O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Milliy Universiteti


Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va modellari



Download 138,91 Kb.
bet3/6
Sana25.02.2022
Hajmi138,91 Kb.
#462537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Носиров Н Н Курс иши Менежмент 2 курслар учун1 u 1111

2.Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va modellari.
Korporativ boshqaruv rivojlanib borgani sari bu boradagi tajribalar ko’lami ham ortib boradi.Ma’lum bir korporativ tuzilma ijobiy natijalarga erisha boshlasa undan boshqa korporatsiyalar andoza ola boshlaydi.Korporativ boshqaruv modeli quyidagi elementlarni yaxlit birligini o’zida aks ettiradi:
-korporativ nazorat mexanizmi;-qarorlar qabul qilish tartibi;-amaldagi moliya tizimi bilan bog’liq holda kompaniya ichki boshqaruviga kapital bozorining ta’siri;-korporativ qonunchilik;-aholining iqtisodiy taraqqiyot natijasida shakllangan iqtisodiy hulq-atvor me’yorlari.Korporativ boshqaruv modeli shakllanishiga mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining aniq shart sharoitlari,turmush tarzi,jamiyatdagi asosiy qadriyatlar,xo’jalik subyektlarini faoliyat yuritish qoidalari va me’yorlari bevosita ta’sir ko’rsatadi.Amerika,german va yapon modellari ichki boshqaruvning turli-tuman tuzilmalariga namuna sifatida asos hisoblanadi.Bu modellardan har biri agent va aksiyadorlik jamiyatlari o’rtasidagi munosabatlardagi muammolarga javobni,shuningdek korporativ tuzilma faoliyat samaradorligini baholashni o’zida aks ettiradi.Biror mamlakatda qo’llash uchun korporativ boshqaruv modellaridan birini aynan olish mumkin emas,chunki korporativ boshqaruv tuzilmasi har bir mamlakatdagi shart sharoitdan kelib chiqib rivojlanib borish xususiyatiga ega hisoblanadi.
Umumiy holda har bir korporativ boshqaruv modelining asosiy belgilari quyidagilardan iboratdir:-aksiyadorlik jamiyatining muhim ishtirokchilari;-model bo’yich aksiyalarga egalik qilish tarkibi;-moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati;-direktorlar kengashi tarkibi;-qonunchilik doirasi va hokazolar.
Amerika modeli qo’llaniladigan mamlakatlarda korporativ tuzilmalar kapitalining tarqoq ekanligi,ya’ni markazlashmaganligiga guvoh bo’lish mumkin.Amerika modelida aksiyadorlarni sarmoyadagi ulushi juda kam miqdorda bo’ladi hatto umumiy ulushning 1% gacha bo’lishi mumkin.Asosiy ulush sug’urta kompaniyalari,investitsion fondlar hisobiga to’g’ri keladi.Aksianerlarning foiz ulushidagi ko’rsatkichlarini juda kamligi ularning korporatsiyadagi nufuziga ham ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.Ularga faqatgina nizomlarga o’zgartirish kiritish,saylash,tayinlash kabi juda kichik imtiyozlar berilgan xolos va bu ularning faoliyat ko’lamini cheklab turadi.Invistetsion fondlar,sug’urta kompaniyalari amerika modelida asosiy rolni bajaradi va ularning kompaniyadagi o’rni beqiyos hisoblanadi.Amerika modelida ustuvor g’oya fuqarolarni katta boylikka ega bo’lishliklariga qaratiladi.
Mazkur modelda korporativ boshqaruv jarayoni unitar(bitta darajali) direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi.Kengash o’rtacha 12ta a’zo va bitta ham kengash a’zosi hisoblangan bosh boshqaruvchi(prezident)dan tashkil topadi.Ular tomonidan barcha asosiy qarorlar qabul qilinadi.Amerika qo’shma shtatlari qonunchiligi direktorlarning boshqaruv va kuzatuv funksiyalarini alohida ajratmaydi,lekin korporatsiya faoliyati bo’yicha javobgarlik aynan direktorlar kengashiga yuklatiladi.Funksiyalarning bo’linishi bo’yicha masala aksiyadorlar tomonidan hal qilinadi va mustaqil boshqaruvga yo’l qo’yilmaydi.Aqshda direktorlar kengashining asosiy majburiyati aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va ular kapitalining har tomonlama o’sishini ta’minlash hisoblanadi.Shuning uchun ham menejerlarni rag’batlantirishning asosiy shakli sifatida kompaniya aksiyalari bo’yicha optsiyalarni,ya’ni aksiyador bo’lish imkoniyati taqdim etish keng qo’llaniladi.
Korporativ siyosat va strategiya asosida direktorlar kengashi shakllantiriladi,kengash tomonidan mansabdor shaxslar huquq va majburiyatlari belgilab beriladi,moliyaviy nazorat,bosh direktor faoliyatini baholash,qonunchilik va korporativ etikaga rioya qilish amalga oshiriladi.Direktorlar kengashida ikki tipdagi qo’mita tashkil etiladi,bular:
-operatsion qo’mita va nazorat qo’mitalaridir.
Mazkur modelda direktorlar kengashi va ijrochi direktorlar vakolatlari qat’iy tartibda ajratilgan.Bu amaliyot birinchi marta Exxon Mobile korporatsiyasi tomonidan qo’llanilgan.
Amerika modelida korporativ tizim tomonidan amal qilinishi shart bo’lgan bir qator prinsiplar belgilangan bo’lib bular quyidagilardan iboratdir:
-Hisobdorlik(eng mhimlaridan biri)
-aksiyador bilan munosabatda shaffoflik
-barcha aksiyadorlar uchun adolatli bo’lish
-ovoz berishni aniq va haqqoniy amalga oshirilishi
-o’zaro munosabatlarda o’rnatilgan maxsus kodeksga qat’iy amal qilinishi
-strategik rejalashtirish va hokazo.
Investorlarning qisqa muddatli manfaatlarga ortiqcha darajada yo’naltirilganligi,aksiyalarni haqiqiy bahosidagi xatoliklar va boshqalar korporativ boshqaruvning Amerika modeli kamchiliklari sifatida keltiriladi.Axborot olish imkoniyati yuqoriligi,munosabatlardagi shaffoflik tufayli investorlarni qisqa muddatli manfaatlarga ortiqcha darajada yo’naltirilishi kuzatiladi.Keltirilgan jihatlar asosida mazkur model kamchiliklardan holi emasligiga yana bir bor guvoh bo’lish mumkin va bu kamchiliklarni bartaraf etish yo’lida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ham ayni haqiqat.
Korporativ boshqaruv Nemis modeli.
Bu modelda fuqarolarni iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash asosiy g’oyalardan biri hisoblanadi.Aksionerlar sarmoyasi yuridik shaxslar qo’lida bo’ladi.Kompaniya aksiyalar chiqarishga birlamchi manba sifatida qaramaydi.Ularning asosiy moliyalashtiruvchisi banklardir.Fond birjasini unchalik takomillashmaganiga yuqoridagi sabablar asosiy omillar bo’lib xizmat qiladi.
Korporativ boshqaruvning nemis modeli yana kontinental-yevropa modeli deb ham ataladi.Bu model korporatsiyalar o’rtasidagi munosabatlar barcha manfaatdor shaxslar-aksiyadorlar,moliyaviy tuzilmalar,xodimlar davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi xarakterlidir.Germaniyada aksiyadorlik kapital boshqa mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada markazlashgan.Bunda aksiyadorlik kapitaliga bir necha yirik yuridik shaxslar-banklar va korporatsiyalarning egalik qilishi kuzatiladi.Moliyaviy institutlar 70% gacha aksiyalarni nazorat qilish huquqiga egalik qila oladi.Tashqi aksiyadorlar va individual investorlarning roli minimal darajada.
Mazkur modelning yana bir qator boshqa xususiyatlari ham mavjud,bular quyidagilar:
-umumiy yig’ilishda aksiyadorlarni ovozlar soni chegaralanishi
-individual aksiyadorlar ulushi nihoyatda pas ekanligi
-xorijiy investorlarning faol ishtiroki
Korporativ boshqaruvning german modelida direktorlar kengashi ikki palatali bo’ladi:-mustaqil direktorlardan tashkil topgan kuzatuv kengashi;-menejerlardan iborat ijroiy organ.Ular o’rtasida funksiyalar,vakolatlar,javobgarlik aniq taqsimlanib belgilab qo’yilgan.Germaniyada direktorlar kengashining bosh maqsadi aksiyadorlarning alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish emas,balki umumiy holda korporatsiya raqobatbardoshligini oshirishdan iborat sanaladi.
German modelida quyidagi masalalar aksiyadorlar tomonidan ma’qullanishi talab etiladi:
-sof foydani taqsimlash
-katta miqdordagi xarajatlar to’g’risida qarorlar
-ustavga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
-menejerlarni rag’batlantirishni yuqori chegarasini oshirish
-birlashishlar,qayta tashkil etishlar va boshqalar
German modeli insayderlar,kompaniya menejerlarining samarali nazorati,yuqori barqarorlikka ega ichki va tashqi munosabatlar,bankrotlik riski nisbatan pasligi bilan ham tavsiflanadi.Shuning uchun kompaniyalarni uzoq muddatli rivojlantirish masalalariga ustuvor darajada e’tibor qaratiladi.Yana bir xususiyat bu mutaxassislar xususan menejerlar bilim va malakasiga juda yuqori darajada talablar qo’yilganligidir va bu eng muhim va kelajak uchun samarali faktorlardan biri bo’lib xizmat qilishi ehtimoliy darajasi ham yuqoridir(juda zarur va muhim talab).
Korporativ boshqaruvning yapon modeli.
Yaponiya modelida kompaniya aksiyalari katta banklar va moliya guruhlar nazorati ostida bo’ladi.Yaponiya modeli o’zida german va aqsh modellarini ayrim xususiyatlarini o’zida jamlagandir.Farq shundan iboratki yirik kompaniya aksiyalariga ega aksiyanerlar kompaniya boshqaruvida asosiy rolni bajara olishidir.Yana bir farq korporatsiya boshqaruvchilarini investorlardan ko’proq himoyalanganligidadir.Aqsh modeliga nisbatan yapon modelida asosan guruhda ishlashni afzal ko’rishadi.
Korporativ boshqaruvning yapon modeli ma’lum bir kesishma asosida aksiyalarga egalik qilish va nazoratga asoslangan.
Yaponiyada ham germaniyada kabi banklar yirik aksiyanerlar hisoblanadi va ularga moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida qaraladi.Banklar direktorlar kengashi orqali boshqaruvda ishtirok eta oladi.Ular korporatsiya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar asosida qo’llab-quvvatlaydi.Yaponiya iqtisodiyotida davlatning kuchli ta’siri mavjud bo’lsada,iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi yuqori emas.Bunda boshqaruvchanlik kuchi emas,balki yo’nalishni belgilab beruvchilik xususiyati yuzaga chiqadi.
Korporativ boshqaruv yaponiya modelidagi asosiy prinsiplar quyidagilardir:
-boshqaruv tizimining asosiy bank atrofida markazlashuvi
-boshqaruv tizimi tomonidan doimiy aloqalarni qo’llab-quvvatlanishi
-aksiyadorlar tomonidan direktorlar kengashini tayinlanishi
-mustaqil aksiyadorlar korporatsiya faoliyatiga ta’sir eta olmasligi
-axborotlar ochiqligiga qo’yilgan talablarni yuqori darajada emasligi va hokazolar.
Mazkur modelda o’zaro axborot almashinuvining yuqoriligi,muhim qarorlarni o’zaro kelishuv asosida qabul qilinishi,bahs va munozarali vaziyatlarni ichki tartibda hal qilinishi ajratib ko’rsatiladi.Korporativ boshqaruvning asosiy kamchiligi sifatida odatda raqobatni nisbatan chegaralanganligi,axborotni oshkor qilish borasida yuqori talablarni mavjud emasligi,boshqaruvni avloddan avlodga o’tishi keltiriladi.
Yana korporativ boshqaruvning oilaviy modeli ham mavjud va biz bunga ham qisqacha to’xtalib o’tishga qaror qildik.
Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli yoki oilaviy biznes guruhlar,dunyoning barcha mamlakatlarida amalda keng qo’llaniladi.Korporativ boshqaruvning bu modeliga Kanada,Shvetsiya,Fransiya kabi davlatlarda tez-tez duch kelish mumkin.Bunda yirik korporatsiyalarni boshqarish oila a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.Kapital oila a’zolari o’rtasida markazlashadi va taqsimlanadi,shuningdek biznes ustidan nazorat to’liq oilaga tegishli bo’ladi.Shuni aytish kerakki oilaviy modeli aqsh modeliga qarama-qarshi model hisoblanadi.Ya’ni oilaviy xolding kompaniyalar yaxlit firmalar tizimini nazorat qiladi.Investorlar qo’shimcha daromad olish maqsadida oilaviy kompaniyalarga investitsiya kiritishi mumkin lekin oilaviy guruh kompaniyalarining hech birida yuqori ovozga ega bo’la olmaydi.
Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli afzalliklari quyidagicha:
-biznes ustidan qat’iy nazorat
-risklar darajasi pasligi
-kapital yo’naltirish imkoniyatini yuqori ekanligi
-kompaniya barqarorligi yuqori darajasi va hokazolar.
O’z navbatida oila modelini qator kamchiliklari ham yo’q emas bular:
-biznesdan maqsad faqat oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iborat ekanligi
-kompaniyada yangiliklarga intiluvchanlikni pasligi
-biznes yuzasida axborot shaffofligini past darajadaligi va biznesga investitsiya kiritishning judayam murakkabligi va hokazolar.
Yuqorida korporativ boshqaruvning bir qator modellari to’g’risida batafsil to’xtalib o’tishga harakat qildik va korporativ boshqaruv modellari to’g’ri yo’lga qo’yilishi nechog’li foydali ekanligiga guvoh bo’ldik.


Download 138,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish