlashlar («ishlab chiqarish xarajatlarining rejadagidan qanchagadir oshgani», «hosildorlikning rejadagidan qanchagadir pasaygani» va h.k.) hali ilmiy bilim degani emas.
Empirik bilimlar kuzatish va eksperiment orqali sabab-oqibatli aloqadorliklar aniqlanganidan so‘ng ilmiy bilimga aylanadi. Fikrimizni yuqoridagi misol bilan asoslaydigan bo‘lsak, «xarajatlarning rejaga nisbatan oshib ketishiga olib kelgan sabablar va omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilash» ilmiy qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
Kuzatish - voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari to‘g‘risida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir80. Shuningdek, bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab qaramoq, ko‘zdan kechirmoq81.
Kuzatish metodi tadqiqot predmetidagi o‘zgarishlarning miqdorini o‘lchash va sifat o‘zgarishlarini tavsiflash asosida ilmiy xulosalar shakl- lantirish maqsadida qo‘llaniladi. Shu bois, kuzatish boshqa barcha empirik tadqiqot metodlarining asosini tashkil etadi. O‘lchash ham, eksperement ham, kuzatishni o‘z ichiga oladi, kuzatish esa ularsiz ham amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy-tadqiqotlarda kuzatish metodi o‘rganilayotgan obyekt bo‘yicha birlamchi empirik axborotlarni olish uchun ham, empirik mulohazalarning haqiqiyligini tekshirish va asoslash uchun ham qo‘llaniladi.
Bu metod iqtisodiy tadqiqotlarda mahsulot ishlab chiqarishga qilingan mehnat, xom-ashyo, materiallar sarfini, texnologik operatsiyalarning bajarilishini va shu kabilarni xronometraj kuzatuv yo‘li bilan o‘rganishda qo‘llaniladi.
Kuzatish jarayonida obyektning nafaqat tashqi o‘zgarishlari haqida bilimlarga, balki tadqiqotning yakuniy maqsadi hisoblangan - uning muhim xususiyatlari va munosabatlari haqidagi yangi bilimlarga ham ega bo‘linadi.
Odatda kuzatish eksperiment o‘tkazish chog‘ida qodlaniladigan amallarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Kuzatishning muhim jihati uning natijalarini bayon qilish, masalan, priborlar ko‘rsatkichlarining tafsiloti va shu asosda qilinadigan xulosalardan iborat.
Kuzatish natijasida o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida olingan birlamchi ma’lumotlar tabiiy va sun’iy tildagi vositalar: grafiklar, sxemalar, diagrammalar, jadvallar, rasmlar va shu kabilar shaklida taqdim qilinadi. Kuzatish va o‘lchash usullari o‘zaro bog‘liq. O‘lchash mazkur miqdorning unga o‘xshash va o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan boshqa miqdorga munosabatini topish jarayonidir.
Kuzatish usulini qo‘llash ijtimoiy-gumanitar fanlarda ancha qiyin bo‘lib, uning natijalari ko‘p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotda tutgan yo‘li va prinsiplariga, tadqiqot predmetiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.
Kuzatish jarayonida tadqiqotchi har doim ma’lum g‘oyalar, konsepsiyalar va gipotezalarga tayanadi. U faktlarni shunchaki qayd qilib qo‘ymasdan, balki ulardan o‘zining g‘oyalarini tasdiqlaydigan yoki inkor etadiganlarini ongli ravishda tanlab oladi.
Bunday faktlardan reprezentativligi eng yuqori va o‘zaro aloqador bo‘lganlarini tanlab olish juda muhimdir. Kuzatishlarni ifoda etish har doim ham ma’lum nazariy qoidalar yordamida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda kuzatish natijalariga hamma vaqt inson omili ta’sir ko‘rsatishiga qaramasdan, har bir alohida ilmiy davr doirasida kuzatishning intersubyektivligi uning nisbatan obyektivligidan dalolat beradi.
Kuzatish ilmiy amaliyotning turlaridan biri hisoblanadi. Bu kuzatishni amalga oshirish jarayonida moddiy ashyolar, har xil moslamalar va dastgohlardan foydalanish bilan bog‘liq. Uning boshqa amaliyot turlaiga nisbatan o‘ziga xosligi, kuzatish jarayonida tadqiqot obyektiga bevosita jismoniy ta’sir ko‘rsatilmaydi, faqat kuzatiladi. Ammo, u tadqiqot obyektiga amaliy ta’sir ko‘rsatiladigan boshqa empirik tadqiqot metodlari - o‘lchash va eksperementning zarur tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi.
O‘lchash - tadqiqot obyektlarining xossalarini raqamli miqdorlar ko‘rinishida taqdim etish jarayoni.
Eng umumiy ko‘rinishda katta yoki kichik bo‘lishi mumkin bo‘lgan, obyektga katta yoki kichik darajada xos bo‘lgan barcha narsani miqdor deb atashimiz mumkin. Sonli miqdor - bu son bilan ifodalash mumkin bo‘lgan miqdor. Shunday qilib, tadqiqot obyektlarining xossalarini son bilan ifodalash o ‘Ichash deyiladi. Xodimning bir kunlik ishlagan vaqtini o‘lchash uchun mehnat qo‘nimsizligida belgilangan va haqiqatda ishlangan vaqtni qandaydir son, masalan, 6 soat bilan ifodalash.
O‘lchash - empirik tadqiqotlar rivojlanishining yangi bosqichi. Kuzatishdan o‘lchashga o‘tish yangi instrumentlarni hamda yangi tushunchalar va farazlarni talab etadi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish