O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Milliy Universiteti



Download 138,91 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2022
Hajmi138,91 Kb.
#462537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Носиров Н Н Курс иши Менежмент 2 курслар учун1 u 1111

II ASOSIY QISM
2.1. Korporativ boshqaruvning nazariy asoslari.
Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri bu korporativ boshqaruv tushunchasidir. Deyarli barcha mamlakatlar xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi-past qiymatda investitsiyalar jalb qilish,aksiyadorlarga to’lanadigan dividendlarni maksimallashtirish, kompaniyaning bozordagi ulushini oshirib borishdan iboratdir.Shuningdek umumiy nuqtayi nazardan korporativ boshqaruvning maqsadini korporativ tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning nazorati hamda istiqbolni belgilab berish sifatida ham ifodalash mumkin. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari quyidagilar:
-korporativ tuzilma faoliyatini nazorat qilib borish
-aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarni ta’minlash
-rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish yuzasidan nazorat o’rnatish va boshqalar.
Korporativ boshqaruv obyekti sifatida korporativ munosabatlar va korporativ mulk qaraladi. Korporativ tuzilmalar o’z faoliyati davomida turli subyektlar bilan munosabatlarga kirishadi. Korporativ boshqaruv subyektlari quyidagilar:
-aksiyadorlar ya’ni investorlar
-korporativ tuzilma menejerlari
-kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Umumiy holda munosabatlarga birinchi kirushuvchi aksiyadorlar hisoblanadi. Hozirgi kunda davlat,jismoniy va yuridik shaxslar aksiyadorlar bo’lishi mumkin.Ular mulkdor sifatida o’z kapitallarini aksiyadorlik jamiyatlariga kiritadilar va bundan albatta foyda kutishadi. Bundan tashqari asosiy jihat bu aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o’z zimmalarida qoldirishidir. Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatlarini umumiy boshqargan holda maxsus boshqaruvni menejerlarga shartnoma asosida yuklaydi. Natijada menejerlar ham korporativ munosabatlarga kirishadi va hodimlar faoliyatini o’z nazorati ostiga oladi.Hodimlar korporativ tuzilma bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ma’lum bir funksional vazifani bajaradi va tegishli tartibda ish haqini olgan holda moliyaviy munosabatlarga kirishadi.Agar hodim aksiyadorga aylanadigan bo’lsa,munosabatlar doirasi yanada kengaygan holda boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi.Korporativ tuzilmar shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatni tashkil qilish yoki kengaytirib boorish nuqtayi nazaridan turli moliyaviy tuzilmalar xususan fond birjalari,banklar,sug’urta kompaniyalari bilan ham munosabatga kirishadi.
Yana bir asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o’z asosiy faoliyatini oshirishi uchun hamkor tadbirkorlik tuzilmalari bilan yuzaga keladigan munosabatlardir.Ular ham korporativ tuzilma faoliyatidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda manfaatdor tomonga aylanadi va bilvosita bo’lsada korporativ boshqaruv jarayonida ma’lum holatlarda ishtirok etadi.
Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy e’tibor talab qiladigan masalalardan biri hisoblanadi.Bunda davlat tomonidan qo’yilayotgan atrof-muhit muhofazasi,bandikni qo’llab quvvatlash,ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategic qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi talab etiladi.Davlat bilan munosabatlarda soliq munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli ekanligi bilan ham xarakterli hisoblanadi.Yuqoridagilardan tashqari davlatning aksiyador sifatidagi faoliyati korporativ boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot dunyo miqyosida keng qo’llaniladi.
Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabatlar ishtirokchilari affilangan shaxslar deb ataladi.Bunda malum qarorlar affilangan shaxslar tomomidan qabul qilinadi.
Korporativ munosabatlarda quyidagi muammolar uchrashi mumkin:
-pul oqimini boshqarish
-foydani taqsimlash
-faoliyat yo’nalishlarini kengaytirish va boshqalar.
Korporativ boshqaruvda eng asosiy subyektlar shubhasiz mulkdorlar(aksiyanerlar) va menejerlardir.
Eng muammoli munosabatlar ham aynan aksiyanerlar va menejerlar o’rtasida yuzaga keladi.Menejerlar aksiyanerlarni agenti sifatida ish yuritadi.Bosh ijrochi director yoki bosh menejer jami menejerlar ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o’z bo’yniga oladi.Rahbarlik va javobgarlik yuqoridan pastga,hisobdorlik esa pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi.
Umumiy holda korporatsion boshqaruvning prinsiplari quyidagilardan iborat bo’ladi:
-qonuniylik
-adolatlilik
-hisobdorlik
-javobgarlik
-oshkoralik
-shaffoflik.
Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishning ahamiyatli jihatlari(korporativ tuzilma uchun):
-korporativ tuzilma nufuzini oshirib boorish
-arzon kapital jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish
-uzoq muddatli investitsiyalar jalb qilish imkoniyati
-strategik hamkorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yuritish
-xususiy kapitaldan samarali foydalanish
-boshqaruv tizimini takomillashtirish va hokazo.
Investorlar uchun ahamiyatli jihatlari:
-korporativ tuzilma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyati
-korporativ tuzilma boshqaruvining investorlar oldida hisobdorligi
-investitsion qarorlar qabul qilishda risklarni pasaytirish
-barcha investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash va hokazo.
O’zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining dastlabki bosqichlari 1990-yillarga to’g’ri keladi.Bu davrda davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog’liq turli yondashuvlar o’rganildi va O’zbekiston sharoitiga to’g’ri keladigan xususiylashtirish yo’llari ishlab chiqildi.Mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari shakllantirildi.1991-yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risisda”gi qonun qabul qilindi.Natijada xususiy mulkchilikka imkoniyat berilgan holda ayrim sohalar bo’yicha davlat mulkini xususiylashtirish amaliyoti boshlandi va bu amaliyot korporativ munosabatlarga ham yo’l ochib berdi hamda aksiyadorlik jamiyatlari,ma’suliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etila boshlandi.Shu tariqa yurtimizda korporativ boshqaruv amaliyotlari shakllandi va hozirgi kunga qadar o’z samarasini berib kelmoqda.Bizning asosiy maqsadimiz bu boshqaruv usulini yanada chuqurroq o’rganish va bu boshqaruv usuli yordamida kelajakda yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shishdan iboratdir.Chunki rivojlangan davlatlarni shu yo’sinda rivojlanishi ostida korporativ boshqaruv yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi.


Download 138,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish