О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet324/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

38-mavzu: Turkmaniston Respublikasi
Reja:

  1. Mustaqillikning tiklanishi;

  2. Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar;

  3. S.Niyozov davrida ichki va tashqi siyosat.



Respublika suvereniteti to'g'risidagi deklaratsiya Oliy Kengash tomonidan 1991-yil avgustida qabul qilindi. Oliy Kengash kompartiya rahbari S. Niyozovni rais etib sayladi. SSSR amalda parchalanib bo'lganidan so'ng, 1991-yil oxirida referendum asosida Turkmaniston mustaqillikka erishdi va umumxalq saylovlarida Niyozov uning Prezidenti etib saylandi. «Biz o'ziga xos yangi jamiyat quramiz va unga o'z yo'limiz bilan boramiz», — degan edi Niyozov o'z yo'li haqida.
Prezident turkman an'analarining tiklanishini qo'llab-quvvatladi va ko'pchilikka zarar yetkazmasdan islohotlarni amalga oshirish va yaqin kelajakda Iraq hujumidan qutqarilgandan keyin mashhur bo'lgan Quvaytdagidek umumiy farovonlikni va'da qildi. Bu aholini o'ziga rom qilar va umid uyg'otardi.
Millatlararo mojarolar, tarqoq liberal va demokratik guruhlarning chiqishlari 90-yillarning boshida bostirildi, ularning rahbarlari hibsga olindi yoki muhojirlikka ketishdi.
1992-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan hokimiyat yanada mustahkamlandi. Umumxalq saylovlarida saylanadigan prezident nihoyatda keng vakolatga ega bo'ldi va hokimiyatning liar bir tarmog'iga boshchilik qildi. Qonun chiqarish Majlis — saylanuvchi parlamentga topshirildi. Ammo qarorlarni qabul qiluvchi oliy vakillik organi Xalq maslahati bo'ldi. U Prezident tomonidan boshqarilar hamda hukumat boshlig'i va a'zolari huquqni himoya qilish organlari va viloyat rahbarlaridan iborat edi. Mamlakatda Niyozov boshqarayotgan yagona partiya — Demokratik partiya qoldi. Aholini bir-lashtirish uchun amnistiya (umumiy afv) e'lon qilindi, keyinchalik esa o'lim jazosi bekor qilindi.
Konstitutsiya qabul qilingandan keyin saylovchilarning 99,5 foizi Niyozovni prezidentlikka qayta saylash, u ko'rsatgan nomzodlarni majlisga saylash uchun ovoz berdilar. Keyinchalik, bundan ham muvaffaqiyatliroq o'tgan referen-dumda Niyozovning vakolatini oshirish ma'qullandi va u Turkmanboshi hamda turkmanlar otasi, degan unvonga ega bo'ldi, 2000-yilda esa majlis uning hoki-miyatining muddatsizligi to'g'risidagi qonun qabul qildi. Turkmanboshining portret va so'zlari hamma joyda paydo bo'ldi, ko'chalar, korxonalar va shaharlar uning nomiga qo'yildi, poytaxtda uning ulkan, doim quyosh tomonga burilib turuvchi haykalio'rnatildi. Farovonlik to'g'risidagi rejalari uchun uni hamma joyda — bolalar bog'chasidan tortib Xalq maslahatigacha ulug'lar edilar. Hatto, uning obro'siga va xalqning unga bo'lgan muhabbatiga shubha qilish Turkma­niston uchun zarar, deb baholanar edi. Nihoyat, uning tomondan odamlar-ning hayot normalarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan, hamma uchun majburiy bo'lgan «Turkmanlarning ma'naviyat kodeksi» qabul qilindi. «Ruxnoma» kitobi bo'yicha oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar imtihon topshi-rardi, u Qur'oni karim bilan tenglashtirildi. Turkmanboshi tuzumi mustabid (totalitar) xarakterga ega bo'ldi va siyosiy barqarorlikni kafolatladi.
Va'da qilingan farovonlikka erishish ancha qiyin bo'lib chiqdi. Mamlakat-dagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og'ir edi. Rossiyadan olingan kreditlar tezda qadrsizlandi. Gaz va paxtani Rossiya hamda MDHning boshqa davlatlariga sotish na dollar, na yangi texnologiyalar keltirdi. Gaz qazib olish va paxta yetishtirish, ularni yetkazib berishni ko'paytirish hamda ular evaziga dollar olish juda qiyin kechdi. Aholiga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetishmas edi. Pensiya va oyliklarni to'lash kechikardi. Ayanchli statistik ma'lumotlar e'lon qilinmas edi.
1992-yildan boshlab hukumat sanoatni rivojlantirish va bozor munosabat-larining iqtisodiy poydevorini yaratishga qaratilgan «Barqarorlikning 10 yili» dasturini qabul qildi. 1993-yilda milliy valuta — manat joriy qilindi. Uning qiymati hamda narxlar hukumat tomonidan belgilanar edi. Xorijiy valuta bilan muomala qilish taqiqlangan edi.
Boy mamlakatlarning hukumatlari Turkmanboshi rejimini ma'qullama-salar-da, undagi barqarorlik, mamlakatning tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchi hamda hukumatning bozor iqtisodiyotiga intilishi turkman paxtasi va gazini sotib olishning kengayishiga, rejimga kreditlar berilishi va xo'jalikka investitsiyalar qo'yilishiga yordam berdi. Eksportdan kelgan mablag'lar va kreditlarni hukumat undirma va to'qimachilik sanoatiga sarflar edi. Bu sohalar uchun eng yangi texnologiya hamda jihozlar sotib olindi. 90-yillarning ikkin-chi yarmida gaz va neft qazib olish o'sa boshladi va paxtaning asosiy qismi yangi korxonalarda qayta ishlana boshladi, bozorga to'qimachilik mahsulotlari chiqarila boshlandi. Ishlab chiqarishning o'sishi to'la bandlikni ta'minladi.
Hukumat iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarishga shoshilmadi. Neft va gaz, paxtaning sotilishi hamda qayta ishlanishi, transport va uy-joy xo'jaligi, ishlab turgan hamda qurilayotgan barcha katta va o'rta korxonalar davlat ixtiyorida edi. 1996-yilga kelib nodavlat sektorga yalpi ichki mahsulotning atigi 7,7 foizi to'g'ri keldi. 2000-yilda yalpi ichki mahsulot 14 foizga oshdi, uning beshdan bir qismi gaz eksportiga to'g'ri keldi.
1993-yilda qabul qilingan yerga mulkchilik to'g'risidagi qonun asosida har bir fuqaro 50 gektargacha yer olishi va yana 500 gektar yoki undan ko'proq yerni ijaraga olishi mumkin edi. 5 yil muddat o'tgandan so'ng yer egasi — neyhan tomonidan olingan yer uning mulkiga aylanar edi, ammo u yerni sotish yoki birovga berishga haqqi yo'q edi. Bu islohot 10 yil muddatga mo'ljallangandi.
Hukumat «Yangi qishloq» va «G'alla» dasturlarini amalga oshirdi. Ularga ko'ra, qishloq aholisi yashash sharoitini yaxshilash va g'alla yetishtirishni oshirishga mablag' ajratilardi. Hukumat qishloq aholisi turmush darajasi yaxshilandi, deb hisobladi. G'alla yetishtirish sezilarli darajada o'sdi. Butun qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 20 foizidan ko'prog'ini bermoqda.
Turkmanistonning iqtisodiy va madaniy dasturi qabul qilindi.
Prezident va'da qilgan umumiy farovonlikka nisbatan uyg'ongan va oshib borayotgan shubhalarni tarqatish uchun hukumat 90-yillarning ikkinchi yarmida tuz, elektr energiya, gaz va suvni bepul deb e'lon qildi, non, o'simlik yog'i, jamoat transporti va maishiy xizmatlarga esa past, ramziy narxlarni belgiladi. Oziq-ovqatning boshqa turlari hamda boshqa mahsulotlar kartochkalar bilan tarqatila boshlandi. Ammo, odatdagidek, bepul, arzon va kartochkalar bilan tarqatiladigan mahsulot tanqis edi, ularni olish uchun navbatlar paydo bo'lardi. Buning ustiga aholi o'sish darajasi oshdi.
2006-yil dekabrda Prezident S. Niyozov vafot etdi. 2007-yil fevraldagi saylovda G. Berdimuxamedov Prezident etib saylandi. Turkmanistonning tashqi siyosati Lining mustaqilligini mustahkamlash va dunyo bozoriga tabiiy gazning yirik zaxiralarini chiqarish yo'llarini izlashga qaratilgan edi. Mustaqillikka erishilgan-dan so'ng mamlakatning neytraliteti (betarafligi) e'lon qilindi va amalga oshirib kelinmoqda. MDH tarkibida bo'lish Rossiya Federatsiyasidan yordam olishga imkon berdi. Ayniqsa, milliy qurolli kuchlar yaratilgunga qadar, Rossiya Federatsiyasi Turkmaniston chegarasini himoya qilishi va qurol bilan yordam berishini aytish mumkin. MDH doirasida Turkmaniston Hamdo'stlik a'zolari, avvalo, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina bilan ikki tomon-lama munosabatlami rivojlantirmoqda. 2005-yilga kelib betaraflikka to'la amal qilish uchun Turkmaniston MDH tarkibidan chiqdi.
Turkmaniston Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, ayniqsa, Turkiya, Eron va Afg'oniston bilan yaqin hamkorlik qiladi. Turkman gazining bir qismini Rossiya Federatsiyasi orqali Ukrainaga yetkazib berish to'g'risida kelishib olindi. Bundan qoniqmagan respublika hukumati Kaspiy orqali Ozarbayjon, Gruziya, Turkiyaga va Afg'oniston orqali Pokiston, XXRga gazni eksport qilish uchun gaz quvurlari qurilishida qatnashmoqda.
Aholining huquq va erkinliklari biroz cheklanishiga qaramasdan, o'zining mustahkamligi tufayli Turkmanboshi rejimi boy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy yordamini olishga muvaffaq bo'ldi.
Prezident Q. Berdimuhammedov davrida vaziyat ancha yumshadi. 2007-yil fevralda ta'lim tizimi islohoti to'g'risida farmon qabul qilindi. 9 yillik maktab o'rniga 10 yillik ta'lim joriy qilindi. Oliy o'quv yurtlari 5—6 yillik bo'ldi. «Sodiqlik qasamyodi» bekor qilindi. Sudlanganlarning ishlarini qayta ko'rib chiqish to'g'risida farmon e'lon qilindi. Turkmanboshi davrida qilingan o'zgarishlar qayta ko'rib chiqilmoqda. 2008-yil 1-iyuldan Grigoryan kalendariga qaytildi. Turkmanistonda 40 foiz aholi sanoatda, 30 foiz aholi qishloq xo'jaligida, qolgan qismi xizmat ko'rsatish sohalarida banddir. 2007-yilda 71 mlrd kubometr gaz qazib olindi va shundan 50 mlrd kubometri Rossiyaga, 8 mlrd kubometri Eronga eksport qilindi. Eksport 4,4 mlrd dollarni, import 2,7 mlrd dollarni tashkil etadi. 2007-yilda YAIM 26,2 mlrd dollarni tashkil etib, aholi jon boshiga 5055 mln dollar to'g'ri keldi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish