7-bob. Sog’lig’i holatiga ko’ra boshqa ishga o’tkazish uchun mehnatga
layoqatsizlik varaqalari berish
43. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli mehnat
qobiliyatini vaqtincha yo’qotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda
boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo’lsa, unga vrachlik maslahat komissiyasi
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan
ikki oydan ortiq bo’lmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
44. CHernobilь AES halokatidan ziyon ko’rgan mehnat qobiliyatini
vaqtincha yo’qotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni
bajarish imkoniga ega bo’lsa, vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan bemorning
ish qobiliyati tiklangan yoki nogironlik belgilangan kungacha bo’lgan muddatga
mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |