O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti



Download 0,68 Mb.
bet5/10
Sana20.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#567107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxoro amirligida tovar-pul munosabatlari

Buxoro kumush tangasi — Buxoro xonligi (1500—1753) tashkil bo‘lgan paytda Shayboniyxon nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar. Shayboniylar dastlab tangalarining og‘irligini 1 misqol, ya’ni 4,8 g miqsorida zarb qilgan bo‘lsa, 17-asrga kelib 4,4 g ga tushib qoldi. Joniylar sulolasi xukmronlik qilgan (1599—1753) davrdan boshlab kumush tangalar a’lo sifatli sof kumushdan zarb qilingan. Mang‘itlar sulolasi (1753—
1920) tangalarida Joniylar tangalariga nisbatan yozuvlar oz bo‘lgan. Kumush tangalarning o‘ng tomonida tanga zarb qilingan shaharning nomi, ya’ni "Himmatli Buxoro zarbi" va raqamlar bilan sana ko‘rsatilgan, ters tomonida podshoning nomi va yana sana ko‘rsatilgan. Mang‘itlarda podsho nomini tangaga berish yo‘llari turlicha bo‘lgan. Birinchi Mangit amiri Muhammad Rahimxon o‘z nomidan tanga zarb etgan. Lekin Shohmurod oldin Abdulg‘oziy nomi bilan, keyinchalik otasi Doniyolbiy nomi bilan tangalar chiqargan. Shohmurod va uning vorisi amir Haydar goh buvasi, goh otasi, goho otabuvasi, keyinchalik o‘zi nomidan ham tangalar zarb qilgan. Uning o‘g‘liHusayn atigi 75 kun hukmronlik qilgan bo‘lsa ham o‘z nomi bilan kumush tangalar zarb qilishga ulgurgan. Keyingi barcha mangit amirlari faqat avlodajdodlarining xotirasi uchun tanga zarb qilganlar. Mang‘itlarning kumush tangalari a’lo sifatli sof kumushdan ishlangan; ularning og‘irligi kamaygan va diametri kichraygan.





AMIRLIKDA SAVDO-SOTIKNING RIVOJLANISHI SANOAT
ISHLAB CHIQARISHINING SHAKLLANISHI.
Ma’lumotlarda keltirilishicha. Rossiya kapitali Rossiya-Buxoro savdo-tijorat aloqalariga favqo’lodda juda katta ahamiyat berib, o’z maqsad va manfaatini ko’zlab homiylik qilgan. Bunda asosan qimmatbaho va valyuta keltiruvchi xom- ash’yoni katta miqdorda Buxorodan olib chiqib ketishni amalga oshirgan. Chunki bunday siyosat Rossiyaning o’z iqtisodini kutarishida jiddiy ahamiyatga ega edi. Xunarmandchilik sohasida to’qimachilik uning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan. U asosan mahalliy xom ashyo manbalari — paxta, jun, ipakning yetarli miqdorda bo’lganligi uchun ham yaxshi rivojlangan. XVIII—XIX asrlarda Buxoro
amirligining Qashqadaryo vohasida xunarmandchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, uning to’qimachiliq kulolchiliq duradgorlik kunchilik va temirchilik turlari voha va amirlikning xo’jalik hayotida salmoqli o’rin egallagan. Vohaning Qarshi, SHaxrisabz, Kitob shaha rlarida hunarmandchilik yaxshi rivojlangan.
To’qimachilik voha xunarmandchiligida yetakchi tarmoq hisoblangan.
Ayniqsa, bo’z, chit, olacha ko’p miqdorda tayyorlangan.
Qarshi va Shaxrisabzda ipak matolar tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan.
Voha xunarmandchiligida kulolchilikning mavqei ancha yuqori bo’lgan.
tomonidan yaxshi ishlov berilgan terilardan turli xil oyoq kiyimlari, bosh kiyimlar po’stin va nimpo’stin, turli xil meshlar tayyorlangan. Vohada yogoch o’ymakorligi ya xshi rivojlangan bo’lib, turli xil binolar qurilishida undan unumli foydalanilgan. Buxoro bozori nafaqat shaxarliklar, balki uning atrofidagi qishloqlar aholisining talablarini qondirishda ham, aloxida ahamiyatga ega bo’lgan eng yirik



savdo markazlaridan hisoblangan. Buxoro bozorida ko’chmanchi chorvadorlar o’z mahsulotlarini Buxoro hunarmandlari mahsulotlariga ayirboshlashgan. Buxoro bozorida parcha, duxoba, har xil chitlar, ipak matolar, temir, tilla, kumush, mis, cho’yan idishlar, qog’oz, igna, turli xil iplar yaxshi savdo qilingan. Buxoroda yanvar
oyidan may oyigacha savdo yaxshi bo’lgan. Bu davrda savdo yarmarkalari tashkil
qilingan. Bu savdo yarmarkalariga Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya va amirlikning barcha viloyatlaridan savdogarlar tashrif buyurishgan.
Qovun-tarvuzning nihoyatda ko’p turlari yetishtirilgan.
Buxoro amirligining agrar munosabatlari tarixida eng muxim muammolardan biri — bu yerga egalik masalasi hisoblangan.
XIX asrda Buxoro amirligida mavjud bo’lgan yer egaligining uch kategoriyasi mavjud bo’lib ulardan davlat yerlarini kengaytiishda ko’proq foydalanilgan. Bu haqda yuqorida so’z yuritgan edik.
Davlat yerlarining ko’payishining muhim manbalaridan biri, bu yirik zamindorlar tomonidan o’ziga talluqli xisoblangan yerning uchdan ikki (2/3) qismini davlatga o’tkazib, uchdan bir kismini (3/1) o’zida qoldirib va buning evaziga o’zida qolgan kismdan davlat tomonidan olinadigan barcha soliq turlaridan to’la ozod
qilinishiga erishish bo’lgan. Amlok yerlardan olinadigan soliqlar miqdori tug’risida
turli xil fikrlar mavjud.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish