Bog'liq Носиров Н Н Курс иши Менежмент 2 курслар учун1 u 1111
4.Korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishda millat mentalitetining o’rni. Korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ichida millat mentaliteti muhim ahamiyatga egadir.Millat mentalitetini tashkil etuvchi elementlar(bilim salohiyati,ilmiy tafakkur,ijtimoiy muhit,qadriyatlar,an’analar,madaniyat,siyosiy muhit,huquqiy ong va hokazo)iqtisodiy tizim va uni boshqarishga bevosita bog’liq omillar majmui hisoblanadi.Millat mentaliteti millatning shakllanish tarixi,uning qadriyatlari va bilim salohiyati kabilar asosida vujudga kelishi hech birimizga sir emas.Bunda millat mavjud bo’lgan jamiyatning shakllanish va rivojlanish tarixi ham muhimdir.19-asr oxiri 20-asr boshlariga kelib O’zbekiston hududida 10ga yaqin aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi.Rossiya va Yevropaning ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari sho’ba korxonalari ochildi.Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini ushbu islohotlar ta’sirida bo’luvchi jamoatchilikka tushuntirish ishlarida ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilayotganini aytib o’tishni joiz deb topdim.Jumladan,ommaviy axborot vositalarida korporativ boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etish xalq faravonligiga qanchalik ijobiy ta’sir etishi mumkinligi to’g’risida ko’rsatuvlar uyushtirishga dasturiy yondashuvni ishlab chiqish ayni muddao bo’lar edi.Bu rejamizga xulosa yasaydigan bo’lsak korporativ boshqaruv usulini joriy etishda eng avvalo ana shu muhit bilan yaqindan tanishib chiqish,har qanday mayda detallargacha o’rganib chiqish zarurdir.Aks holda bu yo’lga qo’yilmoqchi bo’lingan islohotlar o’z samarasini bermasligi ehtimoli keskin ortib ketishi mumkin.Korporativ boshqaruvni yo’lga qo’yish uchun shu millatda korporativ tamoyillarga asoslangan muhit shakllantirib olish birlamchi vazifalardan hisoblanadi.Yuqorida ta’kidlanib o’tilgan ishlar amalga oshirilgandan so’ng har qanday millat asosida korporativ boshqaruv tamoyillarini yo’lga qo’yish mumkin bo’ladi agar korporativ boshqaruvni ana shu millat uchun to’g’ri modeli tanlanadigan bo’lsa bu nur ustiga a’lo nur bo’ladi ya’ni o’sha millat uchun bu model erkin va farovon hayot tarzini kafolatlashi mumkin.Bizning ham oldimizda turgan asosiy vazifalar ham ana shulardan iboratdir va biz bunga tish tirnog’imiz bilan erishishga harakat qilamiz va o’ylaymizki o’z maqsadimizga maksimal ravishda erishamiz…
5.Korporativ birlashmalar va ularda korporativ boshqaruv mexanizmi.
Korporativ birlashish va qo’shib olishlar shuningdek korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun korporativ moliyaviy munosabatlarning va korporativ boshqaruvning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi.Bu borada har kuni butun dunyoda bir qator bitimlar tuziladi va tuziladigan bitimlar asosida ikki kompaniya yanada yirikroq kompaniya tashkil etish maqsadida o’zaro birlashadi.Bundan tashqari kompaniyalarni o’zaro birlashishi bilan bir qatorda ajralib chiqish yoki bo’linish protsessi ham amalga oshadi.Kompaniyalarning bo’linishi va ajralib chiqishidan asosiy maqsad bu foydani maksimallashtirishdan iboratdir.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotning bugungi bosqichida har qanday korporativ tuzilma o’z rivojlanish strategiyasini belgilashda o’z tashkiliy tuzilmasi doirasida rivojlanish yoki boshqa mustaqil iqtisodiy subyektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi.Bunda kompaniya menejerlari birlashishning kompaniya uchun kelajakda qay darajada foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqadi.Birlashish va qo’shib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad sifatida biznesga qo’shimcha elementlarni birlashtirish hisobiga kompaniyaning ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin.Murakkab iqtisodiy holatlarda qo’shib olish yoki birlashish dolzarbligi yanada ortadi.Moliyaviy barqaror bo’lgan kompaniyalar bozorda yanada raqobatbardosh bo’lish maqsadida nisbatan kuchsizroq bo’lgan kompaniyalarni o’ziga qo’shib oladi.Bu holat ikki tomon uchun ham manfaatli ahamiyat kasb etishi mumkin.Shuningdek moliyaviy teng darajaga ega bo’lgan kompaniyalar ham bozorda o’z ulushlarini yanada ko’paytirish maqsadida ham o’zaro birlashishlari mumkin.Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o’rnatsa va o’zini shu kompaniyani yangi ho’jayini deb e’lon qilsa,bu bitim qo’shib olish deb ataladi.Qo’shib olingan kompaniya faoliyatini tugatadi va uning barcha biznesi,tasarufidagi resurslar yangi kompaniyaga o’tadi.
Birlashishlar natijasida mavjud ikki yoki undan ortiq kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga keladi.
O’zaro bog’liqlikdan kelib chiqqan holda birlashishlar va qo’shib olishlar quyidagicha tasniflanadi:
-gorizontal birlashish yoki qo’shib olish
-vertikal qo’shib olish
-konglomerat qo’shib olish
Kompaniyalarni mamlakatga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qo’shib olish quyidagi ikki turga bo’linadi:
-milliy birlashishlar
-transmilliy birlashishlar
Yuqoridagilarga qo’shimcha sifatida aksariyat amalga oshiriladigan birlashish yoki qo’shib olishlarning asosida yangi mahsulot turini ishlab chiqarish,yangi texnologiyalarga kapital kiritishda tejamkorlikka erishish,hodimlar faoliyatini yuritishda harajatlarni qisqartirish orqali tejamkorlikka erishish imkoniyatlarini ham keltirish mumkin.
Kompaniyalar o’zaro birlashishlarini ham bir qator kamchiliklarini sanab o’tishimiz mumkin.Bular quyidagilardir:
-har ikkala kompaniya aksiyadorlarining roziligi talab qilinishi
-qo’shimcha moliyaviy harajatlarni talab qilinishi
-kompaniyani noto’g’ri baholash bilan bog’liq yuqori darajadagi risklar
-bitim imzolangandan so’ng hodimlar bilan bog’liq bir qator muammolarni yuzaga kelishi
-korporativ madaniyatni o’zaro bir-biriga mos kelmasligi va hokazolar.
Kompaniyalarni qo’shib olishni ikkinchi usuli naqd pul,aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlarga almashtirish yo’li bilan aksiyalar nazorat paketini qo’lga kiritish hisoblanadi.Bu jarayon ba’zida bir kompaniya rahbariyatining boshqa kompaniya aksiyadorlariga xususiy taklif bilan chiqishdan boshlanadi.Agar aksiyador taklifni qabul qilsa,u o’z aksiyalarini naqd pul yoki taklif shartlariga bog’liq ravishda boshqa aktivlarga almashish hisobiga qo’shib oluvchi kompaniyaga taqdim etadi.
Korporativ birlashmalarni tashkil etilishi keskin raqobat sharoitida yangi bozorlarga kirib borishda,ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishda,yangi loyihalarni o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ birlashmalar kompleks korporativ tuzilmalar deb ataladi.Kompleks korporativ tuzilmalarning eng asosiy turi sifatida xolding kompaniyalar faoliyati ko’zga tashlanadi.Xolding kompaniyalar boshqa kompaniyaning ovoz beruvchi aksiyalari yirik paketiga ega kompaniya hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda moliya-sanoat guruhlarining rivojlanish bosqichlari quyidagicha ta’riflanadi:
1-vujudga kelish
2-ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish
3-moliya-sanoat guruhlarini ichki bank bilan shakllantirish
4-ichki moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish
5-moliya sanoat guruhlarini rivojlangan moliya guruhi bilan shakllantirish va hokazolar.
Xoldinglar aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.Bunda xolding yuridik shaxs bo’lib ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirmaydi,lekin ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari nazorat paketiga egalik qiladi.Xoldinglarni sof xolding,ma’muriy xolding,moliyaviy xolding kabi turlari o’zaro farqlanadi.O’z navbatida xolding kompaniyasining o’zi ham boshqa xolding kompaniyaning tarkibiy qismi bo’lishi mumkin.Mamlakatimizda xoldinglar amaliyoti keng maromda qo’llaniladi va qo’llanib kelinmoqda va bu o’z samarasini berayotgani hech birimizga sir emas.
Bugungi kunga kelib korporativ birlashmalar faoliyatida tijorat banklaridan tashqari,sug’urta kompaniyalari,investitsiya fondlari ham muhim ahamiyat kasb etib borayotganini ham alohida ta’kidlab o’tish zarurdir.Ularning birlashmalar faoliyati jarayoniyadagi o’rni va mavqeyi yildan yilga ortib bormoqda deb ta’kidlasak hech ham mubolag’a bo’lmaydi.
Xulosa Men bu yozgan Kurs ishim davomida Korporativ boshqaruv usuli,uning nazariy asoslari,modellari va korporativ birlashmalari to’g’risida bilgan ma’lumotlarim bilan atroflicha o’rtoqlashishga harakat qildim va o’z maqsadimga erishdim deb o’ylayman,agarda bu ma’lumot oz bo’lsada sizning bilim ko’nikmalaringizni oshirishga xizmat qilgan bo’lsa,men bag’oyat xursandman.Korporativ boshqaruv usulining hozirgi kunda dolzarb ahamiyati,muhimlilik darajasi yanada ortib borayotgani meni shu mavzuni tanlashga undadi.Yurtimizda ham davlat mulkini xususiylashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani hech birimizga sir emas,zero davr zamon shuni talab etayotgan ekan(albatta samarali)bu ishni kechiktirmasdan amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi.Xususiylashtirish,qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish,korporativ boshqaruvni takomillashtirish,iqtisodiyot fanini rolini oshirish,davlat mulkini boshqarishning samarali tizimini yaratish va boshqalar oldimizda turgan eng katta vazifalardan biri hisoblanadi.Buning samarasini horij tajribasida barchamiz guvohi bo’lyapmiz.Bu yo’lda hukumatimiz tomonidan qator chora tadbirlar qo’llanilmoqda,bizdan talab qilinadigani iqtisodiyot fanini chuqur o’rgangan holda yurtimizda bu soha rivoji yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo’lishdan iboratdir.Men korporativ boshqaruv usulini to’la qo’llab quvvatlayman va uning rivoji yo’lida qo’limdan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishga tayyorman.Fikrimning yakunida shuni aytmoqchimanki bizlar ham kelgusida sport menejerlari bo’lib yetishamiz va men o’z oldimga sport klublaridan davlat ulushini xususiy sektorga yo’naltirish bo’yicha qator vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yganman.O’ylaymanki bu kurs ishim menga kelajakdagi faoliyatim davomida ham asqotadi va o’z foydasini beradi.Yevropa davlatlaridagi klublarni aksariyati davlat tasarufida emas va ularni qay darajada tez o’sib borayotganini o’z ko’zimiz bilan ko’rib turimiz.Agar biz bu vazifani bosqichma bosqich to’g’ri bajaradigan bo’lsak yaqin yillar ichida sportimizda keskin progressiv protsess jarayoniga guvoh bo’lishimiz ehtimoli juda yuqori va buni yaqin yillar ichida albatta amalga oshirishimizga ishonamiz.