O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

Cifatsiz dori vositalari
- yaroqsiz holatga kelgan va /yoki yaroqlilik muddati o‘tgan dori 
vositalaridir.Bunda dori vositasining sifat tahlili natijasida bir-yoki bir nechta testlar bo‘yicha 
tasdiqlangan, standart talabiga javob bermaydigan dori vositasi nazarda tutiladi. 
Sifatsiz dori vositalari yorliqlarida ishlab chiqaruvchining nomi atayin yashirilmaydi. 
Tarkibni bilmagan holda o‘zgarishi, nostandart xom ashyoning qo‘llanilishi, texnologik jarayonni 
buzilishi, tashish va saqlash jarayonida talabga rioya qilmaslik dori vositalarining sifatsiz bo‘lishiga 
olib keladi. 
Farmatsevtika bozoriga qalbakilashtirilgan dori vositalarining kirib kelishi quyidagi salbiy 
holatlarga olib kelishi mumkin: 
1. Iste’molchi - bemor organizmiga zarurat tug‘ilib turgan holda tegishli farmakoterapevtik 
yordam ko‘rsatmasligi, ya’ni dori deb qabul qilingan vosita tarkibida ta’sir etuvchi moddalarni 
umuman yuqligi yoki etarli miqdorda bo‘lmasligi; 
2. YOrliqda ko‘rsatilgan dori moddasining o‘rniga boshqa ta’sir etuvchi modda bo‘lishi bemor 
organizmiga zararli va unga kerak bo‘lmagan biologik faol moddalarni kiritilishi; 
3. Xaqiqiy dori vositasi ishlab chiqaruvchi firma va dori vositasiga nisbatan iste’molchida 
ishonchsizlik uyg‘onishi; 
4. Ishlab chiqaruvchi firma va (yoki) davlat tashqilotlariga etkaziladigan iqtisodiy zarar.
Qalbakilashtirilgan dori vositalari: 
>o‘ramlari qalbaki yorliqlangan; 
>kontrobanda yuli bilan olib kirilgan; 
>zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yirik korxonalarda mahalliy sharoitda ishlab 
chiqarilgan; 
>kichik, amaldagi talablarga javob bermaydigan, dori vositalari ishlab chiqarishga yaroqsiz asbob-
uskunalarda, dori vositalari tayyorlashga mo‘ljallanmagan binolarda ishlab chiqarilgan; 
Dori vositasining noqonuniy nusxalari - O‘zbekiston Respublikasi patent qonunchiligiga rioya 
qilmasdan muomalaga kiritilgan dori vositalaridir. 
Jahon farmatsevtika bozorida muomalada juda ko‘p original va generik dori vositalari mavjud. 
Ularning ko‘p qismi Xalqaro patent tashkiloti yoki O‘zbekiston Respublikasi patent idorasidan 
texnologiyasiga, tarkibi va tovar belgisiga patent olmaganligi sababli patent egasi bilan litsenzion 
kelishuvsiz ishlab chiqarilishi va muomalaga kiritilishi mumkin emas. 
Odatda, dori vositalarining noqonuniy nusxalarida ishlab chiqaruvchi korxona yashirilmaydi. 
Sifatsiz dori vositalaridan farqli ravishda ular amaldagi standartlar talablariga to‘liq javob beradi, shu 
bilan birga ular patent egasi bilan kelishmagan holda tayyorlanganligi uchun noqonuniy hisoblanadi. 
YUqori texnologiyaga ega bo‘lgan qalbaki dori vositalarini faqat mutahassislargina asl nusxadan 
farqlay oladilar, chunki ular maxsus aniqlanadigan ayrim ko‘rsatkichlar bilan farqlanadilar. Bunday 
qalbaki dorilar dorixonalarda tez-tez uchrab turadi. 
Barcha dori vositalarini qalbakilashtirish holatlari “Dori-darmon” DAA tizimidagi nazorat-
analitik laboratoriyalarda, hamda Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh 
boshqarmasining sertifikatlashtirish idorasi tomonidan aniqlanadi. Qalbaki dori vositalarining asosiy 


108 
qismi respublikamizga xorijdan kirib keladi (Xindiston, Xitoy, Polsha va MDX davlatlaridan). 
“Pliva”, “Aventis”, “Ebeve”, “Novartis”, “Elay-Lilli” va boshqa xorijiy ishlab chiqaruvchi 
firmalarning qalbaki dori vositalari ham O‘zbekistonda aniqlangan. SHu bilan birga Rossiyaning 
“Biosintez” OAJ, “Krasfarma” OAJ, “Bioximik”OAJ, “Ay Si En Tomskiy ximfarmzavod” kabi ishlab 
chiqaruvchilari tomonidan ham. 
Agar ishlab chiqaruvchi zamonaviy asob- uskunalar bilan jihozlangan bo‘lsa u qalbaki dori 
vositalarini yorlig‘i va o‘rami bo‘yicha darhol aniqlab olishi mumkin. Buni mutahassis bo‘lgan xodim 
aniqlaydi. Boshqa xollarda esa sinchiklab laboratoriyalarda zamonaviy yuqori aniqlikka ega bo‘lgan 
usullar yordamida aniqlash talab etiladi. 
“SIFLOKS” (siprofloksatsin 250 mg, tabletka 
№10), “Eczacibaşi”, Turkiya, seriya S01
Farqi 
Original (asl) preparat 
Qalbaki preparat 
Firmaning logosi va 
nomi 
Eczacibaşi 
yozuv yo‘q: Logotipdan so‘ng 
“Sifloks”yozilgan
Ogoxlantiruvchi 
yozuvlar 
Ro‘yxatdan o‘tgan vaqti: 
Ro‘yxatdan o‘tgan №: 
Quruq salqin joyda salansin 
yozuv yo‘q: (“Sifloks”) 
preparat nomi bilan yozilgan 
firmaning logosi
SHtrix kod 
8.699502091207 
ishlab chiqaruvchi mamlakat 
shtrix koddagiga mos 
kelmaydi: 7699002091302 
Ro‘yxatdan o‘tgan va 
ishlab chiqarilgan 
Eczacibaşi Ilaç Sanayi ve Ticaret A. 
Ş. Küçükkaristiran 39780, Lüle-
burgaz, Türkiye 
O‘rniga: HR/DRUGS/673-OSP 
YOrliqdagi liniya rangi 
Qizg‘ish-jigar rang, fosfor-yashil 
Asliga mos kelmaydi:jigar 
rang, och yashil 
Nazorat № 
301711 (sidirg‘a yuzada avtomatik 
shtamp bilan yozilgan) 
S01 plenkagacha yozilgan. 
Ustida silliq qavat sezilib 
turibdi
CHiqqan vaqti 
01.2003 (sidirg‘a yuzada avtomatik 
shtamp bilan yozilgan) 
04.2003 plenkagacha yozilgan. 
Ustida silliq qavat sezilib 
turibdi 
Muddat 
01.2007 (sidirg‘a yuzada avtomatik 
shtamp bilan yozilgan) 
05.2006 plenkagacha yozilgan. 
Ustida silliq qavat sezilib 
turibdi 
Ishlatilishi bo‘yicha 
instruksiya 
O‘zbek tilida.Avtomatik fasovka 
qilingan. 
Ishlatilishi bo‘yicha instruksiya 
yo‘q 
Blister 
YAcheykalar mayda. Blisterning ikki 
tarafida preparatning ishlatilish 
muddati va chiqarilgan vaqti 
ko‘rsatilgan
YAcheykalar yirik. Blisterning 
bir tarafida preparatning 
ishlatilish muddati va nazorat 
№ ko‘rsatilgan 
O‘ramni ishlab 
chiqaruvchi 
O‘ram ochilganda uning seriya 
nomeri, nomi va telefon raqami 
ko‘rsatilgan 
Yo‘q 
Qalbakilashtirilgan dori vositalarini aniqlash bosqichlari: 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish