O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti


BUXORO AMIRLIGINING TALANGAN OLTINLARI



Download 0,68 Mb.
bet6/10
Sana20.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#567107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxoro amirligida tovar-pul munosabatlari

BUXORO AMIRLIGINING TALANGAN OLTINLARI


O'z vaqtida yozib qoldirilgan hujjatlar va tarixiy manbalardan, tarixchi olimlarimiz keyingi paytlarda olib borgan jiddiy tadqiqotlardan ayonki, terrorchi qizil imleriya
bolsheviklari Buxoro amiri xazinasidan tonnalab qo‘yma oltin va kumush, millionmillion so‘mlik oltin, kumush tangalar hamda oltin barobar boshqa qimmatbaho boyliklarni tashib ketganlar.Jumladan, olimlarimizdan I. Yo‘ldoshev va N. Haydarovning «Amir Olimxon xazinasi qaerda?» maqolasida («Fan va turmush» jurnali, 1991, 10- son) ta'kidlanishicha, 1914 yildan oldin amir xonadoniga tegishdi oltin, kumush pullar va boshqa qimmatbaho zeb-ziynatlar ro‘yxatini aks ettiruvchi daftarlarning o‘zi taxminan bir yarim olchin (bir olchin 70 sm ga teng) qalinlikda bo‘lgan. Mazkur maqolada Turkiston jadidlarnning otasi ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy muharrirligida chiqarilgan «Oyina» majallasining 1914 yilgi 25-sonida bir ko‘chirma keltiriladi. «Hozir Buxoro amirining tasarrufida bo‘lgan xazinaning ahchasi (oltin va ko‘mush) shu darajada mo‘lki, hech bir davlat xazinasida bu darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumush pul yombilar bo‘lmasa kerak. Buxoro amirining saroylarida saqlanayotgan oltin va kumush pullar bo‘yi 50 olchin, eni 20 olchin va balandligi 8 olchin bo‘lgan bir tog‘dan iboratdir. Bu xazinadan tashqari 3 olchin kattalikda yana bir yerto‘la xazinasi bo‘lib, u rus, Buxoro va boshqa bir qancha davlatlarning oltin pullari bilan to‘ldirilgan. Amirning oltin va kumush xazinalari, unga qarashli banklarda ham saqlangan. Masalan, Chorjo‘y bekligida
Amirning o‘n pud (160 kg), oltin va ming pud (16 tonna) dan ortiqroq kumush tangalari bo‘lgan. Shu bilan birga, Buxoro amirligida oltin konlar bo‘lib, xazina ulardan asr boshida qazib olingan oliy sifatli oltin evaziga to‘ldirilgan». Endi shu oxirgi jumlaga e'tibor beraylik. Maqolada yozilishicha, Buxoroda haqiqatan ham oltin konlar ko‘p bo‘lgan. Nurota tog‘i yonbag‘irlaridagi Sintob, Zarmiton, Muruntov kabn sakkizta oltin, kumush konlari qadim zamonlardan buyon ma'lum bo‘lgan. Muruntovdagi oltin konidan esa asrimiz boshidagina emas, balki necha yuz yillar avval ham foydalanib kelingan.
Ushbu satrlar muallifi kamina Muruntov oltin koni tarixi bilan qiziqib, 1972 yilning bahorida mashhur geolog olim, akademik I. Hamroboevga: «Buxoro tillasi Sovet davridagina ma'lum bo‘ldimi yoki Muruntovni ilgari ham bilisharmidi?» - degan savol bilan murojaat qilganimda, u kishi:
«Buxoroning shuhratini olamga yoygan, amirlik quvvatini oshirgan uning Muruntovdagi tillasi bo‘lgan. Tilla koni VIII asrda arablar bosqini davrida ham ma'lum edi. Faqat u sir tutilgandi. Biz, sovet olimlari, Muruntov konini elliginchi yillardagina aniqlashga muvaffaq bo‘ldik».
«Buxoro amirining oltinlari» sarlavhali maqola mualliflari H. Uzoqov, S. Xolboev jiddiy tadqiqotlar natijasida amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan boyliklarni aniqladilar: «Buxoro tillasi- 1,148.380 dona, rus tillasi - 4,365.100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi- 1,108 pud (17 tonna 728 kg), yombi holidagi Gamburg kumushi - 2,844 pud (45 tonna 404 kg), rus kumush tangalari -1,385 pud (22 tonna 160 kg), Buxoro xazinasi - 62,834.780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 50 kg), rus banki kumushi--864 pud (13 tonna 734 kg) va hokazo, jami 34 nomdagi qimmatbaho narsalar ro‘yxatga olingan.
Amir qushbegi qayd etgan xazina boyligi taxminan quyidagicha baholangan: Buxoro tillasi- 5 milllion 741900 so‘m, rus tillasi - 4 million 378100 so‘m, Gamburg kumush yombilari- 1 million 706400 so‘m, mayda rus kumush tangalari - 346200 so‘m. Buxoro tangasi (15 tiyinligi)-9 million 425217 so‘m, Buxoro mis tangasi 4386 so‘m, tilla kukuni 266592 so‘m, tilla buyumlar (20458 dona)-9 million 883214 so‘m, turk tilla lirasi - 90420 so‘m. Chet el tillalari - 18254 so‘m, 150 karat brilliantlar - 1 million 730600, qizil yoqutlar - 209176 so‘m. marvaridlar - 9 million 500 ming so‘m, brilliant uzuklar va boshqalar - 230400 so‘m. Gamburg kumush yombilari 746590 so‘m, tilla parchalari-150 ming so‘m, kumush parchalari - 50 ming so‘m, jami 73 million 252 ming 380 so‘mni tashkil etadi.
Amir va uning oilalariga tegishli buyumlar qiymati: brilliantlar - 522 ming so‘m, buyumlarga qadalgan brilliantlar - 1 million 730950 so‘m, qimmatbaho toshlar - 1 million 34140 so‘mnn tashkil etadi».
Shuni aytish kerakkn, Buxoro amirligi hukmdorlari: bosh vazir hisoblangan qushbegi, qozikalon, rais, xazinabonlar, boy savdogarlar va boshqa amaldorlarning ham katta jamg‘armalari bo‘lgan. Mazkur maqolada Buxoro amirligining qozikaloni Burhoniddinning shaxsiy boyligi «tovar» ishida to‘plangan hujjatlar asosida hisoblangan, u quyidagicha:
Gamburg tillasi yombilari 38 pud (608 kg), tilla buyumlar 85 pud (1 tonna 360 kg), kumush buyumlar - 30 pud (1 tokna 440 kg) kumush yombilar- 14 pud (224 kg), brilliantlar - 920 karat, kimmatli toshlar- 14 pud. Rus tilla tangalari - 86500 so‘m, chet el tilla tangalari - 4468 to‘plam (1 to‘plamda bir necha - 10, 20, 50, 100, hatto 1000 tanga ham bo‘lishi mumkin). Buxoro tillalari 286014 to‘plam, Buxoro tangalari- 7 million to‘plam, Rus banki kumushlari- 128987 so‘m (O'z MDA, OF 243-ish, 2-bet).
«O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 1992, 33- son.
Bu birgina qozining jamg‘armasi, xolos. Amirlik davrida hukmron bo‘lgan katta-kichik amaldorlar, darbor ahlining har birida million-million oltin tanga pullari, zeb-ziynat va qimmatbaho boyliklari borligini yozuvchi Sadriddin Ayniy o‘zining «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli tarixiy asarida mufassal bayon etgan. Amir g‘azabiga uchragan barcha katta-kichik amaldorlarning mol-mulklari musodara qilinib, amirlik xazinasiga keltirilgan.
Mazkur maqolada maxfiy hujjatning «Praviteli» deb nomlangan sahifalarida Frunze boshliq bolsheviklar bosqini davrida amirning Buxorodagi xazinasidan Moskvaga olib ketilgan oltin, kumush, zeb-ziynatlar, qimmatbaho boyliklar o‘n, o‘n uchtadan kam bo‘lmagan qizil harbiy vagondan iborat bir necha eshelonni tashkil qilganligi qayd etilgan. Darhaqiqat, faqat Buxorogina emas, balki butun ulug‘ Turkiston bolsheviklar bosqini davrida xonavayron bo‘ldi. Yurtning bebaho boyligi markazga tashib ketildi.
Xalqimizning sevimli, ardoqli farzandi Ubaydulla Xo‘ja o‘g‘li Fayzulla Xo‘ja (18961938) Buxoroda millioner savogar oilasida dunyoga keldi. Uning savdogar otasi hamda amakisi Latifxo‘ja qorako‘l teri, paxta va boshqa qimmatbaho mahsulotlar bilan Rossiya va xorijiy mamlakatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borgan. U o‘g‘li Fayzullaga tijorat sirasrorlarini o‘rgatib, Moskvada 5 yilcha (1907-1912) tahsil olishiga ko‘maklashgan. Biroq o‘qishni tugatgan yosh Fayzulla otasi xohlagan tijorat yo‘lidan bormay, mehnatkash xalqqa ko‘mak beruvchi ma'rifatparvarlik va isyonkorlik yo‘lini tanlagan. Fayzulla Xo‘jaev otasi orttirgan boylikka boylik qo‘shmadi, to‘g‘rirog‘i, tijorat yo‘li bilan boylik orttirishga qiziqmadi. Fayzulla Xo‘janing otasi Ubaydulla Xo‘ja 1912 yilda Makkaga hajga borishni ixtiyor etadi. U yolg‘iz o‘g‘li Fayzullani va ikki-uch mirzolarini olib, hajga jo‘nar ekan, barcha boyliklarini ukasi Latif Xo‘ja ihtiyoriga topshirib ketadi. Biroq bevafo hayot, bebaho boylik uning o‘ziga va yolg‘iz o‘g‘li Fayzulloga vafo qilmaydi. Xajga yo‘l olgan Ubaydulla Xo‘ja Boku orqali Batumiga yetganida jon taslim qiladi. Ota vasiyatiga ko‘ra, yosh o‘spirin yigit Fayzulla Xo‘jaev ikki-uch mirzolari hamkorligida mehribon otasi jasadini yurtiga otib kelib, Buxoroi sharifga dafn ettiradi. Fayzulla Xo‘jaev ota meros boyliklarining bir qismini Buxoroning ma'rifatparvar jadidlariga xarj etadi.
Jadidlar tomonidan xorijga o‘qishga yuborilgan yoshlarga va yangi uslubdagi jadid maktablari, maorif va matbuot ishlari rivojiga yaqindan moddiy ko‘mak berib boradi.
Dovyurak inqilobchi, davlat va jamoat arbobi, komandarm, O'zSSR Xalq Komissarlari Sovetining birinchi raisi (1925-1938), yurt farzandi Fayzulla Xo‘jaevning otameros boyligi to‘g‘risida turli gaplar yuradi. Ba'zilarning aytishicha, F. Xo‘jaevning otasi Ubaydulla Xo‘jadan qolgan bebaho boylikning bir qismi xorijda, Shveytsariya bankida saqlanar emish. Bu gapda qanchalik haqiqat borligi bizga qorong‘i. Biroq, Buxoro inqilobidan ikki-uch yil ilgari, 1917 va 1918 yillarda Buxoro amiri Sayid Olimxon ma'murlari tomonidan Fayzulla Xo‘jaev uni talon-toroj qilinganligi to‘g‘risida adib Sadriddin Ayniy o‘zining «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli asarida ancha batafsil ma'lumot bergan. Bu gaplarni F. Xo‘jaevham o‘z maqolalarida muxtasar yozib ketgan.
Ona-Vatan fidoyisi, xalqimizning sevimli farzandi Fayzulla Xo‘jaev va uning oilasi boshiga tushgan fojialar to‘g‘risida o‘quvchilar ushbu satrlar muallifining «Fayzulla Xo‘jaev» kitobidan («O'zbekiston» nashriyoti, 1990) batafsilroq bilib olishlari mumkin. Darvoqe, mashhur chex adibi Egon-Ervin Kish Fayzulla Xo‘jaev haqida: «Hokim g‘animlar Fayzulla Xo‘jaev boshi evaziga shunchalik ko‘p oltin va'da qilgan edilarki, dunyodagi biror bosh bunchalik yuqori narxlanmagan edi», - deb yozgandi.
Taniqli yozuvchi Dushan Fayziy «Bormisan, erkinlik» nomli maqolasida («Guliston», 1991,4-son) Buxoro vohasida bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan inqilob tufayli yurt boyligi talon-toroj qilinganligi, mehnatkash xalqning iqtisodiy ahvoli nochor holga tushib qolganligi to‘g‘risida yozadi: «Sarkarda Frunzening harbiy qismlari shaharni to‘pga tutar ekan, qo‘mondonning o‘zi Kogon shahridagi suv taqsimlovchi minora tepasida turib, durbin orqali Buxoroning ayanchli ahvolini, kuli ko‘kka sovurilayotgan shahar Arki, madrasayu machitlarni, changi osmonga chiqayotgan uy-joylarni, xalqning ohu faryodini tomosha qilib turardi. Bu qanaqa «xaloskorlik?» Oktyabr inqilobining «ozodlik» nurlari deganpmiz shumi?! Ertasi kuni (1920 yil 3 sentyabr) tongotarida dumiga 13 ta yuk vagoni tirkalgan parovoz Kogon temir yo‘l bekatidan Peterburgga qarab yo‘l oldi. Bu vagonlarda Buxoro Arkidan, amirlik xazinasidan talab olingan oltin va oltin buyular, tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho ashyolar ketayotgan edi».
Yosh Buxoro Sho‘rolar Jumhuriyati uchun 1921 -1923 yillar har tomonlama og‘ir davr bo‘ldi. Buxoroda zo‘rlik bilan amalga oshirilgan inqilobdan, «yangi hur» hayotdan odamlar norozi edilar. V. I. Leninning shogirdi, Turkiston fronti qo‘mondoni M. V.
Frunze buyrug‘i bilan Buxoro 12 ta samolyotdan bombardimon qilinib, to‘pga tutilib, vayronaga aylantirildi, amir xazinasi talandi. Sovet mamlakatidagi iqtisodiy tanglik, o‘lkani xarobaliklarga aylantirgan inqilob va fuqarolar urushining vayronagarchiliklari bu yerda ham o‘zining salbiy asoratini qoldirgan edi. Ana shunday nqtisodiy qiynnchilik davrida markaz tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, V. Lenin gumashtalari Buxoroga, Turkistonga yuborildi. Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon Arkni tark etib, Afg‘on yurtiga o‘tib (1921 yil fevralida) ketganidan keyin amirdan qolgan juda katta xazina eshelonga ortilib, Moskvaga olib ketildi. Eshelonga yuklangan oltin-kumushlar, qorako‘l teri va qimmatbaho buyumlar, boyliklar xorijdan parovoz, vagonlar sotib olishda, xo‘jalik vayronaliklarini tiklashda qo‘l keldi. Markazga tashib ketilgan bu boyliklar miqdori hamon sir tutilmoqda.
Sovet hukumati og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgan NEP - yangi iqtisodiy siyosat davrida jamoat arbobi Fayzulla Xo‘jaev tashabbusi bilan Buxorodan Toshkentga temir yo‘l sostavi yuboriladi. Buxoro hukmdori amir Olimxon Frunze, Kuybishev boshliq bolsheviklar hujumidan qochib yurtnni tark etgandan keyin 1921 yilda amir xazinasidagi katta boylik ana shu eshelonda Toshkent orqali Moskvaga olib ketiladi. Bu bebaho boylik o‘lkadagi xarobalik, ocharchilikka qarshi kurashda katta yordam beradi (Qarang: Fayzulla Xo‘jaev, Tanlangan asarlar, 1-jild, «Fan» nashriyoti, 1976, 40-bet). Fayzulla Xo‘jaevning uzoq vaqt Sibir surgunlari azobini tortgan yolg‘iz qizi Viloyat Xo‘jaeva
1984 yil 15 iyunda kamina bilan qilgan suhbatda hikoya qilishicha, F. Xo‘jaevning otasi Qosimxo‘ja o‘g‘li Ubaydulla Xo‘jadan, amakisi Latif Xo‘jadan qolgan katta boylik uning vorislariga vafo qilmagan. Amir Olimxon 1917 yil mart oyida jadidlar - yosh buxoroliklar bilan to‘qnashuv vaqtida va 1918 yilda F. Kolesov boshchiligidagi bolsheviklarning Buxoroga hujumi paytida Fayzulla Xo‘jaevning uyini tintuv qildirib, uning barcha boyliklarini amaldorlari, ruhoniylariga talon-toroj ettiradi. Amirga qarshi bosh ko‘targan
Fayzulla Xo‘jaevning o‘zi esa quvg‘in qilinadi. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Buxoroda Fayzulla Xo‘jaev oilasidan tashqari Muhiddin Maqsudov, Ubaydulla Xo‘ja
Qosimov, Latif Xo‘ja, Jo‘rabek Arabov, Narzullobek Yoqubov, Azizov kabi o‘nlab yirik boy savdogarlar bo‘lgan. Ishonchli hujjatlarda (MDA--F-R, 46. 1-ro‘yxat, 122-delo, 2varaq) yozilishicha, Buxoro xalq inqilobi g‘alabasidan keyin Fayzulla Xo‘jaevning uyi amir Said Olimxon ma'murlari tomonidan talon-toroj qilinib, butun boyligi xazinaga o‘tkazilgan. Otameros boyliklardan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914 yil pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulkni Fayzulla Xo‘jaev Sovet huqumati ixtiyoriga topshirgan. Uning boyliklaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib bo‘lgan bolsheviklar mulk egasi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zini 1938 yil 15 martda otib o‘ldirdilar.
Inqilobdan avval Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman Qo‘qon xoni Xudoyorxonning qirqta aravadagi xazina boyliklarini tortib olib, o‘zini Orenburg turmasiga qamaganini eslang. Fayzulla Xo‘jaevning taqdiri ham shunga o‘xshash bo‘ldi.
Buxoro amirining bekliklardagi, jumladan, Chorjo‘ydagi maxsus xazinalarida saqlanayotgan boyliklari inqilobning dastlabki kunlaridanoq «Buxoro jumhuriyatini muhofaza qilish komissiyasi» ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu komissiya qo‘lida to‘plangan oltin, kumush, boshqa qimmatbaho metall za toshlar ko‘p o‘tmay bir necha vagonda Rossiyaga jo‘natiladi.
Buxoro amiri chet davlatlar bilan olib boriladigan savdo-sotiqdan keladigan daromadlarning katta qismini ham oltin va kumush tangalarga aylantirib, o‘z xazinasiga to‘plagan. Masalan, amirlikda har yili o‘rtacha 2 million donagacha qorako‘l teri chet ellarga sotilgan, shu savdodan keladigan daromadning 50-60 foizini oltin va kumush tangalar tashkil etgan.
Bundan tashqari asrimiz boshida Buxoro amirligi hududida oliy sifatli oltin qazib olinadigan maxsus konlar bo‘lib, ulardan olingan oliy sifatli oltin yombilar xazinadagi maxsus sanochlarda saqlangan. Xo‘sh, bu xazinalarning taqdiri nima bo‘ldi? Ularning kichik bir qismi amir Said Olimxon tomonidan chet ellarga yuborib turildi. «Qutulish» ro‘znomasining 1920 yil 2 iyul sonida e'lon qilingan «Fuqaroning molini sovurmanglar» sarlavhali maqolada shunday deyiladi: «...Janobi oliy Hindiston orqali Londonga 200 tuya qorako‘l teri yuborgan. Ushbu terilar bilan ma'lum miqdorda oltinlar, qimmatbaho narsalar yuboradi. Bu qimmatbaho mollar va oltinlarni To‘raqul dallol, Qora Mizrob Miroxo‘r, Qori Muhiddin, Qorovulbegilar Londonga olib ketadilar. Fuqaro molidan bo‘lgan bu narsalarny amir yurtidan qochirmoqda». Buxoro amiri o‘z xazinasidagi qimmatbaho narsalardan Mashhadga ham yuborib turgan. Masalan, 1920 yil iyul oyi boshlarida Said Olimxon bu yerga uch tuya oltin, 16 tuya kumush, 25 tuya qimmatbaho narsalarni yuboradi. Inqilob arafasida ilg‘or mahalliy ziyolilar Buxoro xazinasining chet elga yuborilishiga qarshi chiqqan edilar. Shunday kishilardan biri Abdulvohid Munzim «Qutulish» ro‘znomasida boeilgan maqolasida:
«Buxoroning oltin, kumush, qorako‘l terisi va shunga o‘xshash boyliklari chetga chiqarilmasin»,- deya talab qiladi («Fan va turmush», 1991, 10-son, 10-11 betlar). Yurt farzandlari F. Xo‘jaev, A. Fitrat ham xalq boyligini chetga chiqarishga qarshilik ko‘rsatadi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Gubarevich-Radobilskiy
«Ekonompcheskiy ocherk Buxari i Tunisa» (SPB. 1905) kitobida: «Amirlikning umumiy daromadi va xarajatlari 7 million so‘m bo‘lgan, shundan xazinaga 4 million so‘m tushgan»,- deb yozadi. S. Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» kitobida aytilishicha, amirlikning umumiy daromadi 1912 yilda 30 million so‘mni tashkil etgan.
Inqilobga qadar amirning 6 ming sarbozi uchun 1 million so‘m, ming nafar el navkarlari uchun taxminan yuz ming so‘m mablag‘ sarflangan. D. N. Logofetning «Buxarskoe xanstvo pod russkim protektoratom» (SPB. 1869.) kitobida yozilishicha, daromadlar 18 million so‘mni, xarajatlar esa, 2,5 million so‘mni tashkil etgan. Biroq Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda, 1869 yilda Buxoro amirligi xazinasida 7349,5 million so‘m bo‘lgan. Amir qushbegining ma'lumotiga ko‘ra esa, amirlikning yillik o‘rtacha daromadi 3 million 345 so‘mni tashkil etgan. Bu va boshqa biri ikkinchisiga zid ma'lumotlardan ayonki, Buxoro amirligi xazinasining muayyan hisob-kitobi saqlanmagan. Buxoro hukmdorligi xazinasidan biror-bir obodonchilik, maktab, suv chiqarish, maorif va sog‘likni saqlash ishiga mablag‘ ajratilganligi haqida ma'lumot yo‘q. O'z davrining ma'rifatparvar olimi Ahmad Donish Buxoroning suvsiz yerlariga kanal orqali Amudaryodan suv chiqarish uchun xazinadan mablag‘ ajratishni taklif etganida amir unga rad javobini qilgan. Mashhur yozuvchi va olim Abdurauf Fitrat «Hind sayyohining qissasi»da Buxoro hududida sog‘liqni saqlash, maorif ishlari ayanchli ahvolda ekanligini kuyunib yozib, Buxoro hukmdori xalqning xayrli ishlariga xazinadan mablag‘ ajratmaganidan afsuslanadi.
Ma'lumki, inqilobiy to‘ntarishdan ilgari chor Rossiyasi qaramligida bo‘lgan amirlik hududida rus banklari, savdo-sotiq tarmoqlari, Rus-Buxoro shirkatlari aktsiyadorlarining ta'siri kuchli edi. Rossiya hukumati Buxoro amirligini iqtisodiy tomondan yanada mahkamroq jilovlash maqsadida bu yerda qog‘oz pul chiqarishni talab qiladi. Biroq
Buxoroning so‘nggi hukmdori Said Olimxon ruslarning navbatdagi aldoviga uchmadi. U qog‘oz pul chiqarishga shoshilmadi. V. I. Lenin yo‘llagan M. Frunze, V. Kuybishev boshliq bolsheviklar 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroni harbiy kuch bilan bosib olib, vohada
Sovet tuzumi barpo etganlaridan keyingina qog‘oz pullar, zayomlar chiqarildi. Buxoro Xalq Qommissarlari Sovetining raisi Fayzulla Xo‘jaevning tashabbusi bilan 10 yilga (1923-1933) mo‘ljallangan 3 million so‘mlik tilla zayom chiqarildiki, xalq xo‘jaligini rivojlantirishda, xalq farovonligini oshirishda uning ahamiyati katta bo‘ldi.
Professor H. Sobirov Buxoro amirining oltinlari xususida shularni yozadi: «...Buxoro
Sho‘ro Respublikasnning og‘ir ahvoliga qaramasdan, RSFSR markaziy hukumati
buyrug‘i bilan tashib ketilgan oltinlar va boshqa boyliklar Buxoro Respublikasi ixtiyoriga qoldirilganda, uning 3 yil davomida ketma-ket tuzilgan davlat byudjetlari kamomadsiz yoki oz kamomadli bo‘lishi, maorif va sog‘liqni saqlash tadbirlarigagina emas, balkn uyg‘onayotgan milliy iqtisodiy poydevorni mustahkamlashga keskin ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin edi. Afsuski, bu mablag‘larga RSFSR hukumati egalik qilib, yosh respublika nmkoniyatlarini cheklab qo‘yadi». («O'zbekiston adabiyoti va san'ati», 1992, 44-son). Taassufki, tarixda bunday adolatsizliklar, zo‘ravonliklar har doim salbiy iz qoldirgan. Biz ham Buxoro amirligining oltinlari xususida foydali mulohazalar yuritgan tadqiqotchilar fikriga qo‘shilgan holda aytmoqchimizki, sovet davrida keyingi 74 yil ichida markazga tashib ketilgan bebaho oltinlar, behisob boyliklar taqdiri to‘g‘risida ham o‘ylashimiz kerakdir. Buxoro amiri Said Olimxon o‘zining «Buxoro xalqining xasratli tarixi» nomli (T., 1990) risolasida, «Amir Olimxon xotiralari» - «Xotiraxoi Amir Olimxon» (Dushanbe, «Adib», 1992) deb nomlangan kitobchasida Buxoroning tabiiy jo‘g‘rofiyasi, vohaning tabiiy boyliklari xususida shularni yozadi: «Tabiiy boyliklari - oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis, temir Buxoroda ko‘p miqdorda topiladi. Xususan. sharqiy qismlarida 1 ma'danlar, yer moyi borki, ular to shu mahalgacha ishlab chiqarilmagan tabiiy boyliklar ichida teri, jun, ko‘mir, gugurt, nashatir bor. Savdo-sotiq ishida teri, jun, shoyi, gilamlar mamlakatning tashqariga chiqadigan asosiy mollarini tashkil etadi. Buxoro mevalari dunyoga mashhurdir. Buxoro otlari, xususan, qorabayir zoti 1914 yilgi urushda ahamiyat qozonib, yaxshiligini isbotladi. Buxoro amiri qancha minglab otlarni Rossiya davlatiga berdi» (Amir Said Olimxon. «Buxoro xalqining xasratli tarixi. T., «Fan», 1990. 27-bet). Ko‘rinib turibdiki, Buxoro amiri saltanatining dovrug‘ini boy oltin, kumush, ma'dan konlari va boshqa yer osti qazilma boyliklari taratgan.
Buxoro Sozet Jumhuriyati 1920 yil 2 sentyabr inqilobidan keyin ilm-fanga, maorif, yoshlarni o‘qitishga jiddiy e'tibor berdi. Buxoroning iste'dodli siymolari Fayzulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulzohid Munzim (Burxonov), Qori yo‘ldosh Po‘latovlar buxorolik va turkistonlik yoshlarning Turkiya, Germaniyaga borib o‘qishlariga alohida ahamiyat beradilar. Fayzulla Xo‘jaev, Abdulvohid Munzim va Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan 50 dan ortiq buxorolix yosh 1921 yilda Olmoniyaga o‘qishga yuboriladi. Buxoro hukumati ularning 9-10 yillik o‘qish xarajatlari uchun olmon bankiga oltin hisobidan pul o‘tkazdiradi. Biroq, ming afsuski, 1924 yilda Buxoro Sho‘rolar hukumati tugatilgach, buxorolik talabalarning Olmoniyada Rus-Buxoro bankida saqlanayotgan puli Moskva ochqo‘zlari tomonidan tortib olinadi. Moddiy tomondan qiynalgan talabalarning bir qismi nochor ahvolda SSSRga qaytib keladi.
Xorijdan qaytgan talabalar «nemis josusi» va «antisovet millatchi», «xalq dushmani» sifatida qattiq jazolanadilar. Ular surgun va qamoqlarda shahid bo‘lishadi. Buni xorijda yashayotgan keksa vatandoshlarimiz, jumladan, taniqli olim va jamoat arbobi Vali Qayumxon shunday hikoya qiladi: «1924-1925 yillarda Moskva elchisi barchaning yurtga qaytishini buyuradi. Talabalar uchun bankka qo‘yilgan aqchalar va Buxoro tijorat vakolatini, barcha ashyo va sarmoyasini, Buxoro xukumatining uylarini tortib oladi
(«O'zbekiston adabiyoti va san'ati», 1922 iil 24 aprel). Xalq mulkiga ko‘z olaytirish, milliy boyliklarni zo‘rlik bilan tortib olish bilan suyagi qotgan bolshevistik tuzum hukmdorlari turli bahona va bo‘htonlar bilan qanchadan-qancha begunoh odamlarning yastig‘ini quritdi.
Amirlikning nufuzli amaldorlaridan tashqari xorijiy o‘lkalarning savdogarlari, amaldorlari, beklar tomonidan amirga qilingan tortiqlar, sovg‘a-salomlar amirlikning tashrifot xodimlari tomonidan qabul qilinib, amir xazinasiga joylashtirilardi. Sadriddin
Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» asarida yozilishicha, 1917 yil martda amirga qarshi islohot o‘tkazish davrida ham 1918 yilning bahorida F. Krlesov boshliq bosqinchi bolsheviklarning amir saltanatiga hujumi davrida ham, o‘rmonga o‘t ketsa, ho‘lu quruq barobar yonganidek, ming-minglab begunoh odamlar qoni to‘kilgan. Buxoro shahri va Buxoro amirligiga qarashli viloyat va tumanlarda ham mnng-minglab oddiy odamlar, badavlat savdogarlar, amaldor va boylar turli bahonalar bilan o‘ldirilib, ularning butun bor mol-mulki musodara qilingan. Fayzulla Xo‘jaevning uyi ham ayni shu paytda (1918-1919 yillarda) bir necha marta tintuv qilinib, barcha boyliklari olib ketilgan edi.
Frunze, Kuybishev boshliq bolsheviklar Buxoroda inqilobiy to‘ntarish uyushtirgan paytda (1920 yil kuzida) Buxoro amiri Said Olimxon oltin-kumush va boshqa boyliklarini o‘zi bilan chet elga olib ketganligi to‘g‘risida har xil fikrlar mavjud. Tarixchi olimlardan N. Yo‘ldoshev, N. Haydarov, S. Xolboevning maqolalarida ta'kidlanadiki, Amir Olimxon o‘zi bilan yuz aravada oltin va boshqa qimmatbaho boyliklarni olgan, shundan 25 aravasi G'ijduvon tumanidagi Eshonko‘prik yonida 3. Kujalo otyadi bilan bo‘lib o‘tgan jangda bolsheviklar qo‘liga o‘tadi. Qizil armiya bundan tashqari amirlikka qarshi inqilobiy yurishlari davomida Nurota, Xatirchi, Karmana bekliklarida saqlanayotgan 1013 pud oltin va kumush tangalarni, gavhar, yoqut hamda boshqa qimmatbaho metallarni musodara qiladi.
Chor Rossiyasi davrida, inqilobdan keyingi qizil bolsheviklar imperiyasi davrida (18401991) butun Turkiston mulki bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilib kelindi. ChK, GPU,
NKVD, KGB to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda, Amir Olimxon bolsheviklar hujumidan Buxoroni tashlab chiqib ketishi paytida xazinasidan 2000 karat brilliant va oltinni, jami 18 qop boyligini o‘zi bilan birga olib ketgan. («O'zbekiston adabiyoti va san'ati». 1992 yil 14 avgust).
«Tovar» nomli ishda bir haqiqat bor, - deb yozadi «Buxoro amirligining oltinlari» nomli maqola mualliflari.- O'rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish vaqti (1924yil)da mahalliy turkiy halq qo‘yni puch yong‘oqqa to‘ldiriladi - amirlik mulkiga merosxo‘r Buxoro Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyati tugatilmasdan ancha oldinroq, endi targ‘ibot, tashviqotishlari boshlangan bir paytda Moskvada markaziy sho‘ro hukumatining katta chinovniklari tomonidan xazina boyliklari haqida qaydnoma tuziladi, ushbu hujjatda Buxoro Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyatidan olingan oltin, kumush va har xil qimmatbaho osori-atiqalar Davlat xazinasi (Gosxran) tomonidan quyidagilar qabul qilib olingan va saqlangan. Bu yerda jami 9 ta qaydnomadagi ma'lumotlar umumlashtnrilgan holda keltiriladi:
1. 332-qaydnomada: oltin yombilar - 5 pudu 12 funt, jami oltin hisobida- 112233 so‘m 36 tiyin.
2 520-qaydnomada: oltin - 2 pudu 12 funt, jami 35 ming 687 so‘m 29 tiyin, oltin parchalari va oltin buyumlar - 4 pudu 15 funt, jami oltin hisobida - 46997 so‘m 16 tiyin, mardon - 34 funt (summasi aniq emas).

  1. 500 va 519-qaydnomalarda: kumush buyumlar - 224 pudu 01 funt, jami oltin hisobida - 61996 so‘m 77 tiyin.

  2. 519 va 520-qaydnomalarda: buyumlarga qadalgan qimmatbaho toshlar, jami oltin hisobida - 152831 so‘m 8 tiyin.

  3. 322-qaydnomada: rus oltin tangalari, jami 239693 so‘m 91 tiyin; Buxoro oltin tangalari 54 ming 331 so‘m 72 tiyin.

  4. 327 va ZZ1-qaydnomalarda: Buxoro tangalari - 199 pud 39 funt (narxi ko‘rsatilmagan) va boshqalar, yuqoridagilarning hammasi oltin pul hisobida 3 million 168 ming 172 so‘m 42 tiyinni tashkil etadi.- OF 243 sht, (29-bet).

Taniqli tarixchi olim Haydarbek Bobobekovning yozishicha, o‘sha qimmatchilik kezlarida bir pud un 95 tiyin, guruch 1 so‘m 20 tiyin, arpa 60 tiyin, uzum va turshak 3 so‘m 80 tiyin, yong‘oq 1 so‘m 70 tiyin, pista vz nok 35 tiyin, bodom 70 tiyin, bir bosh semiz qo‘y 2 so‘mgacha bo‘lgan. Yuqorida sanab o‘tilgan oltin, kumush, zeb-ziynatlar va mislsiz boyliklarning oltin pul hisobidagi bahosini shunga qiyos qilib bilib olaverish mumkin. Ularning qadr-qimmati o‘sha davrdayoq yuksak bo‘lgan, hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotgan emas. Bu o‘rinda yaqinroqda Buxoro amiri xazinasiga taalluqli yana bir yangi ma'lumot tarqalganligini aytib o‘tish mavridi keldi. «Trud» gazetasi 1992 yil 2 iyun sonida «Xazina topildi» sarlavhali xabar e'lon qildi. Qozog‘iston jumhuriyatining Almati shahrida chiqadigan «Osiyo» ro‘znomasi amir xazinasi to‘g‘risida shov-shuv bo‘ladigan yangilik bosib chiqardi.
Ro‘znomaning yozishicha, Frantsiya banklaridan birida 70 yildan ko‘proq vaqtdan beri Buxoro amirligining xazinasi saqlanayotgan ekan. Yevropada amir xazinasiga qiziqish susayish o‘rniga borgan sari kuchayib boryapti. Xazina bir qismining taqdiri annq: Afg‘onistonda muhtojlikda yurgan amir Sayid Olimxon 1928 yilda o‘sha vaqtda 180 million oltin frankda baholanadigan xazinasini qaytarishlarini so‘rab, Frantsnya hukumatiga murojaat etganida Parijdan: «Pullar faqat Buxoro xalqi talab etgan taqdirdagina qaytariladi», - degan annq va qisqa javob oladi. Bordi-yu, «Osiyo» gazetasining xabari haqiqat bo‘lsa, unda Buxoroning so‘nggi hukmdori Said Olimxonning bu boy oltin xazinasi endilikda Buxoro mehnatkashlariga nasib etmog‘i lozim. Shuni ham ta'kidlash lozimki, amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan oltinlar ichida amirning Frantsiya bankiga qo‘ygan 180 million tilla haqidagi ma'lumotni uchratmaymiz. Ayni vaqtda H. Uzoqov va S. Xolboevning Buxoro amirining oltinlari to‘g‘risidagi maqolasida ham bu to‘g‘rida hech narsa deyilmaydi. Shunday ekan, amirning Frantsiya bankiga qo‘ygan oltinlari xususidagi gap-so‘zlar izlanishni, chuqur tadqiqotni talab etadi. Yuqoridagi bayon yuzasidan haqli bir savol tug‘ilishi mumkin: Buxoro amirligi shunchalik behisob boylikni: oltnn, kumush, zeb-ziynatlar va qimmatbaho mol-mulkni qaerdan to‘pladi za qaysi bir oltin konidan qazib oldi ekan?
Gap mang‘it amirlarining so‘nggi sulolasi Said Olimxon ustida ketayotgan ekan, uning zamondoshlari Fayzulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Mustafo Cho‘qay, -Sadriddin Ayniy va Abdulvohid (Manzum) Burhonovlarning yozishlaricha, Said Olimxon ovrupocha savdo-sotiq yuritishda mohir tadbirkor va iqtisodchi tejamkor savdogar bo‘lgan. U o‘z muzofoti boyliklarini jahon bozoriga chiqarib, eng avvalo Rossiya o‘lkalari bilan ochiq savdo-sotiq ishlarini keng yo‘lga qo‘ygan ishbilarmon va tadbirkor hukmdor bo‘lgan. Fayzulla Xo‘jaevning ta'kidlashicha, Buxoro iqtisodiy jihatdan ozroq hunarmandchilik ishlab chiqarishiga va urushdan (1914 yilgi jahon urushi) oldingi vaqtda ancha rivojlangan savdo-sotiqqa ega bo‘lgan agrar-chorvachilik o‘lkasi edi. Buxoroda aholining 10 foizi savdo (asosan mayda va qisman yarimulgurji savdo-sotiq) bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lib, yigirmaga yaqin paxta tozalash zazodining asosiy maqsadi eksport qilinadigan paxtani tashish uchun o‘ng‘ayroq holga keltirishdan, ya'ni toylashdan iborat edi.
Amirlik iqtisodiy jihatdan o‘z xo‘jalik tizimining soddaligi va ravshanligi bilan yaxshi ajralib turgan. Buxorodan Rossiyaga qilinadigan eksport 88 foizni, import esa 90 foizni, 1850-1860 yillarda 30-40 ming dona qoraqo‘l terini tashkil etgan bo‘lsa, 1911 - 1914 yillarda 1,5 million dona qorako‘l teri eksport qilindi. F. Xo‘jaev xo‘jalik iqtisodiyotiga doir maqolalarida ko‘rsatishicha, Buxoro amiri va uning amaldorlari savdo-sotiq ishlariga yiliga 1 million so‘mga yakin qarz berib turganlar. Bulardan tashqari, Buxoroda ishlab turgan yettita xususiy bank eksport-import operatsiyalarini yiliga 40 million so‘mlik kredit bilan ta'minlab turgan (F. Xo‘jaev. Buxoro Xalq Respublikasining iqtisodiy ahvoli. «Buxoro turmushi» jurnali. Moskva, 1924 yil, 1-2-son, aprel-may).
Yangi Buxoro-Kogonda 1894 yilda ochilgan davlat banki 90 million so‘mlik sarmoyaga ega edi. Shundan keyin to 1917 yilgi inqilobiy to‘ntarishga qadar Kogonda Rus-Osiyo birlashgan banki, Moskva hisobidagi Azov-Don birlashgan xorijiy savdo banki, RusBuxoro banki, O'rtoqlik, Katta Yaroslav manufaktura savdo uyi za boshqa bank va savdosotiq tarmoqlari ishlab turgan. Shuningdek, Qogonda Shlosberg, Potelyaxoz Vadilni, Modviga Gabenek va Danila, Nikolaev manufaktura markazi, savdo uylari aholi xizmatida bo‘lgan. Buxoro inqilobiga qadar Rossiyaning Buxorodagi diplomatik vakillari Miller, Vvedenskiy, Shulga kabilar mahalliy boy va amaldorlardan katta pora olib, million-million pullari, zeb-ziynatlarini Rus-Buxoro banklarida saqlanganlar. Yozuvchi
S. Ayniy «Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar» nomli tarixiy asarida, «Esdaliklar» kitobida Qogondagi rus agentligi ish faoliyati to‘g‘risida yaxshigina ma'lumotlar keltirgan. Buxoro Xalq Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyati iqtisodiy, xo‘jalik va savdo-sotiq ishlariga katta ahamiyat bergan. Fayzulla Xo‘jaev 1923 yildayoq o‘n yilga rejalashtirilgan (1923-1933) oltin zayom chiqargan edi. Besh foizlik bu zayom 20-30-yillarda yengil sanoat, xalq xo‘jaligini rnvojlantirishda, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Fayzulla Xo‘jaev Buxoro amiri qo‘shni Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Angliya, Olmoniya mamlakatlari bilan keng ravishda savdo-sotiq ishlari olib borib, o‘z xazinasini boyitganligini shunday ifodalaydi: «Amir faqat davlat rahbari, islom dinining boshlig‘i bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga katta savdo-sanoat mulkiga ham ega edi. U xalq butunlay huquqsiz bo‘lib qolgan sharoitda o‘zining hokimi mutlaqlik mavqeidai ommani shafqatsiz ezishda keng foydalandi. Vazirlar va katta amaldorlar ham bu sohada undan qolishmasdilar.
Amir million-million so‘mlik mablag‘larni savdo sohasida temir yo‘l kompaniyalarida, rus va chet el firmalarining sanoat korxonalarida ishga soldi. Amir o‘z xususiy mulkini davlat va xazina mablag‘laridan hech qachon ajratgan emas. Mamlakatning butun boyligi amirning mulki, davlat xazinasi deb hisoblanar edi. U o‘zini xalqning mulkdori, doimiy hukmdori deb bilardi.
Amir o‘z shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalanib kelgan mablag‘lar naqadar katta bo‘lganligini faqat zeb-ziynatlarga, saroy xarajatlariga, rus amaldorlarini pora berib sotib olishga, Rossiyadagi podsho xonadoniga sovg‘a-salomlar yuborishga qilingan sarfxarajatlarni, shu bilan birga boshqa kirim-chiqimlarni podsho hukumatining Buxoro hukumati huzuridagi amaldori (Rossiyaning Buxorodagi agenti - M. H.) P.
Vvedenskiyning biz amir arxivlaridan topgan va unchalik to‘la bo‘lmagan hisobotidagi quyidagi ma'lumotlar ham ko‘rsatib turibdi. Bu hisobot amirlik ag‘darilmasdan bir necha oy muqaddam, 1920 yilning boshida amir hukumatining talabi bilan tuzilgan edi. Mana shu hisobotga qaraganda, Fayzulla Xo‘jaev yozganidek (uch tomlik tanlangan asarlariking 1-tomi), o‘sha vaqtda rus kapitalistlarining savdo va sanoat korxonalariga amir tomonidan berib qo‘yilgan mablag‘lari quyidagicha bo‘lgan (aynan ko'chirma).
Janobi oliylarining rus korxonalaridagi ishtiroki
I. Naqd kapital
1. Rus-Buxoro aktsiyasi jamiyatida:
a) Naqd paxtaning qimmati — 4608800 so‘m.

  1. Shuning o‘zi Rus-Osiyo aktsiyasi jamiyatida — 25000000 so‘m.

  2. Shuning o‘zi Buxoro bankida — 500000 so‘m.

  3. Shuning o‘zi ip yigirish korxonalarida — 30.000000 so‘m.

  4. Shuning o‘zi temir yo‘lda— 111250 so‘m. Jami: 3861250 so‘m.

II. Tovarlardan iborat kapital
1. Rus-Buxoro aktsiyadorlari jamiyatida:

  1. Mavjud paxtaning qimmati — 4008000 so‘m.

  2. Jun —361500 so‘m.

7. Ik mesh— 186000 so‘m.
g) Qorako‘l teri — 635000 so‘m.

  1. Saxtiyon — 184000 so‘m.

  2. Boshqa tovarlar va materiallar — 80000 so‘m. Jami: 62007500 so‘m.

Janobi oliylarining yarim ulushi ishtirokida — 303750 so‘m. 2 Rus-Osiyo paxtachilik jamiyatida:

  1. Mavjud paxta — 31180900 so‘m.

  2. Chigiti olinmagan paxta— 1144200 so‘m.

v) Urug‘lik — 3696355 so‘m.
g) Lint —245400 so‘m.

  1. Mato —72190 so‘m.

  2. Kop-qanor — 57:450 so‘m.

j) Sim — 237600 so‘m.
z) Kanop ip— 106000 so‘m.
i) Tola— 151511 so‘m.

  1. Urug‘lik — 318820 so‘m.

  2. Materiallar — 200000 so‘m.

Jami: 62295075 so‘m.
Janobi oliylarining yarim ishtiroki — 3145538 so‘m.
III. Umumiy yakun

  1. Naqd kapital — 38612500 so‘m.

  2. Aktsiyali ikki jamiyat. Janob oliylarining yarim ulushi ishtirokida — 62151288 so‘m.

ESLATMA: Rus-Buxoro aktsiyadorlar jamiyatn va Rus-Osiyo paxtachilik jamiyatining tovarlardan iborat sarmoyasi, banklarga to‘planadigan qarzlar va boshqa xarajatlar chiqarib tashlanmagan. Kapital uzil-kesnl ajratib olinganidagina bularni chiqarib tashlash mumkin.
IZOHNOMA:

  1. Janobi olinlarining Buxoro bankiga qo‘ygan sarmoyasi bo‘yicha belgilangan shartga binoan foiz to‘lanishi lozim.

  2. Ip yigirish korxonasiga qo‘yilgan sarmoya bo‘yicha kafolatlangan 7 foiz to‘lanishi yoki kamida 7 foiz dividend berilishi kerak.

  3. Buxoro temir yo‘liga qo‘yiltan sarmoya bo‘yicha dividend yoki kafolatlangan foizlar to‘lanishi kerak.

Mazkur jamiyatlar va korxonalardan tashqari rezidentlikda, sobiq viloyat ozuqa boshqarmasida va rus banklarida ham Buxoro hukumatining sarmoyalari bor.
1. 1910—1917 yilga qadar bo‘lgan vaqt ichida turli mansablar uchun Buxoro hukumatidan rezidentlikka tushgan mablag‘larning ro‘yxati ushbuga ilova qilinadi. Ko‘pgina hisob varaqlar bo‘yicha qaytarib berilishi kerak bo‘lgan qoldiqlar mavjud. 2. Sobiq viloyat ozuqa boshqarmasi hisobidagi kanitallar to‘g‘risida ushbuga ma’lumotkoma ilova qilinadi. 3. Buxoro sarmoyalari to‘g‘risida banklarning ro‘yxatlari ushbuga ilova qilinadi.
ESLATMA: Mirzo Mustafo Mirzaxurning sarmoyalari va mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar: Mirzo Mustafoning 1918 yili taqdim etilgan hujjatlari bo‘yicha uning Pyatigorskdagi va boshqa joylardagi rus banklariga qo‘ygan pullari bor.
Sobiq qushbegi Mirzo Nasrullobek tomonidan Rossiyaga yuborilgan oltin zaxirasi to‘g‘risida menda hech qanday ma’lumot yo‘q, Mirzo Nasrullobek davrida Buxoro hukumati bu mablag‘larining shirkatlari to‘g‘risida banklar bergan ma’lumotlar ushbuga ilova qilinadi. Bu ma’lumotlar Mirzo Nasrullobek mablag‘larining qaerga yuborib qo‘yilganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Yirik davlat arbobi Fayzulla Xo‘jaev ayni bir paytda Buxoroning ijtimoiy-siyosiy tarixini yaxshi bilgan va Buxoro tarixiga doir qator asarlar yozgan mohir muarrix olim edi: «Buxoro hukmdori Said Olimxon banklarda va tovarlar tariqasida saqlayotgan mablag‘lar 100 million so‘mdan ko‘proqdir. Vaholanki, bu hali hammasi emas, — deb yozadi Fayzulla Xo‘jaev o‘zining «Tarixiy yubiley» asarida. — Masalan, tovarlar tariqasida, asosan paxta va qorako‘l tariqasida katta mablag‘lar 1919 yilda, 1920 yilning boshida Angliyaga yuborilganligini va amirning frantsuz banklarida saqlab qo‘ygan mablag‘lari borligini bilamiz. Amir qochib ketayotganida kam deganda qariyb 10—15 million so‘mni o‘zi bilan olib ketdi».
Buxoro amiri Said Olimxon saltanati davrida amirlik xazinasidagi hadsiz boyliklar, million-million so‘mlik oltin-kumushlar xususida Fayzulla Xo‘jaevdan tashqari Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Abdulvohid Manzum kabi siymolar ham ko‘plab yozganlar. Ayniqsa, S. Ayniyning «Doxunda» romanida bu davrdagi hayot ajoyib badiiy talqinini topgan.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish