О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet327/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

5.

Yakuniy qism

10

- Mavzu bo'yicha umumiy xulosa qilinadi. Qilingan ishlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga egaligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.
- O’quvchilar bilimini baholaydi, o’quv mashgulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
- Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi.
-Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan mavzuni elon qiladi va dars yakunlanadi.

tushuntirish, yo’riqnoma berish, suhbat

Darslik, xarita, ma’ruzalar matni, plakatlar, jadvallar, tarqatma materiallar, test banklari.

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

39-mavzu: Tojikiston Respublikasi
Reja:



  1. Mustaqillikning tiklanishi;

  2. Fuqorolar urushining kelib chiqishi;

  3. Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar;

  4. I.Rahmonov davrida ichki va tashqi siyosat.



Eng baland tog'larda joylashgan, aholi turmush darajasi eng past, lekin tabiiy resurslarga boy respublika — Tojikistonda mustaqillikka erishish fuqarolik urushi tufayli ancha murakkablashdi. Tojiklar Tojikiston aholisining 59 foizini, o'zbeklar — 23 foizni, ruslar — 10 foizni tashkil etishardi. Shimoliy va janubiy viloyatlarjamoalari, Tog'li Badaxshondagi kam sonli aholi orasida va sovet hokimiyati boshqaruv organlarini qamrab olgan urug'-aymoqchilik aloqalari voqealarga katta ta'sir ko'rsatdi.
70-yillardan boshlab qo'shni Afg'oniston va Erondagi voqealar islom targ'iboti faollashuviga olib keldi. Oshkoralik e'lon qilinishi bilan ruslash-tirishga va kompartiyaning yakka hokimligiga qarshi chiqishlar boshlandi. 1989 hamda 1990-yillarda Dushanbe va boshqa joylarda o'zbeklar, ruslar va mamlakatga kirgan qochoqlarga nisbatan noroziliklar bo'lib turdi. Til va madaniyatning tiklanishi hamda respublikaning SSSR tarkibidagi suvereni-tetini talab qilgan milliy-demokratik harakat «Rastoxez» — «Uyg'onish» mashhur bo'ldi. 1991-yilda radikal demokratlar tub o'zgarishlarni talab qilgan Demokratik partiyani tuzishdi. Shu bilan bir qatorda, musulmon jamoalar kuchaydi, masjidlar qurildi. Islom tiklanish partiyasi («Partiyai Vahdati Islom») sezilarli obro'ga ega bo'ldi va islom aqidaparastlari guruhlari paydo bo'ldi.
Qayta qurish kompartiya tarkibida kelishmovchiliklarga olib keldi. Kutish pozitsiyasini egallagan partiya rahbariyati Oliy Kengash tomonidan tojik tilining davlat tili, deb e'lon qilinishiga rozi bo'ldi, ammo boshqa o'zgarishlarga to'sqinlik qildi. 1990-yil fevralida Dushanbedagi hukumatga qarshi ommaviy namoyishlarga qurolli kuchlar safarbar qilindi va o'nlab kishilar halok bo'ldi.
Islomchilar va demokratlarning raqiblari mahalliy urug'lar va ularning qurollangan dastalari rahbarlarini birlashtirgan Xalq frontini tashkil qilishdi. Ular tashabbusni o'z qo'llariga olib, mamlakat shimoli — Xo'jand shahrida Oliy Kengash chaqirishga erishishdi. Oliy Kengash raisi etib mahalliy yetakchilardan biri — I. Rahmonov saylandi va yangi hukumat tuzildi. Bu yangi hukumat Afg'onistondagi uning dushmanlariga yaqin bo'lgan islom-chilarning kuchayishidan tashvishga tushgan Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Dushanbedajoylashtirilgan Rossiyaning 201-motoo'qchi diviziyasi yordami bilan xalq fronti otryadlari 1992-yil dekabrida Dushanbeni qo'lga oldi va 1993-yil bahorigacha mamlakatning katta qismini o'z nazorati ostiga o'tkazdi.
Islom tiklanish partiyasi va demokratlar tomonidan tashkil qilingan Birlashgan muxolifat Afg'oniston hamda Eronda tayanch topdi. Uning otryadlari Tojikistonda harakatda bo'ldi. Butun mamlakatni shafqatsiz fuqarolik urushi qamrab oldi. Muxolifatga yon bosgan afg'on muhojirlari ham bu urushga aralashib turdi. Jinoiy guruhlar tartibsizliklardan foydala-nib, giyohvand moddalarni yetishtirish va yetkazib berish bilan mashg'ul bo'ldi.
Muxolifatning qarshiligiga qaramasdan, 1994-yilda hukumat o'tkazgan referendumda 1. Rahmonov taklif qilgan konstitutsiya ma'qullandi. U Prezident etib saylandi. Parlament — Majlisi Oliy saylovlari ham o'shanda boshlanib, 1995-yil fevraiigacha davom etdi. Saylovni hukumat nazorat qilib bordi va Prezidentga yetarlicha xayrixoh bo'lgan hukumat tuzildi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish