Mavzuga oid tayanch iboralar.
Etilen qatori uglevodorodlari–molekulalarida bitta qo`shbo`g orqali
bog`langan uglerod atomlari mavjud bo`lgan uglevodorod.
Alkenlar (olefinlar)–etilen qatori uglevodorodlarning xalqaro (tarixiy)
nomi.
Sis–trans–izomeriya (
–diastereomeriya)–alkenlar molekulasi uchun xos
bo`lgan izomeriya turi.
Sis–izomer–bir xil o`rinbosarlar qo`shbog` tekisligining bir tomonida
joylashgan isomer.
Trans–izomer–bir xil o`rinbosarlar qo`shbog` tekisligining turli tomonida
joylashgan isomer.
sp
2
–gibridlanish–alkenlarda uchraydigan gibridlanish turi.
Etilen–C
2
H
4
–alkenlarning dastlabki vakili.
Biriktirib olish reaksiyalari–alkenlarning vodorod, galogenlar, vodorod
galogenidlar, suvni biriktirib oluvchi reaksiyalari.
Oksidlanish reaksiyalari–alkenlarning kislota va ishqorlar ishtirokida
KMnO
4
ning suvli yoki spirtli eritmasi bilan ta`sirlashishi.
Polimerlanish reaksiyalari–bir nechta alken molekulasining o`zaro birikib
bitta murakkab modda hosil qilish reaksiyasi.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Qanday turdagi uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlari deb ataladi,
ularning gomologik qatorini sanab bering.
2. Alkenlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi?
3. Laboratoriya sharoitida va sanoatda alkenlar qanday usullar bilan olinadi?
4. Alkenlar qanday turdagi fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
5. Xalq xo`jaligida alkenlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?
6. Etilen va 2, 3, 4–trimetilpenten–1 ning tuzilish formulasini yozib bering.
45
7. Buten–1 va penten–2 ga vodorod, vodorod xlorid va xlorlarning birikish
reaksiya tenglamalarini yozing.
8. Geksen va geptenning to`g`ri zanjirli izomerlari formulalarini yozing.
9. Markovnikov qoidasi bo`yicha propen, buten–1 va penten–1 larga vodorod
xlorid, vodorod bromid va vodorod yodidlarning birikish reaksiya tenglamalarini
yozing.
10. Vagner reaksiyasi bo`yicha propen, buten–2 va penten–3 larning oksidlanish
reaksiya tenglamalarini yozing.
11. Propen, buten–1, penten–2 va geksen–3 larning polimerlanish reaksiya
tenglamalarini yozing.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
46
Alkinlar gomologik qatori va nomlanishi. Atsetilen, uning xossalari.
Uchlamchi bog`lanish xossalari.
Reja.
1. Alkinlar gomologik qatori va nomlanishi;
2. Uchlamchi bog`lanish xossalarini;
3. Alkinlarning fizik–kimyoviy xossalarini;
4. Alkinlarning ishlatilish sohalarini.
Molekulalarida bir–biri bilan uch bog` orqali bog`langan uglerod atomlari
mavjud bo`lgan uglevodorodlar atsetilen qatori uglevodorodlari deyiladi.
Ularning xalqaro nomi alkinlar deb ataladi hamda umumiy C
n
H
2n–2
formula bilan
ifodalanadi.
Ularning
molekularida
vodorod
atomlari
soni
to`yingan
uglevodorodlardagiga va to`yinmagan etilen qatori uglevodorodlardagiga
qaraganda kam bo`ladi. Uch bog` bitta
-bog` va ikkita
-bog`dan tarkib topgan.
Alkinlarning molekulasi sp–gibridlanish holatida bo`ladi.
Gomologik qatori.
C
2
H
2
– etin, atsetilen
C
3
H
4
–
propin, metilatsetilen
C
4
H
6
–
butin, etilatsetilen
C
5
H
8
– pentin, propilatsetilen
C
6
H
10
–
geksin, butilatsetilen
C
7
H
12
–
geptin, pentilatsetilen
C
8
H
14
–
oktin, geksilatsetilen
C
9
H
16
–
nonin, geptilatsetilen
C
10
H
18
– detsin, oktilatsetilen
Tuzilishi,
nomenklaturasi
va
izomeriyasi.
Atsetilen
qatori
uglevodorodlarining dastlabki vakili atsetilen bo`lib, uning tuzilishi quyidagicha:
H–C
C–H atsetilen yoki etin
Ratsional nomenklatura bo`yicha alkinlar nomlanganda atsetilendan keyingi
gomologlarni atsetilenning hosilalari deb qaraladi. Atsetilen molekulasidagi
vodorod atomlari bilan o`rin almashgan radikallar nomiga atsetilen so`zi qo`shib
nomlanadi. Masalan:
H–C
C
CH
3
metilatsetilen
47
Xalqaro nomenklaturaga ko`ra atsetilen qatori uglevodorodlarining nomi
tegishli to`yingan uglevodorodlar nomidan oxirgi –an qo`shimchani –in
qo`shimchaga almashtirish yo`li bilan hosil qilinadi. Uch bog`ning o`rnini
ko`rsatish uchun uch bog`ga yaqin joylashgan uglerod atomidan boshlab
raqamlanadi va uch bog` tutgan uglerod atomining raqami ko`rsatiladi. Agar alkin
tarmoqlangan holatda bo`lsa, dastlab uch bog` tutgan asosiy zanjir topiladi, uch
bog`ga yaqin turgan uglerod atomidan boshlab raqamlanadi, radikal birikkan
uglerod atomi ko`rsatiladi, uch bog`ning o`rni ko`rsatilgan holda uzun zanjir
nomlanadi. Masalan:
HC
CH
CH
2
CH
3
butin–1 CH
3
–C
C
CH
3
butin–2
C H
3
C H
2
C
C
C H
C H
3
C H
3
2–metil–geksin–3
Olinish usullari. Atsetilen qatori uglevodorodlari laboratoriya sharoitida
quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Kalsiy karbidga suv ta`sir ettirish:
CaC
2
+ H
2
O
Ca(OH)
2
+ C
2
H
2
2. Uglevodorodlarning digalogenidli hosilalariga ishqorlarning spirtli
eritmasini ta`sir ettirish:
CH
3
–CHCl–CH
2
Cl + 2KOH
CH
3
–C
CH + 2KCl + 2H
2
O
Sanoatda esa quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Kalsiy karbidga suv ta`sir ettirish:
CaC
2
+ H
2
O
Ca(OH)
2
+ C
2
H
2
2. Metanni termik parchalash:
2CH
4
HC
CH + 3H
2
3. Uglevodorodlarning digalogenidli hosilalariga ishqorlarning spirtli
eritmasini ta`sir ettirish:
CH
3
–CHBr–CH
2
Br + 2NaOH
CH
3
–C
CH + 2NaBr + 2H
2
O
48
Fizikaviy xossalari. Atsetilen qatori uglevodorodlaridan C
2
H
2
dan C
5
H
8
gacha bo`lganlari oddiy sharoitda gazlar, C
6
H
10
dan C
15
H
28
gacha bo`lganlari
suyuqliklar, qolganlari esa qattiq moddalardir. Atsetilen–C
2
H
2
–rangsiz, salgina
efir hidli gaz.
Kimyoviy xossalari. Atsetilen qatori uglevodorodlari quyidagi kimyoviy
xossalarni namoyon qiladi:
1. Biriktirib olish reaksiyalari.
a) Vodorodni biriktirib olish jarayoni ikki bosqichda katalizator ishtirokida
amalga oshadi, birinchi bosqichda to`yinmagan etilen qatori uglevodorodlari,
ikkinchi bosqichda to`yingan metan qatori uglevodorodlari hosil bo`ladi:
HC
CH + H
2
CH
2
=CH
2
+ H
2
CH
3
CH
3
b) Galogenlarni biriktirib olish jarayoni ham ikki bosqichda amalga oshadi,
birinchi bosqichda digalogenli hosilalar, ikkinchi bosqichda tetragalogenli hosilalar
hosil bo`ladi:
HC
CH
2
+ Cl
2
CHCl=CHCl
CHCl
2
CHCl
2
c) Vodorod galogenidlarni biriktirib olish, bunda birinchi bosqichda
monogalogenli hosila, ikkinchi bosqichda digalogenli hosila hosil bo`ladi:
HC
CH + HBr
CH
2
=CHBr + HBr → CH
2
Br–CH
2
Br
CH
3
C
CH + HBr
CH
3
CBr=CH
2
+ HBr
CH
3
CBr
2
CH
3
d) Suvni biriktirib olish yoki Kucherov reaksiyasi, bu reaksiya natijasida
dastlab oraliq mahsulot (vinil spirti), so`ngra sirka aldegid hosil bo`ladi:
C
C
H
H
+
H O H
[ C H
2
= C H O H ]
C H
3
C
O
H
Kucherov reaksiyasi 1881 yilda M. G. Kucherov tomonidan kashf qilingan.
C H
3
C
O
H
+
H
2
C H
3
C H
2
O H
a )
+
H
O
C
C H
3
b )
O
C H
3
C
O H
O
49
2. Oksidlanish reaksiyalari.
a) Atsetilen qatori uglevodorodlari oson oksidlanganda dastlab dialdegid,
so`ngra ikki asosli karbon kislotalar hosil qiladi:
H
C
C
H + H
2
O + [O]
HOOC
COOH
b) Atsetilen qatori uglevodorodlarining molekulasi kuchliroq oksidlovchi
ta`sirida uch bog` tutgan joydan uziladi va parchalanadi:
H
C
C
H + 3H
2
O + 3[O]
[2H–C(OH)
3
]
2HCOOH + 2H
2
O
3. O`rin olish reaksiyalari. Molekuladagi uch bog` yonidagi vodorod
atomlari metallar bilan oson o`rin almashadi hamda metall atsetilenidlarni hosil
qiladi:
H
C
C
H + 2Na
Na
C
C
Na + H
2
H–C
C–H + 2AgOH
Ag–C
C–Ag + 2H
2
O
H–C
C–H + 2CuOH
Cu–C
C–Cu + 2H
2
O
4. Polimerlanish reaksiyalari.
a) Ikki molekula atsetilen NH
4
Cl va CuCl
2
ishtirokida dimerlanib
vinilatsetilen hosil bo`ladi:
H
C
C
H + H
C
C
H
CH
2
=CH–C
CH
b) N. D. Zelinskiy va B. A. Kazanskiy yuqori harorat va faollashgan ko`mir
ishtirokida uch molekula atsetilen o`zaro birikib benzol hosil qilishini aniqladilar:
3H
C
C
H
C
6
H
6
Ishlatilishi. Atsetilen kislorodda yonganda 3000
0
C gacha issiqlik beradi.
Uning bu xususiyatidan sanoatda, qurilishda va xalq xojaligining boshqa
tarmoqlarida metallarni va metall buyumlarni payvandlashda keng qo`llaniladi.
Atsetilen kimyo sanoatida asosiy xomashyo hisoblanadi, undan foydalanib
etil spirti, sirka kislota, allil spirti, glitserin, akrilonitril, vinilatsetat, lyuizit,
vinilatsetilen va boshqa moddalar olinadi. Akrilonitril va vinilatsetilen sintetik
tolalar va kauchuklarning asosiy xomashyosi hisoblanadi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Atsetilen qatori uglevodorodlari–molekulalarida bir–biri bilan uch bog`
orqali bog`langan uglerod atomlari mavjud bo`lgan uglevodorodlar.
50
Alkinlar–atsetilen qatori uglevodorodlarning xalqaro nomi.
sp–gibridlanish–atsetilen qatori uglevodorodlarga xos gibridlanish turi.
Atsetilen–C
2
H
2
–alkinlarning dastlabki vakili.
Biriktirib olish reaksiyalari–alkinlarning vodorod, galogenlar, vodorod
galogenidlar va suvni biriktirib oluvchi reaksiyalari.
Kucherov reaksiyasi–alkinlarning suvni biriktirib olish reaksiyasi.
Oksidlanish reaksiyalari–alkinlarning kislota yoki ishqorlar ta`sirida
boshqa moddalarga aylanish reaksiyalari.
O`rin olish reaksiyalari–molekuladagi uch bog` yonidagi vodorod atomlari
metallar bilan oson o`rin almashadigan reaksiya.
Polimerlanish reaksiyalari–ikkita yoki uchta atsetilen o`zaro birikib
boshqa modda hosil bo`ladigan reaksiyalar.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Qanday turdagi uglevodorodlar atsetilen qatori uglevodorodlari deb ataladi,
ularning gomologik qatorini sanab bering.
2. Alkinlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi?
3. Alkinlarda izomeriya qaysi moddadan boshlanadi?
4. Laboratoriya sharoitida va sanoatda alkinlar qanday usullar bilan olinadi?
5. Alkinlar qanday turdagi fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
6. Xalq xo`jaligida alkinlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?
7. Propin, butin–1, butin–2 larning tuzilish va elektron formulalarini yozib bering.
8. 2, 3, 4–trimetilpentin–1 ning tuzilish formulasini yozib bering.
9. Butin–2 va pentin–2 ga vodorod, vodorod xlorid va xlorlarning birikish reaksiya
tenglamalarini yozing.
10. Geksin va geptinning to`g`ri zanjirli izomerlari formulalarini yozing.
11. Markovnikov qoidasi bo`yicha propin, butin–1 va pentin–1 larga vodorod
xlorid, vodorod bromid va vodorod yodidlarning birikish reaksiya tenglamalarini
yozing.
12. Propin, butin–2 va pentin–3 larning oksidlanish reaksiya tenglamalarini yozing.
51
13. Propin, butin–1, pentin–2 va geksin–3 larning polimerlanish reaksiya
tenglamalarini yozing.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
52
Alkadiyenlar va ularning nomenklaturasi. Tabiiy va sintetik kauchuk.
Reja.
1. Alkadiyenlar va ularning turlarini;
2. Alkadiyenlarning izomeriyasi va nomenklaturasini;
3. Alkadiyenlarning olinishi va xossalarini;
4. Tabiiy va sintetik kauchuklarni.
Uglerod zanjirida ikkita qo`shbog` mavjud bo`ladigan uglevodorodlar diyen
qatori uglevodorodlari deb ataladi. Ularning xalqaro nomi alkadiyenlar, tarixiy
nomi esa diolefinlar deyiladi. Ularning tarkibi umumiy C
n
H
2n–2
formula bilan
ifodalanib, ular atsetilen qatori uglevodorodlariga izomerlardir.
Diyen qatori uglevodorodlari qo`shbog`larning joylashgan o`rniga qarab
quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Kumulyatsiyalangan yoki tutashgan diyen uglevodorodlar–bunday
diyen uglevodorodlarda ikkala qo`shbog` uchta uglerod atomi orqali birikkan
bo`ladi. Ularning birinchi vakili CH
2
=C=CH
2
–allen deb ataladi, shuning uchun
ular allen uglevodorodlar deb ham nomlanadi.
2. Konyugirlangan yoki oralatma qo`shbog`li diyen uglevodorodlar–
ularda ikkita qo`shbog` orasida bitta bir bog` joylashgan bo`ladi. Masalan:
CH
2
=CH–CH=CH
2
divinil yoki butadiyen–1,3.
3. Ajratilgan qo`shbog`li diyen uglevodorodlar–bu turdagi diyen
uglevodorodlarda ikkita qo`shbog` ikki yoki undan ortiq bir bog` bilan ajratilgan
bo`ladi. Masalan:
CH
2
=CH–CH
2
–CH
2
–CH=CH
2
geksadiyen–1,5.
Izomeriyasi va nomenklaturasi. Diyen qatori uglevodorodlarning
izomeriyasi qo`shbog`lar va tarmoqlangan radikallarning joylashgan o`rniga
bog`liq bo`ladi. Masalan:
CH
2
=C=CH–CH
3
CH
2
=CH
CH=CH
2
butadiyen–1,2 butadiyen–1,3
Ba`zi diyen uglevodorodlar tarixiy nomlar bilan ataladi. Masalan:
53
CH
2
=C=CH
2
allen, CH
2
=CH
CH=CH
2
eritren
Ratsional nomenklatura bo`yicha diyen uglevodorodlar nomlanganda etilen
qatori uglevodorodlari radikallari nomi oldiga –di qo`shimchasi qo`shiladi.
Masalan:
CH
2
=CH
CH=CH
2
divinil CH
2
=CH–CH
2
–CH
2
–CH=CH
2
diallil
Xalqaro nomenklaturaga ko`ra diyen qatori uglevodorodlarning nomi
to`yingan uglevodorodlar nomidan oxirgi –n harfini –diyen qo`shimchaga
almashtirisb hosil qilinadi. Agar zanjir tarmoqlangan holatda bo`lsa, ikkita
qo`shbog` tutgan asosiy zanjir topiladi, birikkan radikallar holati ko`rsatiladi,
qo`shbog`lar o`rni modda nomidan keyin ko`rsatiladi. Masalan:
CH
2
=CH
CH=CH
2
CH
2
=CH–CH
2
–CH
2
–CH=CH
2
butadiyen–1,3 geksadiyen–1,5
Olinish usullari. Diyen qatori uglevodorodlari asosan quyidagi usullar bilan
olinadi:
1. Etil spirt bug`larini katalizator ustidan o`tkazilganda (S. V. Lebedev
reaksiyasi) butadiyen–1,3 hosil bo`ladi:
2CH
3
CH
2
OH
CH
2
=CH
CH=CH
2
+ H
2
+ 2H
2
O
2. Sanoatda butadiyen butanni katalitik degidrogenlash usuli bilan olinadi:
CH
3
CH
2
CH
2
CH
3
CH
2
=CH
CH=CH
2
+ 2H
2
3. Izopentanni (2–metilbutanni) katalitik degidrogenlash yo`li bilan izopren
olinadi:
C H
3
C H
C H
2
C H
3
C H
3
C H
2
= C
C H
3
C H = C H
2
+
2 H
2
Fizikaviy xossalari. Divinil (butadiyen–1,3) oson suyuqlanadigan gaz va
izopren (2–metilbutadiyen–1,3) qaynash harorati past bo`lgan suyuqlik. Ayrim
diyen qatori uglevodorodlarning fizikaviy xossalari 4–jadvalda keltirilgan.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan kumulyatsiyalangan va
ajratilgan diyen uglevodorodlar to`yinmagan etilen qatori uglevodorodlarga
o`xshaydi.
54
1. Biriktirib olish reaksiyalari. a) Vodorodni biriktirib olish alkinlarga
o`xshash ikki bosqichda amalga oshadi, dastlab etilen qatori uglevodorodlari,
so`ngra metan qatori uglevodorodlari hosil bo`ladi:
CH
2
=C=CH
2
+ H
2
CH
3
CH=CH
2
+ H
2
CH
3
CH
2
–CH
3
b) Vodorod galogenidlarni birikishi ikki bosqichda amalga oshadi, dastlab
alkenlarning galogenli hosilalari, so`ngra alkanlarning digalogenli hosilalari hosil
bo`ladi:
CH
2
=C=CH
2
+ HCl
CH
3
CCl=CH
2
+ HCl
CH
3
CCl
2
CH
3
c) Galogenlarning birikishi ham ikki bosqichda amalga oshadi, dastlab
alkenlarning digalogenli hosilalari, so`ngra alkanlarning tetragalogenli hosilalari
hosil bo`ladi:
CH
2
=C=CH
2
+ Br
2
CH
2
Br
CBr=CH
2
+ Br
2
CH
2
Br
CHBr
2
CH
2
Br
Oralatma qo`shbog`li diyen uglevodorodlarning kimyoviy xossalari jihatidan
alkenlardan keskin farq qiladi. Birinchidan, ularning reaksiyaga kirishish qobiliyati
kuchli bo`lib, biriktirib olish reaksiyalari o`ziga xos tarzda boradi:
CH
2
=CH–CH=CH
2
+ H
2
CH
3
–CH=CH–CH
3
CH
2
=CH–CH=CH
2
+ HCl
CH
3
–CH=CH–CH
2
Cl
CH
2
=CH–CH=CH
2
+ HBr
CH
3
–CH=CH–CH
2
Br
CH
2
=CH–CH=CH
2
+ Cl
2
CH
2
Cl–CH=CH–CH
2
Cl
Do'stlaringiz bilan baham: |