O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________
37-mavzu: Qirg’iziston Respublikasi
Reja:
Mustaqillikning tiklanishi;
Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar;
“Lola inqilobi” .
Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng kichigi — tog'li Qirg'iziston ittifoq markaziga bo'ysundirilgan sanoatga ega bo'lib, markaz dotatsiyasi respublika budjetining 60 foizini qoplar edi. Aholining 53 foizdan kamrog'i qirg'izlar, ruslar — 21 foiz, o'zbeklar — 13 foizni tashkil etar, boshqa turkiyzabon xalqlar, ukrainlar, nemislar istiqomat qilardi. Mamlakatda ko'pchilikni tashkil etgan shimoliy va janubiy qirg'izlar o'rtasida raqiblik, shuningdek, janubda qirg'izlar va o'zbeklar o'rtasida ham raqobat bor edi. Sanoatda rus mutaxassislari asosiy rol o'ynardi.
Rossiyaning markaziy shaharlarida o'qish davomida liberalizmga moyillik orttirgan qirg'iz mutaxassislarining ta'siri va saylovchilar Assotsiatsiyasi harakatlari tufayli SSSR Xalq deputatlari syezdiga yuborilgan delegatlar ichida sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlari qo'shni respublikalardagiga nisbatan ko'p emas edi. 1990-yilda esa Qirg'iziston janubidagi o'zbeklar va qirg'izlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni bartaraf eta olmagani va milliy-liberal va milliy-demokratik ruhdagi o'nlab partiya va guruhlarning paydo bo'lishi sababli kommunistik partiya o'z mavqeyini yo'qotdi. Yuz minglab kishilarni birlashtirgan «Qirg'iziston» demokratik harakati mamlakat suvereniteti va bozor islohotlariga da'vat etdi. Uning ta'sirida Oliy Kengash 1990-yiJ dekabrida suverenitet deklaratsiyasini qabul qildi va SSSRni konfederatsiyaga aylanti-rishga ovoz berdi.
Moskvada g'alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo'lgan milliy-liberal va demokratlar talabiga ko'ra, Oliy Kengash Qirg'izistonning siyosiy suverenitetini e'lon qilishga va, hatt6, kompartiyani taqiqlashga majbur bo'ldi. 1991-yil oktabrdagi umumxalq saylovlarida liberal-demokrat, akademik A. Akayev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o'tmish bilan bahslashmasdan olg'a yurish»ga da'vat etdi.
Qirg'izistonda davlatchilikning shakllanishi liberal-demokratik partiya va guruhlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar, Akayevning o'z «jamoa»si yo'qligi ilgarigi «nomenklatura» va yaqinda tiklangan kompartiyaning islohotlarga shafqatsiz qarshilik ko'rsatishi hamda urug'-aymoqlar o'rtasidagi raqiblik, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va korrupsiya sharoitida kuchaygan mil-latlararo mojarolar ta'sirida murakkablashgan edi.
Ammo ba'zi respublikalar uchun an'anaviy bo'lgan konformistik (loqaydlik, befarqlik) ruhdagi aholining ovoz berishi oqibatida 1992-yil kuzidagi Oliy Kengash saylovlarida islohot dushmanlari — sobiq sovet-kommunist arboblar va turli urug'larning rahbarlari ko'pchilik ovozga ega bo'lishdi. Qayta tiklangan kompartiya qasd olishga harakat qildi. Ortga qaytish xavfi tug'ildi.
Shunga qaramasdan, 1993-yi] may oyida oldinga qadam qo'yishga, ya'ni Oliy Kengash tomonidan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishildi, erkinliklari e'tirof etildi, ammo xususiy mulk cheklab qo'yildi. Qirg'iziston umumxalq saylovida saylanadigan prezidentli va ikki palatali parlament — Jo'qorg'i Kengesi ega respublikaga aylandi. Prezident oldida javobgar bo'lgan hukumat parlamentga bo'ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o'zgartirildi.
1994 va 1995-yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o'zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi.
Hukumatda o'z mansabini suiiste'mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o'zini himoya qilish maqsadida A. Akayev 1994-yil boshida prezidentga ishonch to'g'risida referendum o'tkazdi va ko'pchilik tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi.
2000-yildagi parlament saylovlarida Akayevni qo'llab-quvvatlayotganlar ko'pchilik o'ringa ega bo'lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo'lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akayevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo'ldi va vaziyatni keskin-lashtirdi. Ammo Akayev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000-yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 75 foizi ovoz berdi va u to'rtinchi marta prezident etib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |