О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet332/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

41-mavzu: Latviya Respublikasi
Reja:

  1. Mustaqillikning tiklanishi;

  2. Rivojlanish yo’lida erishilgan yutular;

  3. Latviyaning tashqi siyosati.



1990-yil arafasida mamlakat aholisining yarmidan xiyol ko'prog'ini latishlar tashkil etar va latish bo'lmaganlar (asosan ruslar) ning atigi 19 foizi latish tilini bilardi. Mamlakatning SSSRga qo'shib olinishiga, ruslashtirish va aholi manfaatlariga mos kelmagan sanoatlashtirish siyosatiga qarshi chiqishlar Riga va boshqa shaharlarda 1985-yildan boshlandi. 1988 yilda Xalq fronti Latviya suvereniteti uchun kurashayotgan turli tashkilot va harakatlarni birlashtirdi va ommaviylashdi. 1989-yilda SSSR xalq deputatligiga, 1990-yilda respublika Oliy Sovetiga boigan saylovlarda mamlakat mustaqilligi tarafdorlari bilan unga qarshi bo'lganlar o'rtasida keskin kurash ketdi va bunda mustaqillik tarafdorlari bo'lgan kuchlar g'alaba qildi. May oyida Oliy Sovet Latviyani mustaqil va suveren Latviya Respublikasi deb atadi va mamlakatda liberal-demokratik islohotlar boshlab yuborildi. 1991 -yil mart oyida bu tanlangan yo'l sovet siyosiy arboblari va harbiylarning faol qarshiligiga qaramay, referendum qamashchilarining 77,6 foizi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Prezidentlikka Sovet hukumati tomonidan qatag'on qilinib, surgunda vafot etgan Latviyaning urushdan oldingi prezidentining jiyani G. Ulmanis saylandi. Ilgarigi boshqaruv tizimi va respublika qurolli kuchlari tiklandi. Hukumat latish madaniyatini rivojlantirish va latish tili monopoliyasini ta'minlash yo'lida bir qator tadbirlami amalga oshirdi. Latishlar talabi bilan sovet qo'shinlari 1994-yilda Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib chiqib ketildi. Uzoq muddat davomida I. Godmanis rahbarlik qilayotgan hukumat iqtisodiyotda bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan edi. Latviyada ishlab chiqarishning kamayishi sabablarini bu yerda inflatsiyaning boshqa qo'shni mamlakatlarga nisbatan pastroq bo'lishi bilan izohlash mumkin edi. Ammo mamlakatda energiya manbalari va oziq-ovqat yetishmas edi. Rossiya Latviya bilan savdo-sotiqni cheklagandi, bu esa uni Shimoliy va G'arbiy Yevropadan sheriklar izlashga majbur etdi. 1993-yilda milliy valyuta latni joriy qilish va barqarorlashtirish uchun Xalqaro Valuta Fondi va boshqa tashkilotlar kreditlari kerak bo'ldi. Latviya oziq-ovqatga muhtoj edi va uni xalqaro tashkilotlardan olayotgan edi. Rossiya bilan savdo tranziti va investitsiyalar mamlakat uchun juda muhimligiga qaramasdan, ishlab chiqarish, eksport va import Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaratila boshlandi. Xalqaro Valuta Fondi tavsiyalariga ko'ra, hukumat xarajat va daromadni qat'iy muvozanatga keltirdi, foyda keltirmaydigan korxonalarni yopishga harakat qilib, raqobatdosh korxonalami qo'llab-quvvatladi.
90-yillarning oxirida, Rossiyadagi inqiroz sababli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramasdan, Latviyada ishlab chiqarish o'sishi barqaror edi va u aholi turmush darajasining ko'tarilishiga yordam berdi. Ayniqsa, kichik va o'rta korxonalarning soni tez o'sa bordi. Aholining ko'pchiligi bu bilan ham qoniqmagan edi. Biroq 1999-yildagi prezident saylovlarida muhojirlikdan qaytgan V. Vike-Freyberg nomzodini ko'rsatgan natsional-liberallarning g'alabasi siyosiy barqarorlikning mustahkamlanishiga yordam berdi. Latviya Respublikasi o'zining Boltiqbo'yi qo'shnilari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, Yevropa Htifoqiga yaqinlashmoqda, YEXHTda ishtirok etmoqda va Rossiyaning imperiyachilik kayfiyatidan himoyalanish maqsadida, NATOga a'zo bo'ldi. Mamlakat parlamenti va hukumati Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish niyatida, ammo Rossiya Federat-siyasining Latviyadagi ras millatiga mansub bo'lgan fuqarolarning manfaat-larini himoya qilishga intilishi tufayli ikkala mamlakat o'rtasidagi munosabat murakkabligicha qolmoqda.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish