O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 6,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/96
Sana08.07.2022
Hajmi6,2 Mb.
#757830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
avtomatika asoslari

 
 
 
 



1 - Bob. Metrologiya va o’lchov texnikasining asosiy tushunchalari
1.1 O'lchash to'g'risida umumiy ma'lumot. 
Xom - ashyo yoki yarim fabrikatni tayyor mahsulotga aylantirish uchun 
yo'naltirilgan ta'sirlar to'plamiga texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayon 
va tayyor mahsulot sifatini xarakterlaydigan har xil fizik kattaliklarga texnologik 
kattalik deb ataladi.
Har qanday texnologik jarayon quyidagi elementlardan tuzilgan:
1) 
oddiy ishchi jarayonlar; 
2) 
boshqarish operatsiyalari; 
3) 
nazorat operatsiyalari. 
Oddiy ishchi jarayon o'z ichiga xaqiqiy ishchi jarayon, o'rnatish operatsiyalari, 
transport operatsiyalari va xizmat ko'rsatish operatsiyalarini oladi. 
Masalan, non ishlab chiqarishda oddiy ishchi jarayon xamir bo'laklash mashinasida 
xamir zuvalalarini olish bo'lsa, o'rnatish operatsiyasi esa mashina ishchi organlarini 
aniq mahsulot yoki yarim fabrikat olishga mo'ljallab o'rnatishdir.
Transport operatsiyasida xamir zuvalalarini keyingi ishlov berish uchun (masalan 
xamir lo'ndalash mashinasiga) uzatiladi.
Mashina yoki agregatlarni tozalash va moylash xizmat ko'rsatish operatsiyasi bilan 
bajariladi.
Boshqarish operatsiyasi 2 turga bo'linadi: 
a) jarayonni normal boshqarish - alohida jarayonlarni sifat va son ko'rsatkichlarini 
hamda ularni umumiy ishlab chiqarishda koordinatsiyasini boshqarish; 
b) berilgan talab bo'yicha mashina va mexanizmlarni sozlash va o'rnatish. 
Nazorat operatsiyasi o'z ichiga quyidagilarni oladi: 
a) jarayon natijalarini berilgan talab bilan taqqoslash operatsiyasi; 
b) jarayon borishini himoyalash operatsiyasi (avariya holatida). 
Nazorat qilinadigan kattaliklarga masalan, uzunlik, massa, hajm, harorat va bosimni 
kiritish mumkin. Har bir kattalik aniq qiymatga ega bo'lishi mumkin. Texnologik 
kattalikni o'lchash orqali texnologik jarayon qaysi tomonga oqayotganiligini 
aniqlash mumkin. 
Texnologik kattaliklarni qiymati berilgan qiymatdan o'zgarishi olinadigan 
mahsulotni sifat va son ko'rsatkichini o'zgarishiga olib keladi. Texnologik jarayonni 
borishi va natijada olinadigan mahsulot ko'rsatkichlarini aniqlash nazorat orqali 
amalga oshiriladi. Masalan, texnologik jarayonni to'g'ri borishi hamda ishlov berish 
jarayonida ko'pgina moddalarni holati bosimga bog'liqdir. Bosimni o'zgarishiga 



qarab, texnologik jarayonda qatnashuvchi gaz, bug' va suyuqliklarni son 
ko'rsatkichlari aniqlanadi. Bug' qozonidagi bug'ning bosimi qurilmalarni xavfsiz 
ishlashini ta'minlab, qolmasdan, qozon pechiga berilayotgan issiqlikni avtomatik 
rostlash uchun ham asosiy texnologik kattalik bo'lib hisoblanadi.
Bosimni avtomatik nazorat qilish presslash, bug'latish, uzluksiz ishlov berish 
jarayonlarida olib boriladi.Oziq-ovqat sanoati texnologik jarayonlarida o'z vaqtida 
haroratni nazorat qilish chiqariladigan mahsulotni sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, 
taralarni yuvish, tomat mahsulotlarini vakuum apparatda qaynatish va 
hokazo.Ko'pgina uzluksiz jarayonlar har xil materiallarni keyingi ishlov berish 
uchun jixozlarda yig'ish bilan olib boriladi.Shuning uchun yig'ilgan materiallarni o'z 
vaqtida nazorat qilmaslik texnologik jarayonni buzilishiga olib keladi.Materiallarni 
hisobga olishni eng tarqalgan usuli sathni o'lchashdir. Masalan, har xil qabul 
qiluvchi bunkerlarda, sig'imlarda, achitish apparatlarda, qaynatish qozonlarida, 
baklarda, vakuum - bug'latish qurilmalarda va hokazo.Moddalarning kimyoviy 
tarkibini o'zgarishi bilan (masalan, uzum sharbatini rangi va tiniqligi, tomat 
mahsulotini konsentratsiyasi, xonani nisbiy namligi, melassani konsentratsiyasi) 
jarayon natijasida olinadigan mahsulotni sifat ko'rsatkichlarini o'lchash kerak 
bo'ladi.Oziq-ovqat 
sanoatini 
kompleks 
avtomatlatirishda 
konsentratsiya, 
qovushqoqlik, namlik, pH-muhit va boshqa kattaliklarni o'z vaqtida o'lchash 
texnologik jarayonlarni optimal kechishini zaruriy shartlaridan biridir.Ishlab 
chiqarish jarayonlarini texnologik quvurlarida bug', siqilgan havo, gaz va 
achitqilarini sarf va miqdorini o'lchash uchun ishlatiladigan sarf hamda miqdor 
o'lchagichlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish omillaridan biri. 

Download 6,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish