O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Milliy Universiteti


Korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizmi



Download 138,91 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2022
Hajmi138,91 Kb.
#462537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Носиров Н Н Курс иши Менежмент 2 курслар учун1 u 1111

3.Korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizmi.
Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish maqsadida kompaniya:
-kuzatuv kengashi to’g’risidagi nizomda uning tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish talablarini aks ettiradi;
-kuzatuv kengashiga homiylik yoki beg’araz yordam ko’rsatish tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish huquqini faqat aksiyadorlarning umumiy yeg’ilishi va qonun hujjatlarida belgilangan doirada,bu haqida barcha aksiyadorlar uchun ma’lumotlarni oshkor etgan tarzda beradi;
-aksiyadorlar umumiy yeg’ilishi qaroriga asosan,har yili mustaqil professional tashkilotlar-maslahatchilarni jalb etgan holda biznes-jarayonlar va loyihalarning kompaniya rivojlanish maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan tahlil o’tkazadi;

-kompaniya tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yig’ilishlarida o’zining vakillarini kompaniya nomidan ovoz berish tartibini belgilaydi;


-kompaniya ijro organidan muntazam ravishda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ularning tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq bajarilgan ishlar va erishilgan ko’rsatkichlar to’g’risida hisobot talab etadi;
-kompaniya ichki nazorat organi va aksiyadorlar bilan o’zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Kompaniyada samarali ichki nazorat tizimi joriy etish uchun aksiyadorlarning umumiy yeg’ilishi “Ichki nazorat to’g’risidagi nizom”ni tasdiqlaydi.U quyidagilardan iborat bo’ladi:
-kompaniyaning ichki nazorat organi tarkibiga hamda uning a’zolari malakasiga talablar
-ichki nazorat tizimi to’g’risidagi hisobot tarkibi va uni shakllantirish reglamenti
-kompaniya ichki nazorat organi samaradorligini baholash uchun mustaqil professional tashkilotlar maslahatchilarini jalb qilish tartibi
-ichki nazorat organi ishini monitoring qilish mexanizmlari tavsifi,uning a’zolariga to’lanadigan kompensatsiya va mukofot pullarini hisoblash tartibi va hokazolar.
“Ichki nazorat to’g’risidagi nizom”kompaniya hodimlari,boshqaruv va nazorat organi a’zolari uchun rioya etilishi majburiy bo’lgan hujjat hisoblanadi.Kompaniya kuzatuv kengashi to’g’risidagi nizomga asosan kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam bo’lmagan mustaqil a’zo kiritadi.Quyidagilar kompaniya kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo’lishi mumkin:-so’nggi 5yil davomida kompaniya,sho’ba va affillangan korxonalarda ishlamagan shaxslar
-kompaniyaning aksiyadori bo’lmagan shaxslar
-kompaniya bilan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqqining 5barobari miqdoridan yuqori summaga tegishli shartnomaga ega bo’lgan yirik mijozlari yoki mahsulot yetkazib beruvchilari bo’lmagan shaxslar
-kompaniya bilan xizmat ko’rsatish yuzasidan shartnomaga ega bo’lmagan shaxslar
-kompaniya rahbari,a’zosi yoki oila azolari bo’lmagan shaxlar
-kompaniyani nazorat qiluvchi bo’lmagan shaxslar va hokazo.
Bizga ma’lumki,taftish kommisiyasi va ichki audit xizmati aksiaydorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning va ichki nazorat tizimining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.Ichki audit xizmatining vazifasi kompaniyada risklarni boshqarish hamda ichki nazorat tizimining samarali amalga oshirilayotganini mustaqil baholashdan iboratdir.Taftish komissiyasi milliy amaliyotda aksiyadorlar umumiy yig’ilishiga bo’ysunadi,xalqaro amaliyotda esa direktorlar kengashiga bo’ysungan holda holat yuzasidan maslahatlar berib boradi.Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlar korporativ boshqaruvda ichki nazoratni o’rnatish to’g’risida bo’ldi.Agar korporativ boshqaruvda ichki nazorat to’liq o’rnatilsa,bu albatta o’z samarasini bermay qolmaydi.Bizga ma’lumki korporativ boshqaruv ichki nazorat tizimida taftish komissiyasining o’rni ham kattadir.Quyida taftish komissiyasiga to’xtalib o’tamiz.
Taftish komissiyasi aksiyadorlik jamiyatlarining nazorat organi bo’lib,moliya-xo’jalik faoliyati ustidan nazoratni olib boradi.Bunda taftish komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yeg’ilishiga hisobdorligi sababli kuzatuv kengashi va ijroiya organi uning faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlarni moliya-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash,aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar kiritish hamda amalga oshirilgan tekshiruvlar asosida faoliyatni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish taftish komissiyasining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Taftish komissiyasi quyidagilarni amalga oshirishda vakolatli hisoblanadi:
-aksiyadorlik jamiyatining bir yillik faoliyati bo’yicha kompaniyaning moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha tekshiruvni amalga oshiradi
-bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo’yicha kompaniyaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko’ra hisobot va hulosa tuzadi
-moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha tekshiruv natijalarini kuzatuv kengashi va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi e’tiboriga yetkazadi
-aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi to’g’risida har chorakda xulosa tuzadi va shu kabi boshqalar.
Taftish komissiyasining son tarkibi aksiyadorlik jamiyati ustavi bilan belgilanadi va 3 kishidan iborat bo’ladi.Taftish komissiyasi a’zolari aksiyadorlar umumiy yeg’ilishi orqali 1 yil muddatga saylanadi.Taftish komissiyasi a’zolarini o’z vakolatlarini bajarmasliklari aksiyadorlar umumiy yeg’ilishida ko’rib chiqilishi va ularning vakolatlari muddatdan oldin to’xtatilishi mumkin.Ayni bir shaxs taftish komissiyasi tarkibiga ketma-ket 3marta saylanishi mumkin emas.Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o’zida kuzatuv kengashining a’zosi bo’lishi shuningdek shu aksiyadorlik jamiyatida mehnat shartnomasi bo’yicha ishlashi mumkin emas.
Taftish komissiyasining a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan o’z tarkibida taftish komissiyasi raisini saylaydi.Taftish komissiyasi raisi o’z faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:
-taftish komissiyasi ishini tashkil qiladi
-taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o’tkazadi
-taftish komissiyasi majlislari bayonnomasi va boshqa hujjatlarni imzolaydi
-taftish kengashi nomidan kuzatuv kengashi yeg’ilishlarida va umumiy aksiyadorlar yeg’ilishlarida ishtirok etadi
-ustav va nizomda ko’rsatilgan ishlarni va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi.
Taftish komissiyasi majlisi bir yilda kamida ikki marta kompaniyaning moliya-xo’jalik faoliyatni tekshirishda oldin va tekshirishdan keyin,zarur hollarda istalgan vaqtda o’tkaziladi.Taftish komissiyasi qarorlari ko’pchilik a’zolar bilan birgalikda qabul qilinadi.Taftish komissiyasi qarori taftish komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar aks ettiriladi:
-majlis o’tkazilgan sana,vaqt,joy
-majlisda ishtirok etgan taftish komissiyasining a’zolari ro’yhati
-ovoz berishga qo’yilgan masalalar,ular yuzasidan o’tkazilgan ovoz berish yakunlari
-taftish komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar.
Taftish komissiyasi a’zolarining majburiyatlari ham mavjud va ular quyidagilardan iborat sanaladi:
-o’z majburiyatini halol bajarish
-aksiyadorlik jamiyati manfaatlarini ko’zlab barcha harakatlarini amalga oshirish
-amaldagi qonunchilikka rioya qilish va bo’ysunish
-kompaniya faoliyatiga tegishli maxfiy axborotlarni oshkor qilmaslik va boshqalar shular jumlasidandir.
Taftish komissiyasi a’zolari aksiyadorlik jamiyatlari va ularning aksiyadorlarini manfaatlarini ko’zlab ish tutishlari zarurdir.Taftish komissiyasi a’zolari o’z majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmaganliklari uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Taftish komissiyasi a’zolariga aksiyadorlar umumiy yeg’ilishining qaroriga ko’ra ular o’z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to’lanishi va o’z vazifalarini bajarish bilan bog’liq harajatlarini o’rni qoplanishi ko’zda tutiladi.Taftish komissiyasi a’zolariga to’lanadigan haq va to’lovlarning miqdorlari kuzatuv kengashining tavsiyasiga ko’ra aksiyadorlar umumiy yeg’ilishi qarori bilan belgilanadi.
Ichki audit tizimi.Ichki audit tizimi jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.Audit tizimi vazifalari quyidagilardir:
-kuzatuv kengashini har tomonlama ishonchli axborot bilan ta’minlash
-ichki audit tizimida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish va ularni bartaraf etilishini nazorat qilish.
Ichki audit xizmati hodimlari ohirgi o’nyillikning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi,audit,moliya va soliq kabi sohalarda o’z faoliyatini ko’rsatgan bo’lishi talab etiladi.Ichki auditor xizmati hodimida auditor sertifikati bo’lishi shart.Ichki audit xizmati hodimlarining soni ikki nafar ichki auditordan iborat etib belgilanadi.Ichki audit xizmati hodimlariga ish haqqi aksiyadorlik jamiyati shtat jadvaliga asosan tayinlanadi.Ularni kasb darajalari doimiy nazorat ostida bo’ladi ya’ni vaqti-vaqti bilan sertifikatlashdan o’tkaziladi va yana bir yilda bir marotaba kuzatuv kengashi tomonidan attestatsiyadan o’tkazilib boriladi.Xodimlarning ishga tayinlanishi yoki undan ozod qilinishi kuzatuv kengashi tomonidan to’liq bajarilishi ta’minlanadi.Bundan ichki audit xizmatini to’g’ridan to’g’ri kuzatuv kengashiga bo’ysunishini ko’rishimiz mumkin.
Ichki audit xizmati tasdiqlangan biznes rejani bajarilishini,korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qlinishini,soliqlar va boshqa to’lovlarni hisoblab chiqilishini va to’lanishini va boshqa shu kabi vazifalarni ichki auditdan o’tkazadi.
Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etishi shuningdek umuman aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha chor- tadbirlarning o’z vaqtida va zarur darajada bajarilishi ustidan to’liq nazorat o’rnatishi kerak.
Ichki audit xizmati quyidagilarga javobgar hisoblanadi:
-o’tkazilgan tekshirishlar natijalari buzib ko’rsatilganligi
-taqdim etilgan yoki xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan ma’lum bo’lgan aksiyadorlik jamiyatining sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligiga
-olingan hujjatlarni saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi va hokazo.
Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish vamoliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi.Kuzatuv kengashi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari to’g’risidagi hisobotni eshitadi,aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko’radi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida direktorlar kengashi ichki audit xizmatidan quyidagi funksiyalarni bajarishni talab qiladi:
-biznes jarayoni va birlashgan nazorat tizimining davomli tahlilini yuritish
-nazorat tizimlarining ko’lami va samaradorligini baholash
-boshqaruv va moliyaviy faoliyatning ustidan doimiy nazoratni olib borish
-korporativ missiya,siyosat va vazifalardagi yutuqlarni baholash
-resurslardan samaraliroq foydalanish yo’llarini aniqlash
-kompaniya aktivlarining qiymati va mavjudligini tasdiqlash
-yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatoliklar yoki tovlamachiliklarga qarshi maxsus tekshirishlarni o’tkazish
-bitimlar va ularning ijrosini tahlil qilish
-bitimlar bo’yicha muammolarni aniqlash
-tashkilot qiymati va ish yuritish yoki etika kodekslari tahlilini chuqur o’tkazish va boshqalar.
O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha xodim tomonidan imzolanadigan hisobot tuziladi.Yig’ma hisobot tahliliy qismni,yakuniy qismni va tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak.Yig’ma hisobot tahliliy qismi ichki audit tizimi xodimi tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak.Hisobotning yakuniy qismi esa ijroiya organi,tarkibiy bo’linmalari,vakolatxona va filiallar faoliyatiga ,shuningdek aksiyadorlik jamiyatining likvidligiga umumiy bahoni,korporativ boshqaruvni takomillashtirishga doir umumlashirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi zarur.
Yig’ma hisobotlar bevosita Kuzatuv kengashiga uni ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etiladi.Hisobotlar nusxalari tasdiqlangandan keyin ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.Ijro etuvchi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishi shart.Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlar korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimi va uni yo’lga qo’yish mexanizmlari to’g’risida bo’ldi.Rejaga xulosa yasab shuni aytmoqchimanki Korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimini yo’lga qo’yish muhim aspektlardan biri hisoblanadi,agar u to’g’ri tashkillashtiriladigan bo’lsa kompaniya rivojida o’zining ajralmas hissasini qo’sha oladi.


Download 138,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish