32-mavzu: Belorussiya Respublikasi mustaqilligining tiklanishi va rivojlanishi Reja:
Mustaqillikning tiklanishi;
Belarussiya va Rossiya munosabatlaridagi o’zgarishlar;
Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar.
Mustaqillikka erishish va taraqqiyot yo'lini tanlash Belorussiya uchun murakkab va qiyin bo'ldi. Aholining 76 foizi belorus millatidan iborat bo'li-shiga qaramasdan, u SSSR ittifoqdosh respublikalari ichida eng ruslashgani edi: belorus tili, madaniyati va milliy o'zlikni anglash chetga surib qo'yilgan edi. Respublika SSSR Qurolli Kuchlari uchun eng muhim platsdarm (urush maydoni) vazifasini o'tardi.
80-yillarda faollashgan belorus tili va madaniyati, milliy o'zlik va ruhiyat himoyachilari 1989-yilda Z. Poznyak boshchiligida Belorus xalq frontini tuzdi, kelasi yili esa bir nechta liberal vatanparvar va liberal-demokratik kayfiyatdagi tashkilotlar ham tuzildi. Ammo ularni aholining atigi to'rtdan bir qismi qo'llab-quvvatladi. -: Tarkibi ko'pchilik kommunistlardan iborat bo'lgan hukumat va Oliy Sovet aholi ehtiyojini qondirish uchun iqtisodiy mustaqillik, ya'ni xo'jalikning respublika ixtiyoriga to'la o'tishini yetarli deb hisobladi. 1991-yilda Minsk shahrida Oliy Sovet tomonidan Belorussiya mustaqilligining e'lon qilinishi va Oliy Sovet Raisi S. Shushkevich tomonidan SSSRning parchalanganligi to'g'risidagi Belovej hujjatining imzolanishi kommunistlarning Belorussi-yadagi hokimiyatini Rossiya va boshqa respublikalarda g'alaba qilgan liberal-islohotchilar hujumidan himoya qildi.
Ammo SSSR parchalanishi bilan Belorussiya sanoati buyurtmalarning 86 foizidan hamda respublikada mavjud bo'lmagan xomashyo va energiya manbalari oqimidan mahrum bo'ldi. SSSR harbiy platsdarmining yo'qolishi Belorussiyani daromadning yana bir manbayidan mahrum qildi. 1992-yildayoq ishlab chiqarish 21 foizga, 1994-yilda esa 40 foizdan ko'proqqa qisqardi. Inflatsiya halokatli tus oldi, aholi qashshoqlashdi. V. Kebich hukumati tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish orqali inqirozni bartaraf etish dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1991-yilda korxonalarni xususiylashtirish va ishlab chiqarish tuzilmasini qayta qurish boshlandi, keyinchalik «shoksiz bozor munosabatlariga o'tish» dasturi taklif qilindi. Ammo bum amalga oshirish uchun mablag' topilmadi.
Oliy Sovet raisi S. Shushkevich bo'hton va ayblovlar bilan vazifasidan chetlashtirilgandan so'ng, 1994-yilda prezidentning umumxalq saylovlari orqali saylanishini ko'zda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Saylovlarning ikkinchi bosqichida «men o'nglar bilan ham, so'llar bilan ham emas, balki xalq bilan birgaman» deb bayon qilgan A. Lukashenko g'alaba qozondi. U korrupsiyaning oldini olish va Rossiya bilan birlashish orqali farovonlikka erishishni va'da qildi.
Keyinchalik may oyida (1994) Lukashenko yangi parlament saylovlari bilan birgalikda referendumni ham o'tkazdi. Bu referendum oldingi davlat ramzlarini (belgilarni) qaytardi, rus tilini hali o'z mavqeyiga ega bo'lishga ulgurmagan belorus tiligatenglashtirdi, Rossiya bilan qo'shilishni ma'qulladi va, eng asosiysi, prezidentning parlament ustidan hukmronligini ta'minladi.
Faqatgina dekabr oyiga kelib yakunlangan parlament saylovlari natijalari muxolifatni bostirish va islohotlarni to'xtatishga urinayotgan Prezidentga ma'qul emas edi. Hukumat kolxoz va sovxozlar tizimining uchdan ikki qismi kasod bo'lish holatida ekanligiga qaramasdan, ularni saqlab qoldi. Prezident endigina boshlanayotgan xususiylashtirishni to'xtatdi, iqtisodiyot davlat tomonidan boshqarilishini va narxlar tartibga solinishini kuchaytirdi, tadbirkorlikni butunlay to'xtatdi. Rossiyadan imtiyozli narxlar bilan energiya resurslarining sotib olinishi hukumatga ishlab chiqarishni o'stirish va qashshoqlikni barqaror saqlashga imkon berdi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli og'irligicha qolmoqda edi. Hukumat prezident tanlagan yo'lga qarshi turuvchilarga shafqatsizlik bilan munosabatda bo'ldi.
Lukashenko o'z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida 1996-yilda referendum o'tkazish yo'li bilan ham parlament, ham konstitutsion sud vakolatlarini cheklashga erishdi. U parlamentdan muxolifat vakillarini chetlashtirdi va o'z vakolatlarini uzaytirishga erishdi. Bu voqealar va qatag'onlarning kuchayishi Belorussiyada avtoritar tuzum shakllanishiga olib keldi. Parchalangan milliy-demokratik muxolifat kuchlari hech qanday ta'sirga egabo'lmay qoldi.
Avtoritarizm yo'li bilan mamlakatning «bo'ysunuvchanligi»ga erishish hukumatga 2000-yilda korxonalarni xususiylashtirish, kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash, soliq tizimini isloh qilish, eksportni yanada rivojlantirishga qaratilgan besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Dasturini qabul qilish imkonini berdi. Ammo og'ir moliyaviy-iqtisodiy ahvol uni amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
1997-yil bahorida Belorussiya va Rossiya o'rtasida ikkala davlat Ham-do'stligini tuzish to'g'risidagi shartnoma, 1999-yil oxirida esa har bir mam-lakat o'z suverenitetini saqlab qolgan holda dualistik davlat tuzish to'g'risida ittifoq shartnomasi imzolandi. Lukashenko Rossiya tomonidan hech qanday shartlarsiz Belorussiya qarzlarining katta qismidan voz kechilishiga va Rossiyadan xomashyo hamda energiya resurslarini imtiyozli narxlarda olib turishga muvaffaq bo'ldi.Ammo kelishuvlarning amalga oshirilishini ikkala mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning sustligi va iqtisodiyot hamda siyosiy tuzumning keskin farq qilishi murakkablashtirmoqda. Rossiya va Belorussiya hukumat-lari bajarish amri mahol bo'lgan ishga qo'l urgan: ular turli mafkuraviy-siyosiy tuzumga ega davlatlar konfederatsiyasini tuzmoqchilar.Belorussiyada 2006-2010-yillarga mo'ljallangan rejada asosan kichik o'rta korxonalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. 2007-yilda yillik o'sish 8 foizni tashkil qildi. Import eksportga nisbatan yuqori (2,5 mlrd dollar). Eksportning asosini neftni qayta ishlash mahsulotlari tashkil qiladi. 2007-yilga kelib eng kam ish haqi 81,1 dollarni, yosh bo'yicha o'rtacha pensiya 160 dollarni tashkil etdi. 40 mingdan ortiq malakali ishchilar va 3 mingdan ortiq injener-texnik xodimlar metallurgiya sanoatida ishlaydi. Metallurgiya bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishda 2006-yilda Belorussiya MDH mamlakatlari ichida to'rtinchi o'rinni egallaydi. Belorussiya territoriyasidan g'arbga Rossiyaning katta neft va gaz quvurlari o'tadi va Rossiyaning 27 foiz gazi Belorussiya orqali eksport qilinadi.