Natriy benzoat C
6
H
5
–COONa shilliq pardalarga kuchli ta`sir ko`rsatmaydi.
Tibbiyotda natriy benzoat balg`am ko`chiruvchi, bod (revmatizm) kasalligini
davolovchi, kuchsiz siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari,
natriy benzoat tibbiyotda ishlatiladigan ba`zi–bir qo`shtuzlar (kofein bilan qo`sh
tuz) olishda qo`llaniladi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Aromatik
karbon
kislotalar–aromatik
uglevodorodlarning
benzol
halqasidagi bitta yoki ikkita vodorod atomi o`rnini karboksil guruhi almashinishi
natijasida hosil bo`ladigan karbon kislotalar.
Bir asosli aromatik karbon kislotalar–aromatik uglevodorodlar benzol
halqasidagi bitta vodorod atomi o`rnini karboksil guruhiga almashinishi natijasida
hosil bo`ladigan karbon kislotalar.
Benzoy kislota–121,5
0
C da suyuqlanadigan, oson sublimatlanadigan, hidsiz
kristall modda.
Natriy benzoat–tibbiyotda balg`am ko`chiruvchi, bod (revmatizm)
kasalligini davolovchi, kuchsiz siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladigan bir
asosli karbon kislota hosilasi.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Aromatik karbon kislotalar deb qanday turdagi karbon kislotalarga aytiladi, ular
karboksil guruhlar soniga qarab qanday turlarga ajratiladi?
2. Bir asosli aromatik karbon kislotalar deb qanday turdagi karbon kislotalarga
aytiladi, ular qanday izomeriya ko`rinishida mavjud bo`ladi?
3. Aromatik karbon kislotalar ratsional nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi?
4. Aromatik karbon kislotalar xalqaro nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi?
5. Bir asosli aromatik karbon kislotalar qanday usullar bilan olinadi?
177
6. Bir asosli aromatik karbon kislotalar qanday fizik–kimyoviy xossalarni
namoyon qiladi?
7. Benzoy, metilbenzoy, etilbenzoy kislotalarga natriy ishqori, etil spirti va xlor
ta`sir ettirilganda qanday mahsulotlar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
8. Benzoy, metilbenzoy, etilbenzoy kislotalarga nitrat kislota va sulfat kislota ta`sir
ettirilganda qanday mahsulotlar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
9. Benzoy kislota qanday usul bilan olinadi, xalq xo`jaligi va tibbiyotda qanday
maqsadlarda ishlatiladi?
10. Natriy benzoat qanday usul bilan olinadi, tibbiyotda qanday maqsadlarda
ishlatiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
36–Mavzu: Ikki asosli aromatik karbon kislotalar.
Reja:
1. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar tushunchasi, ularning izomeriyasi va
nomenklaturasini;
178
2. Ikki asosli aromatik karbon kislotalarning tabiatda uchrashi va olinish
usullarini;
3. Ikki asosli aromatik karbon kislotalarning fizik–kimyoviy xossalari va
ishlatilishini.
Yangi darsning bayoni.
Aromatik uglevodorodlar benzol halqasidagi ikkita vodorod atomi o`rnini
karboksil guruhiga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar ikki
asosli aromatik karbon kislotalar deb ataladi. Ularning umumiy formulasi
HOOC–R–COOH formula bilan ifodalanadi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Ikki asosli aromatik karbon kislotalarni
ratsional nomenklatura bo`yicha nomlashda almashingan guruhning holati va nomi
atalib, so`ngra ftal kislota so`zi qo`shib nomlanadi, masalan:
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
1,2–ftal kislota 1,3–ftal kislota 1,4–ftal kislota
Ikki asosli aromatik karbon kislotalarni xalqaro nomenklatura bo`yicha
nomlashda almashingan guruhning holati va nomi atalib, so`ngra ftal kislota so`zi
qo`shib nomlanadi, masalan:
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
o–ftal kislota m–ftal kislota p–ftal kislota
Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Ikki asosli aromatik karbon
kislotalar (ftal kislotalar) tabiatda o`simliklar smolalari tarkibida erkin holda va
murakkab efirlar ko`rinishida uchraydi.
Sanoatda ikki asosli aromatik karbon kislotalar quyidagi usullar bilan
olinadi.
1. Naftalinni oksidlash usuli:
179
H
2
O
+ 9 (O)
COOH
COOH
+
CO
2
+
2. Ksilol izomerlarini oksidlash usuli:
H
2
O
+
CH
3
CH
3
3O
2
+
COOH
COOH
2
Fizik–kimyoviy xossalari. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar kristall
moddalardir. Ular o`z suyuqlanish haroratlaridan yuqori haroratda qizdirilganda,
faqat ortoftal kislotadan bir molekula suv ajralib chiqadi va ftal angidrid hosil
bo`ladi.
COOH
COOH
O
CO
CO
+
H
2
O
Ftal angidrid sanoatda gliftal smolasi, fenolftalein, fluoressein, eozin va
boshqa moddalar olishda asosiy xomshyo bo`lib xizmat qiladi. Masalan,
fenolftalein ftal angidridga fenol ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi:
H
2
O
O H
O H
C O
C
O
2
O H
+
O
C O
C O
Fenolftalein eritma muhitini aniqlashda indikator sifatida va tibbiyotda
purgen nomi bilan surgi dori moddasi sifatida ishlatiladi.
o–ftal kislotaning dimetilefiri qishloq xo`jaligida repellent (cnivinlar va
boshqa hasharotlarni haydovchi) modda sifatida ishlatiladi.
Lavsan. Tereftal kislota etilenglikol bilan polikondensatlanish reaksiyasiga
kirishganda polietilentereftalat smola hosil bo`ladi. Uchbu smoladan tayyorlangan
poliefir tola olinadi, bu tola Rossiya va O`zbekistonda lavsan, AQSh da lakron,
Buyuk Britaniyada terilen deb ataladi.
nHOOC–C
6
H
4
–COOH + nHO–CH
2
–CH
2
–OH →
→ –CO–[–O–CH
2
–CH
2
–O–CO–C
6
H
4
–CO–]
n
–O–
Tabiiy tola bilan lavsan aralashmasidan g`ijimlanmaydigan material olinadi
va to`qimachilik sanoatida keng qo`llaniladi.
180
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Ikki asosli aromatik karbon kislotalar–aromatik uglevodorodlar benzol
halqasidagi ikkita vodorod atomi o`rnini karboksil guruhiga almashinishi natijasida
hosil bo`ladigan karbon kislotalar.
Ftal angidrid–sanoatda gliftal smolasi, fenolftalein, fluoressein, eozin va
boshqa moddalar olishda asosiy xomshyo bo`lib xizmat qiladigan ikki asosli
aromatik karbon kislota.
Fenolftalein–ftal angidrid hosilasi bo`lib, eritma muhitini aniqlashda
indikator sifatida va tibbiyotda purgen nomi bilan surgi dori moddasi sifatida
ishlatiladi.
o–ftal kislotaning dimetilefiri–qishloq xo`jaligida repellent (cnivinlar va
boshqa hasharotlarni haydovchi) modda sifatida ishlatiladigan efir.
Lavsan–tereftal kislota etilenglikol bilan polikondensatlanish reaksiyasiga
kirishganda hosil bo`ladigan sintetik mato.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar deb qanday turdagi karbon kislotalarga
aytiladi, ular qanday izomeriya ko`rinishida mavjud bo`ladi?
2. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar ratsional nomenklatura bo`yicha qanday
nomlanadi?
3. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar xalqaro nomenklatura bo`yicha qanday
nomlanadi?
4. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar qanday usullar bilan olinadi?
5. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar qanday fizik–kimyoviy xossalarni
namoyon qiladi?
6. Ftal kislota qizdirilganda qanday mahsulot hosil bo`ladi, reaksiya tenglamasini
yozing.
7. Ftal kislotaga fenol ta`sir ettirilganda qanday mahsulot hosil bo`ladi, reaksiya
tenglamasini yozing.
8. Ftal kislota qanday usul bilan olinadi, xalq xo`jaligida qanday maqsadlarda
ishlatiladi?
181
9. Lavsan qanday usul bilan olinadi, xalq xo`jaligida qanday maqsadlarda
ishlatiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
37–Mavzu: Murakkab efirlar.
Reja:
1. Murakkab efirlar tushunchasi va ularning nomenklaturasini;
2. Murakkab efirlarning tabiatda uchrashi va olinish usullarini;
3. Murakkab efirlarning fizik–kimyoviy xossalari va ishlatilishini;
4. Murakkab efirlarning vakillarini.
Yangi darsning bayoni.
Murakkab efirlar deb karbon kislotalarning karboksil guruhidagi vodorod
atomi uglevodorod radikaliga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik
birikmalarga aytiladi. Murakkab efirlarning umumiy formulasi R–CO–OR
I
formula bilan ifodalanadi.
182
Murakkab efirlar karboksildagi vodorod atomi radikalga almashingan
karbon kislotalar hosilasi deb qaraladi, lekin chumoli kislotaning murakkab
efirlarida radikal o`rnida vodorod atomi bo`ladi:
R–CO–OH → R–CO–O–R
Shu bilan birga, murakkab efirlar gidroksildagi vodorod atomi kislota
qoldig`iga almashingan spirtlar hosilasi deb qaraladi:
R–OH → R–O–CO–R
Va nihoyat, murakkab efirlar karbon kislota va spirt angidridlari deb
qaraladi:
R–CO–OH + HO–R → R–CO–O–R + H
2
O
Murakkab efirlar ham organik (a), ham anorganik (b) kislotalarning spirtlar
bilan o`zaro ta`siri natijasida hosil bo`lishi mumkin:
a) CH
3
–CO–OH + HO–C
2
H
5
→ CH
3
–CO–O–C
2
H
5
+ H
2
O
b) C
2
H
5
–OH + HO–SO
2
–OH → C
2
H
5
–O–SO
2
–OH + H
2
O
Nomenklaturasi. Murakkab efirlar tarixiy va ratsional nom bilan
nomlanganda, ko`pincha, qoldiqlari ularning tarkibiga kiradigan kislota va
spirtlarning nomiga efir so`zi yoki –at qo`shimcha qo`shib hosil qilinadi. Masalan:
H–CO–O–CH
3
CH
3
–CO–O–C
2
H
5
chumoli kislotaning metil efiri sirka kislotaning etil efiri
metil formiat etil atsetat
CH
3
–CH
2
–CO–O–C
3
H
7
propion kislotaning propil efiri yoki propil propionat
Murakkab efirlar xalqaro nomenklatura bo`yicha nomlanganda, ularning
nomi spirt radikali nomi bilan –oat qo`shimchasi qo`shilgan kislota nomidan hosil
qilinadi. Masalan:
H–CO–O–CH
3
CH
3
–CO–O–C
2
H
5
CH
3
–CH
2
–CO–O–C
3
H
7
metil metanoat etil etanoat propil propanoat
Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Tabiatda murakkab efirlar juda keng
tarqalgan bo`lib, ular o`simlik va hayvonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
183
Murakkab efirlar tabiatda o`simlik gul va mevalarida, o`simlik moylari va hayvon
yog`lari tarkibida uchraydi. Ular gul va mevalarning hushbo`y hidlarini belgilaydi.
Murakkab efirlar sanoatda quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:
1. Karbon kislotalar spirtlar bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efirlar
hosil bo`ladi:
R
C
O
O H
+
H O
R
R
C
O
O
R
+
H
2
O
H
2
S O
4
Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo`lish reaksiyasi eterifikatsiya
(lotincha «aeter»–efir) reaksiysi deyiladi. Kislota bilan spirt eterifikatsiya
reaksiyasiga kirishganda kislotadan gidroksil guruh, spirtdan esa vodorod atomi
ajralib chiqadi.
2. Organik kislotaning kumushli tuziga uglevodorodlarning galogenli
hosilalari ta`sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo`ladi:
R–CO–OAg + Cl–R → R–CO–O–R + AgCl↓
3. Organik kislota galogenangidridlariga alkogolyatlar ta`sir ettirilganda
murakkab efirlar hosil bo`ladi:
R–CO–Cl + NaO–R → R–CO–O–R + NaCl
Fizikaviy xossalari. Quyi va o`rta molekulali murakkab efirlar suvdan
yengil, uchuvchan, hushbo`y hidli suyuqliklardir. Yuqori molekulali murakkab
efirlar esa qattiq moddalardir. Ayrim murakkab efirlar suvda qisman eriydi, spirt
va efirlarda yaxshi eriydi.
Murakkab efirlar molekulalarining tuzilishi o`ziga xos (gidroksil guruhlar
yo`q) bo`lganligi sababli vodorod bog`lanishlar bo`lmaydi va spirtlar hamda
kislotalarga xos bo`lgan atsotsilangan molekulalar ham bo`lmaydi. Shu sababli
murakkab efirlar ularga mos keladigan kislotalarga qaraganda ancha past haroratda
qaynaydi.
Ko`pchilik murakkab efirlardan hushbo`y meva hidi keladi. Masalan,
chumoli amil efirdan olcha, sirka amil efirdan banan, moy etil efirdan o`rik, moy
butil efirdan ananas, izovalerian etil efirdan olma hidi keladi.
184
Kimyoviy xossalari. Murakkab efirlar quyidagi kimyoviy xossalarni
namoyon qiladi.
1. Murakkab efirlarning o`ziga xos eng muhim xossalaridan biri ularning
gidrolizlanishi hisoblanadi. Murakkab efirlar suv bilan reaksiyaga kirishib yana
qaytadan kislota bilan spirtga aylanadi. Masalan:
R
C
O
O H
+
R
O H
R
C
O
O
R
+
H O H
Murakkab efirlarning suv bilan reaksiyaga kirishib spirt va kislota hosil
qilish reaksiyasi sovunlanish yoki gidrolizlanish deyiladi. U eterifikatsiya
reaksiyasiga teskari reaksiya hisoblanadi. Eterifikatsiya reaksiyasi qaytar
jarayondir.
C H
3
C
O
O H
+
H O
C
2
H
5
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
H
2
O
Murakkab efirlarning gidrolizlanishi mineral kislotalar yoki ishqorlar
ishtirokida tezlashadi. Murakkab efirlar ishqorlar ishtirokida gidrolizlanda reaksiya
tezligi ortishi bilan birga ularning o`zi ham reaksiyaga kirishadi hamda tuz va spirt
hosil bo`ladi:
N a O H
+
O
R
O
R
C
R
O H
+
O N a
O
R
C
Murakkab efirlar mineral kislotalar ishtirokida ham gidrolizlanadi. Lekin
bunday gidroliz qaytar jarayondir. Murakkab efirlarning kislotali gidrolizini efir
hosil bo`lish reaksiyasiga teskari reaksiya deb atash mumkin:
+
O
R
O
R
C
H
+
[R
C
O H
O R ]
+
+
H
2
O
[R
C
O R ]
+
O H
H
2
O
O
R
C
[R
C
O R ]
+
O H
H
2
O
O H
+
R
O H
+
H
+
185
2. Murakkab efirlarga ammiak ta`sir ettirilganda kislota amidlari hosil
bo`ladi, bu jarayon murakkab efirlarning ammonolizi deb ataladi:
R
C
O
N H
2
+
R
O H
R
C
O
O
R
+
N H
3
3. Murakkab efirlarga spirtlar ta`sir ettirilganda yangi murakkab efir va spirt
hosil bo`ladi, bu jarayon qayta efirlanish deb ataladi:
O
O
C
3
H
7
+
C
2
H
5
O H
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
H O
C
3
H
7
C
C H
3
4. Murakkab efirlarga magniy organik birikmalar ta`sir ettirilganda keton va
uchlamchi spirtlar hosil bo`ladi:
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
C
3
H
7
M g J
C H
3
C
C
3
H
7
O
+
C
2
H
5
O
M g J
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
C H
3
M g J
C H
3
C
O M g J
C H
3
C H
3
+
H O H
a )
C H
3
C
O M g J
C H
3
C H
3
+
H O H
C H
3
C
O H
C H
3
C H
3
+
H O
M g J
b )
5. Murakkab efirlar vodorod bilan qaytarilib, ikki xil spirt hosil qiladi:
+
O
R
O
R
C
R
O H
+
R
C H
2
O H
2 H
2
Sulfat kislota efirlari ichida molekulasi tarkibida metil va etil spirti
qoldig`ini saqlagan metil– va etil–sulfatlar katta ahamiyatga ega. Sulfat kislota ikki
asosli kislota bo`lganligi uchun ikki turdagi: nordon va o`rta efirlar hosil qiladi.
Metil va etil spirtlarning sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri natijasida nordon
efirlar (metilsulfat va etilsulfat) hosil bo`ladi:
CH
3
–OH + HO–SO
2
–OH → CH
3
–O–SO
2
–OH + H
2
O
C
2
H
5
–OH + HO–SO
2
–OH → C
2
H
5
–O–SO
2
–OH + H
2
O
186
Metil va etil spirtlarga o`zida sulfat angidrid saqlovchi–tutovchi sulfat
kislota (oleum) ta`sir ettirilganda o`rta efirlar hosil bo`ladi:
SO
3
+ 2C
2
H
5
OH → (C
2
H
5
)
2
SO
4
+ H
2
O
Metilsulfat va etilsulfatlar rangsiz, quyuq moysimon suyuqliklar bo`lib, ular
oddiy va murakkab efirlar olishda, shuningdek, metil va etil guruhlarni boshqa
birikmalarga kiritishda alkillovchi reagent sifatida ishlatiladi.
Nitrat kislota efirlari bir atomli, ikki atomli va uch atomli spirtlarga
konsentrlangan nitrat kislota ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi.
CH
3
–OH + HO–NO
2
→ CH
3
–O–NO
2
+ H
2
O
C
2
H
5
–OH + HO–NO
2
→ C
2
H
5
–O–NO
2
+ H
2
O
Nitrat kislota efirlarining hammasida portlash xususiyati mavjud bo`lib, bu
xususiyat bir atomli spirtlar efiriga qaraganda ikki va uch atomli spirtlar efirlarida
ko`proq ifodalangan. Shu sababli glikol dinitrat va glitserin trinitrat katta amaliy
ahamiyatga ega bo`lib, ular portlovchi moddalar va tutunsiz porox tayyorlashda
ishlatiladi.
Nitrit kislota efirlari ichida izoamil spirt efiri katta ahamiyatga ega. Bu efir
izoamil spirtni qizdirib, azot (III) oksid ta`sir ettirish natijasida olinadi:
2C
5
H
11
–OH + N
2
O
3
→ 2C
5
H
11
–O–N=O + H
2
O
Amilnitrit sarg`ish rangli, o`tkir hushbo`y hidli, 95
0
C da qaynaydigan
suyuqlik bo`lib, tibbiyotda qon tomirlarini kengaytiruvchi vosita sifatida, masalan,
yurak siqilishi kasalligini davolashda qo`llaniladi.
Organik
kislotalarning
murakkab
efirlari
sifatida
etilatsetat,
izoamilatsetat, vinilatsetat, mum, atsetosirka efir, metakril kislota metil efiri kabi
efirlar misol bo`ladi.
Etilatsetat CH
3
–CO–O–C
2
H
5
hushbo`y hidli, 78
0
C da qaynaydigan, suvda
yomon eriydigan suyuqlik bo`lib, sanoatda sirka aldegiddan Tishchenko reaksiyasi
bo`yicha olinadi. Etilatsetat asosan erituvchi sifatida, atsetosirka efir hamda bir
qator dori moddalar (masalan, antipirin) olishda ishlatiladi.
Izoamilatsetat CH
3
–CO–O–C
5
H
11
nok hidli suyuqlik bo`lib, 139
0
C da
qaynaydi, lak tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |