O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari



Download 5,65 Mb.
bet27/188
Sana15.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#369610
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188
Bog'liq
УМК 2021-2022 укув йили

3. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.

Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990 yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi.

Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o‘rganildi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi. Sotsialistik O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zining mazmuni, ruhi bilan sobiq Ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O‘zbekistonni bu Ittifoqqa qo‘l-oyog‘i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Konstitutsiya g‘oyat darajada mafkuralashtirildi va siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo‘yildi.

Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi.

Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yil oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yil bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yil 26-sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi.

Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XII sessiyasida qabul qilindi.

Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘ldi. U „Mustaqillik deklaratsiyasi“, „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.

Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab ko‘rsatilgan.

Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb taqqoslab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan.

Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining o‘rni aniq bayon etib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘limda (50-modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon etilgan. SHu bilan birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura, Davlat Mudofaasi masalalari o‘z ifodasini topgan.

Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy Qonunimiz mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirish, xalqimizni huquqiy ma’naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o‘rin tutmoqda.

I.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus komissiya tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbe¬kistonning mustaqilligini ta’minlay olmaydigan, respublikaning „suveren“ ligi haqida quruq so‘zlar yozilgan, huquqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xohish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘plangan eng ilg‘or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib olinar edi. SHu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1—6- moddalarda O‘zbekiston — suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning „O‘zbekiston Respublikasi“ va „O‘zbekiston“ degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan.

Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil–xalq hokimiyatchiligidir. 7–14- moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan.

Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil–davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat–Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat–Prezident rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati–Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76-88- moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88–98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Vazirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlashtirilgan.

To‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil–bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqate’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15- moddasida „O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan.

Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil–xalqaro andazalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar–„Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’i nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.

Ettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlari¬ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy partiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluvchi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzilishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan.

Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil–O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17-moddasida: „O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi“, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.

To‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil–mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99-104- moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105- moddada: „SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan.

O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil–odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106-116-moddalarida O‘zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo‘la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.

O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida” qonun qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Mamlakat davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo‘lib qoldi.

Bayroqdagi moviy rang–mangu osmon va musaffo suv ramzidir. YAxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang SHarqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang–tinchlik va poklik timsolidir. YOsh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo‘llar–bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. YAshil rang–serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. YArim oy–O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. YArim oy va yulduzlar–musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi” to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.

Gerbning markazida tasvirlangan–qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi–baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng sahovatlisi, deb ta’riflagan. Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va bar¬qarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U „qutlug‘“ degan ma’noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri–davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi. Boshoqlar–rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari–serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining Davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilganligi–bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va „O‘zbekiston“ degan yozuv tilla rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviritushirilgan bo‘ladi. SHuningdek, gerb davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valutamiz – so‘mda ham Davlat gerbi o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.

Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.



Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish