O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

Nazorat savollari: 
1.
Standart namunalarning turlari. 
2.
Substansiyalarning farmakopeyaviy ko‘rsatkichlari; 
3.
Kapsula me’yoriy xujjatining tuzilishi 
4.
«Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat haqidagi qonun»
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
«Dori vositalari sifat standartlarining asosiy qoidalari» Tst-42-01-2002 
2.
Davlat farmakopeyasining amaldagi nashrlari 
3.
Me’yoriy hujjatlar nusxalari 
4.
O‘zR «Standartlash to‘g‘risidagi qonuni» 1993 yil 28 dekabr 
5.
O‘zR «Dori vositalari va farmatsevtik faoliyati haqidagi qonun» 1997 yil 25 aprel 
6.
O‘zR farmatsevtika faoliyati 2003, 2001 yy, I-III t. 
7.
Kasakin I.Vnedrenie standartov GMP i ISO.Remedium.2003g. YAnvar-Fevral. 82-83s. 
8.
Pleteneva T.V. i dr. Znachenie nov
ыx mejdunarodnыx standartov v gosudarstvennыx 
sistemax upravleniya kachestvom lekarstvenn
ыx sredstv. Farmatsevtika jurnali, №3, 2003. 
31-31b. 
9.
Arzamassev A.P. Osobennosti sistem
ы standartizatsii substansiy v usloviyax rыnochnoy 
ekonomiki. Remedium.2006g. Sentyabr 57-59s 
 
 
 
3-MAVZU: DORI VOSITALARINING SIFATINI NAZORAT QILISH VA 
STANDARTLASHDA METROLOGIK ISHLASHNING AHAMIYATI 
 
Reja: 
1.
Farmatsevtik tahlilda metrologik ishlashning qo‘llanilishi 
2.
Tahlil natijalarining to‘g‘riligi, xatoliklar, ularning turlari
3.
Olingan natijalarni interpolyasiyalash, ketma-ket tahlil sonini aniqlash. 
4.
DF talablari asosida mahsulot sifatini kafolatlash. 
Tayanch iboralar:
metrologiya, qo‘pol xatolik, ishonchlilik oralig‘i, standart chetlanish, 
nisbiy xatolik, Fisher mezoni, dispersiya.
Dori vositalarini sifati deyilganda asosan ularning inson hayotiga faolligi va 
bezararligi, chinligi, tozaligi va miqdori bo‘yicha talabga javob berishi ko‘zda tutiladi. 
Dori vositalarining sifatiga qo‘yilgan talablarning tabora oshib borishi, 
ularning sifatini nazorat qilishni takomillashib turishiga olib kelmoqda. Bunda asosan 
ikkita yo‘nalish bo‘yicha ushbu olib boriladi: 


17 
1) sifatni standartlash 
2) sifatni nazorat qilishni boshqarish 
Sifatni standartlash ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar uchun ularning dori 
moddalari va standartlarini ishlab chiqish (FM, VFM, TS, KST) ishlab chiqish va 
tayyorlash muammolarini o‘z ichiga oladi. Standartlashga shuningdek, sifatni nazorat qilish 
usullarini ishlab chiqish, tahlil natijalarini matematik ishlab chiqish va olingan ma’lumotlar 
bo‘yicha tahlil usullarini baxolash kabi vazifalar kiradi. Bunda quyidagi ko‘rsatmalarga alohida 
ahamiyat beriladi: 
1.Standartlanayotgan dori vositalarining ishonchlilik chegaralarini aniqlash va ularning 
shu shu preparatga etaloniga mos kelishi; 
2.Standartlanayotgan tahlil usuli natijalarini matematik ishlab chiqish uchun programma 
tuzish; 
3.Standartlanayotgan moddalar usun informatsion(ma’lumotlar) banklar tuzish; 
4. Sifatni aniqlashning optimal usullarini ishlab chiqish.
Ana shu ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda ko‘pincha matematik ishlash, matematik 
optimallashtirish va modellashtirish usullaridan foydalaniladi. 
Mahsulotning sifatini boshqarish quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: 
a) sifat ko‘rsatkichlar mexanizmini matematik baholash; 
b) xom ashyo sifatini tayyor mahsulot sifatiga ta’sirini matematik ta’riflash; 
v) texnologik jarayon bilan tayyor mahsulot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni 
aniqlash; 
g) retseptura va mahsulot sifati o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik modellashtirish; 
d) saqlash sharoiti va uning mahsulot sifatiga ta’siri. 
Laboratoriyada olib borilgan izlanishlardan olingan natijalarning sifati ko‘pgina 
omillarga 
bog‘liq, 
bo‘lar: 
reaktivlarning 
sifati; 
asbob-uskunalarning 
sifati; 
laborantlarning kvalifikatsiyasi; usulning sifati va x. k. 
Olingan natijalarning sifatiga ayniqsa ishlatilayotgan usulning ahamiyati katta. 
Ishlab chiqarishga taklif etilayotgan yangi, takomillashtirilgan analitik usullar 
quyidagi mezonlari bo‘yicha baholanadi: 
1)
usulning qaytariluvchanligi (vosprozvodimost) 
2)
usulning to‘g‘riligi (pravilnost) 
3)
usulning hususiyligi (spetsifichnost) 
4)
sezgirligi (chuvstvitelnost) 
5)
selektivligi; 
6)
o‘xshashligi; 
7)
xatoligi; 
8)
to‘g‘ri chiziqligi (lineynost) 
Tahlil natijalarini statistik ishlab chiqish usullari, talabalar «Dori vositalarining sifatini 
kafolatlash va standartlash» fanidan kurs ishlarini bajarishda, «Dori vositalarining zamonaviy 
tahlil usullari» fanini o‘zlashtirishda va malakaviy bitiruv ishining tajriba qismida olingan 
qiymatlarni baxolashda foydalanishlari mumkin. 
Farmatsevt - analitik o‘z faoliyati davomida tahlil uslubida ko‘rsatilgan ishlarni to‘g‘ri 
bajarish bilangina chegaralanib qolmasligi lozim. 
Tahlil jarayoni ma’lum bir mazmunga ega bo‘lishi uchun quyidagilar talab etiladi: 
1.
Har bir ayrim tahlil natijasini to‘g‘ri hisoblash va qayd etish. 
2.
Eng yaxshi natijani tanlab ola bilish. Ketma-ket bajarilgan tahlil natijalari bir-
biridan ma’lum bir qiymatga farq qilib, qaysidir keskin farqlanuvchi qiymatni 
hisobga olish yoki olmaslik muammosini hal eta olish. 
3.
Olingan natijalarni baholash va qiymatlarni statistik ishlab chiqish orqali xatolik 
qiymatini belgilansh 
4.
Tahlilning to‘g‘riligi va qaytaruvchanligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish va


18 
ularni matematik statistika jarayonida qo‘llay olish. 
Tahlil natijalarini statistik ishlab chiqish usullari, talabalar «Dori vositalarining sifatini 
kafolatlash va standartlash» fanidan kurs ishlarini bajarishda, «Dori vositalarining zamonaviy 
tahlil usullari» fanini o‘zlashtirishda va malakaviy bitiruv ishining tajriba qismida olingan 
qiymatlarni baxolashda foydalanishlari mumkin. 
Farmatsevt - analitik o‘z faoliyati davomida tahlil uslubida ko‘rsatilgan ishlarni to‘g‘ri 
bajarish bilangina chegaralanib qolmasligi lozim. 
Tahlil jarayoni ma’lum bir mazmunga ega bo‘lishi uchun quyidagilar talab etiladi: 
5.
Har bir ayrim tahlil natijasini to‘g‘ri hisoblash va qayd etish. 
6.
Eng yaxshi natijani tanlab ola bilish. Ketma-ket bajarilgan tahlil natijalari bir-
biridan ma’lum bir qiymatga farq qilib, qaysidir keskin farqlanuvchi qiymatni 
hisobga olish yoki olmaslik muammosini hal eta olish. 
7.
Olingan natijalarni baholash va qiymatlarni statistik ishlab chiqish orqali xatolik 
qiymatini belgilansh 
8.
Tahlilning to‘g‘riligi va qaytaruvchanligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish va
ularni matematik statistika jarayonida qo‘llay olish. 
Miqdoriy tahlilda ishlatiladigan asosiy tushunchalar 
Aniqlashning (o‘lchash) aniqligi (tochnost), bu aniqlanayotgan kattalik qiymatiga 
olingan natijalarning yaqinligi. 
Natijalarning o‘xshashligi bu bir xil sharoitda olingan natijalarning bir-biriga 
yaqin bo‘lishidir. Masalan, bunga instrumental usullar yordamida olingan parallel 
natijalar; bir xil seriyali dori moddalarni kimyoviy tahlil qilingandagi olingan 
natijalar kiradi. 
O‘lchov natijalarining qaytaruvchanligi – turli sharoit va joyda olingan 
natijalarning bir-biriga yaqinligi. O‘lchov natijalarining qaytaruvchanligiga turli 
omillar ta’sir ko‘rsatadi: aniqlashning qisqa vaqt ichida olib borilishi, namlik,
harorat, reaktivlarning tozaligi. Tahlilning qaytaruvchanligi olingan qiymatlarni bir-
biriga mosligi bilan aniqlanib, u olingan qiymatlarning o‘rtacha arifmetik qiymatdan qay 
darajada farqlanishiga bog‘liq. Agar tahliliing qaytaruvchanligi bo‘lsa olingan natijalarning 
ma’lum darajada to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, lekin tahlilling to‘g‘riligi etarli 
bo‘lmagan xollarda ham qaytaruvchanlik yaxshi bo‘lishi mumkin. Dori vositasining sifatiga 
bir marta olingan qiymat bo‘yicha baho borish umuman mumkin emas, chunki olingan 
qiymat hali tekshirib ko‘rilmagan va qay darajada qaytaruvchanlikka erishilishi noma’lum 
bo‘ladi. 
Tahlilning ishonarliligi tushunchasi uniig qay darajada qaytaruvchanligiga qarab 
belgilanadi: 
Tahlilning qaytaruvchanligi olingan qiymatlarni bir-biriga mosligi bilan aniqlanib, u 
olingan qiymatlarning o‘rtacha arifmetik qiymatdan qay darajada farqlanishiga bog‘liq. 
Agar tahliliing qaytaruvchanligi bo‘lsa olingan natijalarning ma’lum darajada to‘g‘riligiga 
ishonch hosil qilinadi, lekin tahlilling to‘g‘riligi etarli bo‘lmagan xollarda ham 
qaytaruvchanlik yaxshi bo‘lishi mumkin. Dori vositasining sifatiga bir marta olingan 
qiymat bo‘yicha baho borish umuman mumkin emas, chunki olingan qiymat hali tekshirib 
ko‘rilmagan va qay darajada qaytaruvchanlikka erishilishi noma’lum bo‘ladi. 
Tahlilning ishonarliligi tushunchasi uniig qay darajada qaytaruvchanligiga qarab 
belgilanadi. 
Tahlilning to‘g‘riligi deganda ayrim olingan qiymatlar ( X
1
) yoki o‘rtacha arifmetik qiymat
(

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish