О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet316/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

36-mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari: Qozog’iston respublikasi
Reja:



  1. Mustaqillikning tiklanishi;

  2. Qo’shni davlatlar bilan munosabatlar;

  3. Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar.



Markaziy Osiyoning hudud jihatidan eng yirik respublikasi — Qozog'is­tonda uchta urug' ittifoqi — juzlarga bo'linishni yo'qotmagan qozoqlar aholi-ning 40 foizini tashkil etadi. Asosan respublika shimolida yashovchi ruslar ham aholining 40 foizini, ukrainlar, nemislar, o'zbeklar, qirg'izlar, tatarlar, uyg'urlar qolgan 20 foizini tashkil etadi.
1986-yilda Olmaotada ittifoq markazi ko'rsatmasiga ko'ra respublika va kompartiya rahbariyatining o'zgarishiga qarshi ommaviy norozilik qozoqlarda milliy o'zlikni anglash tiklanishining cho'qqisi bo'ldi. Norozilik qatnash-chilarining shafqatsiz jazolanishi ko'pchilikning g'azabini qo'zg'atdi. Shu bilan birga, Qozog'iston hududida yadro sinovlari o'tkazilishi va ularning oqibatlariga qarshi harakat kuchaya boshladi. Qozoq aholi ichida qozoq tilining ilgarigi mavqei va yozuvining tiklanishi, qozoq xalqi tarixi, mada-niyati va dinining o'rganilishi va tiklanishi to'g'risidagi talablar ommaviy-lashdi.
1989-yil bahoridagi SSSRXalq deputatlari syezdida qatnashgan respublika vakillari sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlaridan iborat edi. Kuzda Oliy Sovet qozoq tilini davlat tili, rus tilini millatlararo so'zlashuv tili, deb e'lon qildi.
Kompartiya rahbari N. Nazarboyev respublika ko'p millatli jamiyati birligini va Gorbachyovning SSSRni saqlab qolishga urinishlarini qo'llab-quvvatladi. Oliy Sovet 1990-yil bahorida uni Prezident etib sayladi, oktabrda esa, qarshiliklarga qaramay, Qozog'iston suverenitetini e'lon qildi. Hukumat 70 foizi ittifoq markazi ixtiyorida bo'lgan barcha zaxiralarni respublika mulkiga aylantira boshladi. Moskvadagi avgust to'ntarishini (xuntasini) respublika rahbariyati jimlik bilan kutib oldi, so'ngra hukumat amalda tarqalib ketgan kompartiya mulkini milliylashtirdi.
Qozoq va rus xalqlarini hamjihatlikka va Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlab qolishga chaqirgan Nazarboyev 1991-yil oxiridagi umumxalq saylovlarida yana Prezident etib saylandi. Ammo Oliy Sovet Qozog'iston mustaqilligi to'g'risida hammadan keyin — 1991-yil 16-dekabrda dekla-ratsiya qabul qildi.
Davlatchilik shakllanishi uchun bir necha yil kerak bo'ldi. 1993-yil boshlarida Oliy Sovet qabul qilgan Qozog'iston Respublikasi Konstitutsiyasida prezidentga keng vakolatlar berilishi va konstitutsion sud tashkil qilinishi belgilangan edi. Ammo unda aholining milliy tavofutlari, islohotlar kelajagi hisobga olinmadi va sovet (kengashlar) tizimi saqlab qolindi. 1993-yilning oxiridayoq Nazarboyev boshchiligidagi rahbariyat bu konstitutsion tizimning yangi muammolarini hal etish uchun yetarli emasligini fahmlab yetdi. Sovetlarning o'z-o'zidan tarqalib ketishiga 1993-yil kuzida Rossiyada ro'y bergan voqealar turtki bo'ldi. Qozog'istonda sovetlarning tarqalib ketishiga hech kim qarshi chiqmadi — «tinchgina davlat to'ntarishi» ro'y berdi.
1994-yil mart oyidagi yangi qonun chiqaruvchi organ saylovlari urug'-aymoqlar va guruhlar tomonidan qonunlarning qo'pol buzilishi bilan o'tdiki, konstitutsion sud tergov o'tkazgandan so'ng bu saylovlarni haqiqiy emas deb hisobladi. Prezident saylangan deputatlarni tarqatishga majbur bo'ldi va qonun chiqaruvchi hokimiyat vaqtincha uning qo'liga o'tdi.
Konstitutsiya va parlamentning yangilanishigacha siyosiy barqarorlikni saqlab qolish uchun Qozog'iston xalqlari Assambleyasi qarorlariga ko'ra o'tkazilgan referendum prezident vakolatini 2000-yilgacha uzaytirdi.
Konstitutsiyaga ko'ra, umumxalq saylovlarida saylanadigan keng vakolatlarga ega bo'lgan prezident ijro etuvchi hokimiyatni boshqaradi, qonun chiqaruvchi hokimiyat esa senat va majlisdan iborat ikki palatali parlamentga tegishlidir.
1995-yilning oxirida hukumat tomonidan senatga ko'rsatilgan nomzod-larning bilvosita va muqobilsiz saylovlari hamda orasida muxolifat vakillari bo'lmagan majlisga ko'rsatilgan ko'p sonli nomzodlar o'rtasida keskin kurash bilan umumxalq saylovlari bo'lib o'tdi.
Prezident va uning tarafdorlari, ommaviy axborot vositalari va har ikki yilda bir marta saylanadigan parlament deputatlarining bir qismi urug'-aymoqlar va guruhlarning ig'volariga qarshilik qilib, korrupsiyaga qarshi kurashib va radikal-milliy qozoqlar va ruslar hamda islomiy tanqidchilarning yo'lini to'sib qo'ygan holda saylovlarni to'la boshqarib bordi. Ko'p millatli jamiyatni birlashtirish uchun prezident qoshida maslahat-mashvarat organi — Qozog'iston xalqlari Assambleyasi tuzildi.
Prezident tashabbusi bilan 1997-yilda, qozoq-rus birligini mustahkamlash va eng kuchli juz ta'sirini susaytirish maqsadida, poytaxt mamlakatning janubi-sharqiy burchagidajoylashgan Olmaotadan ko'pchilik aholisi ruslardan iborat bo'lgan va eng muhim industrial-agrar mintaqada joylashgan Ostona shahriga ko'chirildi.
2000-yilda qabul qilingan qonun prezidentga muddati tugagandan so'ng ham sobiq prezident sifatida hukumat siyosatiga aralashishga to'la imkon berdi.
Nazarboyev tomonidan 15—20 yilga mo'ljallangan samarali ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish qiyinligi oshkor bo'ldi. Tabiiy resurslarni qayta ishlovchi sohalar ularni qazib oluvchi sohalarga nisbatan orqada qoldi, chunki sanoatdagi deyarli barcha jihozlar eskirgan edi. G'alla yetishtirish va chorvachilikda mashinalar va zamonaviy texnologiyalar yetishmas edi. Eng asosiysi — ittifoq buyurtmalari va investitsiyalarining to'xtab qolishi tarqoq sohalar sharoitida sanoat va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining keskin pasayishiga olib keldi, natijada 1991-yildan to 1996-yilgacha bo'lgan davrda Qozog'iston yalpi ichki mahsuloti (YA1M) 31 foizga qisqardi.
Sanoat mahsulotlari va, hatto, oziq-ovqat yetishmas edi. Mehnatkashlar-ning asosiy qismi ishsiz qoldi. Inflatsiya tez o'sa boshladi. Qish paytida uylar isitilmas, korxonalar to'xtab qolardi. Yem yo'qligidan qoramol qirilib ketdi. Shunda iqtisodiy islohotlar Milliy kengashi tuzildi. Hissadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalar aksiyalarining 50 foizi awaliga davlat ixtiyorida qoldi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi osh-gandan keyin bu aksiyalar sotilardi. Yerni mulk sifatida emas, balki uzoq muddatli ijaraga berish ma'qulroq, deb topildi. Jinoyatchilikka, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirildi. Monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilindi.
1994-yildan Qozog'iston valutasi — tenge muomalaga kirdi. Ammo narx-navo o'sishi davom etdi va tengeni mustahkamlash uchun XVF dan yordam olindi. Xorijiy kompaniyalarga mamlakat tabiiy resurslarini ishlab chiqarish uchun litsenziyalar berildi, ular ishtirokida neft va gaz qazib olish va Kaspiy orqali Yevropaga hamda Xitoyga quvurlar yotqizish uchun qudratli korporatsiyalar barpo etila boshlandi.
1996—1998-yillarda xususiylashtirish davom etishi natijasida xususiy sektor ancha o'sdi. Davlat ixtiyorida ilgarigi mulkning atigi 16,1 foizi qoldi, ularning ham 45 foizi xorijiy kompaniyalar qo'liga o'tdi.
Bir necha milliard dollar investitsiya jalb etildi, inflatsiya pasaydi va 1996—1997-yillardan boshlab ishlab chiqarish o'sa boshladi. Shu bilan birga iqtisodiyotda xususiy sektor afzalligi mustahkamlandi, u asr oxiriga kelib Qozog'iston yalpi mahsulotining 75 foizini ishlab chiqara boshladi.
Rossiyadagi 1998-yil inqiroziga bog'liq qiyinchiliklarga qaramasdan, neft va boshqa qimmatbaho xomashyoni sotishdan kelgan daromadlar hissa-dorlikning oshishi, ishlab chiqarish va yalpi ichki mahsulot o'sishiga yordam berdi.
Ijtimoiy muammolarni hal qilish yo'llarini izlash faollashmoqda. Mulkdorlar yangi sinfini shakllantirish, bandlikni va nochor oilalarga yordamni kuchaytirishdan tashqari, hukumat aholi demografik tarkibini qozoqlar foydasiga hal qilishga urinmoqda. Tug'ilishning nihoyatda ko'pligi, qo'shni mamlakatlardagi qozoqlar bir qismining ko'chib kelishi, ruslarning emigratsiyasi tufayli qozoqlar ulushi tobora oshib bormoqda. Ruslarning ko'chib ketishini hukumat rag'batlantirayotgani yo'q, ammo boshqaruvning «qozoqlashib» borishi va qozoq madaniyatining ustunligi ularni Rossiya Federatsiyasiga ko'chib ketishga majbur qilmoqda. Hukumat qozoqlarning butun mamlakat bo'ylab tarqalishiga katta e'tibor bermoqda. Asr oxirida qozoqlar allaqachon aholining yarmini tashkil etdi.
Qozog'istonning xalqaro xavfsizligi va yadro qurolini tarqatmaslik shart-nomasiga qo'shilishi kafolati bilan Qozog'istonga SSSRdan meros qolgan raketa-yadro qurolining Rossiya Federatsiyasida zararsizlantirilishi to'g'risida kelishib olindi. Baykonur kosmodromining Rossiya Federatsiyasi tomonidan ijaraga olinishi va undan foydalanishning xavfsizlik shartlari ishlab chiqilgan. Qozog'iston MDHni mustahkamlashni faol qo'llab-quwat-laydi va eng muhim savdo sheriklari Rossiya Federatsiyasi hamda Belorus-siya bilan bojxona ittifoqi, qo'shni Markaziy Osiyo respublikalari bilan iqti-sodiy integratsiya to'g'risida shartnoma tuzdi. U MDH davlatlari bir qismi bilan harbiy sohada hamkorlik qiladi va o'z qurolli kuchlarini vujudga keltirdi.
Nazarboyevning «ko'p yo'nalishli tashqi siyosati» MDH doirasidan ham tashqariga chiqdi. Qozog'iston Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari hamda Turkiya, Eron, Yaponiya va Malayziyaga o'z xomashyo-sini berish, ulardan kreditlar, investitsiya va yuksak texnologiyalarni keltirish yo'li bilan hamkorlik qiladi. U 10 ta Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOH) da ishtirok etadi. Qozog'iston YEXHT a'zosi, NATO bilan hamkorlik qiladi, Shanxay Hamkorlik Toshkiloti (SHHT)ning a'zosidir. Keng va ko'p tomonlama aloqalar islohotlar va iqtisodiyotni rivojlantirish hamda xavfsiz-likni ta'minlash, jumladan, islom fundamentalizmining tahdidini bartaraf etishga imkon beradi. O'zbekiston bilan abadiy do'stlik to'g'risida shartnoma imzolagan. Qo'shnichilik aloqalari kuchaymoqda.
Hozirgi vaqtda Qozog'iston agrar-industrial mamlakat bo'lib, 2006-yilda YAIM 77,9 mlrd dollarga yetdi va aholi jon boshiga 5120 dollarni tashkil etadi. Neft va neft mahsulotlari, rangli va qora metall, ruda, g'allani eksport qiladi. Temir ruda zaxiralari bo'yicha dunyoda 8-o'rinda turadi. Dunyoda mis eksporti bo'yicha yetakchi o'rinlardan birida turadi. G'alla yetishtirishda MDH mamlakatlari ichida uchinchi o'rinni egallaydi.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish