11-bob. SHifokorlarning javobgarligi va ularning faoliyati ustidan shikoyat qilish 59. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomasini noto’g’ri rasmiylashtirgan, asossiz bergan xodimlar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
60. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonun hujjatlari
talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik davolash-profilaktika muassasalari
rahbarlariga yuklatiladi.
61. Sog’liqni saqlash vazirligi barcha davolash profilaktika muassasalari
tomonidan mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonun hujjatlari
talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
62. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik
ma’lumotnomasini berish masalalari bo’yicha shikoyat qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan ko’rib chiqiladi.