87
Po'lat idish 14 voronka 10
va
ignali klapan orqali transformator moyi bilan
to'ldiriladi. Tik o'rnatilgan silindr 7 ga kanal chiqarilgan bo’lib, uning ichiga yuk
quyiladigan tarelka 5 ga silliqlangan porshen 6 o’rnatilgan. Tekshirilayotgan
manometr 4 ni o'rnatish uchun 3 va 11
shtutserlar mavjud. Ignali jo'mraklar 1, 2
,
12
moy o'tish kanallarini berkitish uchun, jo'mrak 8
esa moyni
tushirish uchun xizmat
qiladi. Idish ichidagi ishchi bosim yuklar og'irligi 5 bilan aniqlanadi. Porshen 13
ning harakati esa yukli porshen 6 ning ko'tarilishiga olib keladi.
3.4- rasm
.
Yuk-porshenli manometr.
ELEKTR MANOMETRLAR
Elektr manometrlar asosan yuqori chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali
bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi. Elektr manometrlarning ishlash usuli sezgir
elementning bosim ta'sirida elektrik xarakteristikalarining o'zgarishiga asoslangan
bo'lib (3.5- rasm) quyidagi turlarga bo'linadi:
1. P’ezoelektrik manometrlar.
2. Induksion manometrlar.
3. Tenzometrik manometrlar.
4. Qarshilikli manometrlar.
5. Sig'imli manometrlar.
6. Induktiv manometrlar.
P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall
dielektrik materiallarning
deformatsiyalanishi natijasida ularning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi
(pezoelektrik effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar sifatida kvars,
turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu manometrlarning berilgan ta'sirni juda
tezlik bilan sezishi ularning afzalligi hisoblanadi.
88
Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi natijasida hosil bo'ladigan
bosim induksion o'zgartgich yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr
signalga aylantiriladi.
Elektr signalni masofaga uzatuvchi manometr - MED induksion manometrlar
orasida eng keng tarqalgandir. Diametri 160 mm bo'lgan korpusga bir o'ramli
trubkasimon prujinali ushlagich, uzatish mexanizmi va induksion chulg'am (g'altak)
joylashtirilgan (3.5- rasm).
3.5- rasm
.
Induksion manometr.
Tekshirilayotgan sistemaning bosimi
P
shtutser
orqali trubkali prujinaga
uzatiladi, prujina deformatsiyalanib, induksion chulg'am magnit o'tkazgich
3
ni
harakatga keltiradi. O'lchanayotgan bosimning har bir qiymatiga chulg'amdagi
magnit o'tkazgichning ma'lum (aniq) holati to'g'ri keladi. Manometrning chulg'ami
2
va ikkilamchi asbobning chulg'ami
4
differensial-transformator sxemasi bo'yicha
ulangan. Asbobning chiqish kattaligi transformatorning birlamchi va ikkilamchi
chulg'amlari orasidagi o'zinduksiyadir. Magnit o'tkazgichning chulg'amlar orasiga
kirish kattaligi qancha katta bo’lsa, ikkilamchi o'ramga shuncha ko'p
kuchlanish
uzatilib ikkilamchi asbobga beriladi.Induksion manometrlar o'zaro almashinadigan
ikkilamchi asboblar va markazlashtirilgan tekshirish va rostlash sistemalari bilan
birgalikda ishlaydi. Sanoatda yuqori o'lchash chegarasi 160 MPa gacha bo'lgan,
aniqlik toifalari 1; 1,5 bo'lgan MED turdagi asboblar ishlab chiqariladl
Elektr manometrlarning yana bir turi - qarshilikning o'zgarishi hisobiga bosimni
o'lchashda qo'llaniladigan tenzodatchiklardir. Tenzometrning ishlash usuli kuch yoki
unga proporsional bo'lgan deformatsiyani deformatsiyalangan
jismga yopishtirilgan
sim qarshiligining o'zgarishiga aylantirishdan iborat.Tenzodatchik - diametri
0,02...0,05 mm bo'lgan manganin simdan tayyorlanib, sim bir-biriga yopishgan
yupqa qog'oz orasiga sirtmoq shaklida joylashtiriladi.
Simning uchlariga chiqish
klemmalari ulanadi. Tenzometrning sezgir elementi elastik element yuzasiga
yopishtirilib, bosim ta'sirida elastik element deformatsiyalanganda, manganin sim
cho'ziladi va qarshiligi o'zgaradi. Tenzodatchik elektr ko'prik sxemasiga qarshilikni
o'lchash uchun ulanadi. Ko'prikning shkalasi esa bosim birliklarida darajalanadi.
89
Tenzometrlarda elektr qarshilikning bosimga bo'lgan bog'lanishi
chiziqli,
inersionligi kichik va o'lchash qiyin bo'lgan yerlarga joylashtirilishi uning afzalligi
hisoblanib, o'lchash xatoligi 2 % dan oshmaydi. Sezgirlik miqdorining juda
kichikligi, temperatura o'zgarishiga bog'liqligi, ularning sanoat texnologik
qurilmalarida kam qo'llanilishi esa uning kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: