O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

Nazorat savollari: 
1.
Tabletka sifatiga qo‘yilgan talablar. 
2.
Kapsula sifatiga qo‘yilgan talablar. 
3.
In’eksion dori turlariga sifatiga qo‘yilgan talablar. 
4.
Ko‘z tomchilari sifatiga qo‘yilgan talablar. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
«Dori vositalari sifat standartlarining asosiy qoidalari» Tst-42-01-2002 
2.
Davlat farmakopeyasining amaldagi nashrlari 
3.
Me’yoriy hujjatlar nusxalari 
4.
O‘zR «Standartlash to‘g‘risidagi qonuni» 1993 yil 28 dekabr 
5.
O‘zR «Dori vositalari va farmatsevtik faoliyati haqidagi qonun» 1997 yil 25 aprel 


95 
6.
O‘zR farmatsevtika faoliyati 2003, 2001 yy, I-III t. 
7.
Kasakin I.Vnedrenie standartov GMP i ISO.Remedium.2003g. YAnvar-Fevral. 82-83s. 
8.
Pleteneva T.V. i dr. Znachenie nov
ыx mejdunarodnыx standartov v gosudarstvennыx sistemax 
upravleniya kachestvom lekarstvenn
ыx sredstv. Farmatsevtika jurnali, №3, 2003. 31-31b. 
9.
Arzamassev A.P. Osobennosti sistem
ы standartizatsii substansiy v usloviyax rыnochnoy 
ekonomiki. Remedium.2006g. Sentyabr 57-59s 
11-mavzu: Dori vositalari tahlilining biologik usullari. Vitaminlar, glikozidlar va antibiotiklar 
guruhiga kirgan dori vositalarning faolligini aniqlash usullari. 
Reja:
 
1.
Dori vositalarini biologik standartlash 
2.
Vitaminlarni biologik baholash usuli 
3.
Antibiotiklarning biologik tahlil usuli 
4.
Tarkibida yurak glikozidlarini saqlovchi dori moddalarining biologik tahlil usuli
5.
Insulinni biologik tahlil usuli 
6.
Sterillik, apirogenlik va zaharlilikni (toksichnost) aniqlash usullari 
 
Tayanch iboralar:
dori vositalarini biologik standartlash usullari, insulin, adrenalin, LED, KED. 
Biologik standartlash bu dori moddaning fiziologik ta’sirini tirik hayvonlarda standart 
moddalar bilan solishtirib aniqlashdir. Dori moddalar miqdorini kimyoviy yoki fizik - kimyoviy 
usullar yordamida aniqlab bo‘lmaganda biologik usullardan foydalaniladi. Biologik usulda dori 
moddaning sifati uning aktivligiga (faolligiga) qarab baholanadi. Biologik faollik o‘rganishda tirik 
butun organizmlar, ajratib olingan organlar, to‘qimalar kulturasi yoki alohida to‘qimalar ishlatiladi. 
Sinovlar laboratoriya hayvonlarida (qurbaqa, oq sichqon, kalamush, dengiz cho‘chqalari, quyonlar, 
mushuklar, itlar, kabutar va boshqalar ) o‘tkaziladi. Laborator hayvonlar yaxshilab tanlab olinishi 
kerak. CHunki ularning bergan reaksiyasiga qarab tekshiriluvchi dori moddaning faolligi sifat va 
miqdori baholanadi. Hayvonlar tanlab olinayotganda ularning og‘irligi, jinsi, yoshi va sog‘ligiga 
alohida e’tibor beriladi. Ular uchun bir vaqtda ovqatlanish rejasi tuzilgan bo‘lishi, ularni bir xil 
sharoitda va ma’lum bir vaqt davomida saqlash kerak. Sinovlar o‘tkazilayotgan vaqtda albatta 
tajribalar sharoiti bir xil bo‘lishi kerak. Ammo shu sharoitlarni qattiq reja asosida ushlab turilsa ham 
hayvonlarning sezgirligi o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishni har bir biologik sinovda ko‘zda tutish kerak. 
SHuning uchun biologik baholashda avval tekshiriluvchi preparatga hayvonning sezgirlik darajasini 
standart namuna bilan solishtirgan xolda aniqlash kerak. Standartlar deb har bir guruh preparatlarga 
ma’lum xususiy faollikka ega bo‘lgan, standartlash qo‘mitasi yoki farmakopiya qo‘mitasi tomonidan 
tasdiqlangan namunalarga aytiladi. Standartlar hayvonlar sezgirliginiig miqdoriy harakteristikasi 
uchun etalon hisoblanadi. Standartlardan foydalanib, ma’lum o‘lchash birligida hayvonlarning 
sezgirlik darajasini ifodalash mumkin. Ularning ta’sir kuchi bilan tekshiriluvchi dori moddalarning 
ta’sir kuchini taqqoslash mumkin. Standartlarning ishlatilishi ma’lum omillar ta’siri natijasida 
o‘zgarishi mumkin bo‘lgan hayvonlarning sezgirligini miqdoriy baholashga imkon beradi va bu 
o‘zgarishlarni hisobga olgan xolda tekshiriluvchi moddaning faolligini aniqlashda olingai natijalarni 
tuzatish mumkin. 
Standartlar sifatida ta’sir etuvchi moddalar aralashmasi yoki individual toza moddalar 
ishlatilishi mumkin: barglar kukuni, spirtli ekstraktlar, selanid, simarin, strofantin. 
Standart namunalar faolligi ta’sir birligida ifodalanadi – TB (ED). 1 TB - bu ma’lum 
miqdordagi standart namunaning hayvonda chaqiruvchi ma’lum ta’siridir.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish