О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet192/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Pokiston 60-70-yillarda M. Ayubxon hukumati siyosiy partiyalar faoliya-tini taqiqlab qo'ydi. Ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq senzura o'rnatdi. Ayni paytda mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar boshlandi. Chunonchi, 1959-yilda agrar islohot o'tkazildi. Unga ko'ra, katta yer egaligi 500 akr (200 gektar) hajmida cheklab qo'yildi. Ortiqcha yerlar sotib olindi va ular kam yerlilarga sotildi. Bundan tashqari, hukumat qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Sanoat, savdo, soliqqa tortish sohasida o'tkazilgan qator tadbirlar ishlab chiqarishning o'sishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bu omillar Pokistonning iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Biroq islohotlarning cheklanganligi va izchil bo'lmaganligi Pokistonning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashga imkon bermadi. Chetdan millionlab tonna oziq-ovqat mahsulotlari keltirishga majbur bo`lindi. Mamlakatda harbiy holat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni tushunib yetgan M. Ayubxon 1962-yil 8-iyunda harbiy holatni bekor qildi. Mamlakatning yangi konstitutsiyasi 1962-yilda qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. Musulmon Ligasi partiyasi yetakchi partiya bo'lib qoldi. Uni M. Ayubxonning o'zi boshqardi. 1965-yilda M. Ayubxon yangi muddatga Prezident etib saylandi.
Mamlakatning tashqi siyosatida bir yoqlamalikdan (ya'ni, g'arb davlatlari bilan yaqinlashishdan) qaytish yuz bera boshladi. Osiyo va Afrika davlatlari bilan munosabatlarda ijobiy tomonga o'zgarish yuz berdi. Pokiston Isroilning arab davlatlariga qarshi agressiyasini qoraladi. SEATO va SENTO harbiy-siyosiy ittifoqlaridagi ishtirokini cheklab qo'ydi. Ayni paytda Hindiston bilan munosabatlarda o'zgarish yuz bermadi. Bu davlatlar o'rtasida 1965-yilning o'zida ikki marta qurolli to'qnashuv yuz berdi. SSSR bu ikki davlat munosabatlarini normallashtirish uchun barcha diplomatik choralarni ko'rdi. 1966-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri L. B. Shastri va M. Ayubxon o'rtasida ikki davlat munosabatlarini normal­lashtirish haqida kelishuvga erishildi.
Biroq Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Buning asosiy sababi — mamlakatning iqtisodiy qoloqligi oqibatida aholi turmushi past darajada qolayotganligi edi. Mamlakatni ish tashlash, namoyish to'lqini qamrab oldi. Ayni paytda Sharqiy Pokistonda milliy harakat kuchaydi.
Repressiya vaziyatni yanada keskinlashtirdi, xolos. Mamlakatda vujudga kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M. Ayubxonni iste'fo berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qo'mondoni general Yahyoxon qo'liga o'tdi. U mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Biroq bu siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermadi. 1970-yil dekabrda Pokiston tarixida birinchi marta umumxalq saylovlari o'tkazildi. Mamlakat­ni demokratik asosda qayta qurish dasturi bilan chiqqan partiyalar — Sharqiy Pokistonda M. Rahmon boshliq «Avomi liga», G'arbiy Pokistonda Z. A. Bxutto boshliq Xalq partiyasi g'alaba qildi. Lekin hokimiyatga birdaniga kelolmadi. Hukumat repressiya boshladi. Bunga javoban, 1971-yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. 26-mart kuni Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi.
Bu harakatni Hindiston qo'llab-quvvatladi. Oqibatda Pokiston — Hindiston urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g'arbiy frontdagi armiyasi yengildi, Bangladeshdagi armiyasi esa taslim bo'ldi. Mag'lubiyat Yahyoxon harbiy diktaturasining quiashiga olib keldi. Shu tariqa fuqarolik hukumati tuzilishiga yo'l ochildi. 1971-yil 20-dekabrda Pokiston Xalq partiyasi hokimiyatga keldi. Uning rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh vazir lavozimini egalladi. Yangi hukumat harbiy holatni bekor qildi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarini, bank va sug'urta kompaniyalarini milliylashtirdi.
Mamlakatda agrar islohot o'tkazildi. Unga ko'ra, katta yer egaligi hajmi 150 akr (60 ga) bilan cheklab qo'yildi. Ortiqcha yerlar kam yerli va yersiz dehqonlarga tekinga bo'lib berildi. Bu islohot 1977-yilda yana davom ettirildi. Endi yer egaligi hajmi 100 akr (40 gektar) bilan cheklab qo'yildi.
Soliq o'ziga to'q dehqonlardan va katta yer egalaridan olinadigan bo'ldi. Mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta'minoti joriy etildi. 1973-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko'ra, Pokiston parlament respublikasi deb e'lon qilindi. Z. Bxutto hukumati xalqaro miqyosda real vaziyatni hisobga olgan holda siyosat yurita boshladi. Chunonchi, 1972- yilda Pokiston SEATO dan chiqdi. 1974-yilda Bangladesh Respublikasini tan oldi. 1976-yilda esa Hindiston bilan diplomatik aloqasini tikladi.
Biroq fuqaro hukumati ko'p yashamadi. 1977-yilning 5-iyunida Pokiston tarixida ikkinchi marta harbiy to'ntarish amalga oshirildi. Bunga mamlakatda yuz bergan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz yoi ochgan edi. Chunonchi, 1973-yilda Yaqin Sharqdagi urush munosabati bilan yuz bergan energetika inqirozi Pokiston iqtisodiga katta salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Mamlakatda keng iste'mol tovarlarining narxi ko'tarilib ketdi. Ishsizlar soni kundan-kunga oshib bordi. Bu hoi boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazishga imkon bermadi. Buning ustiga diniy mutaassiblar 1974-yilda yirik jamoaviy to'qnashuvni keltirib chiqardilar. Natijada 1975-yilning fev-ralida Z. Bxutto hukumati asosiy muxolifatchi partiya — Milliy Xalq partiyasi faoliyatini taqiqlab qo'yishga majbur bo'ldi. Og'ir siyosiy sharoitda bo'lsa ham 1977-yilda parlament saylovi o'tkazildi. Unda Z. Bxutto partiyasi g'alaba qozonganligi e'lon qilindi. Biroq muxolifatchi partiyalar ittifoqi — Pokiston Milliy Alyansi buni tan olmadi va hukumatga qarshi keng kampaniyani avj oldirdi. Shunday sharoitda, yuqorida ta'kidlanganidek, harbiylar navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar.
1977-yil 5-iyulda hokimiyat general Ziyoulhaq qo'liga o'tdi. Mamla­katda harbiy holat joriy etildi. Z. Bxutto hibsga olindi va Jahon jamoat-chiligining e'tiroziga qaramay, 1979-yilda qatl etildi. J973-yilgi Kons-titutsiyaning amal qilishini to'xtatib qo'ydi, parlamentni tarqatib yubordi. 1979-yildan barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ziyoulhaq jamiyat hayotini to'la islomlashtirish siyosatini yuritdi. 1979-yilda Pokiston SENTO blokidan chiqdi. Qo'shilmaslik harakatining qatnashchisi bo'ldi. 1981—1987-yillarda AQSHdan 3,2 mlrd miqdorida harbiy-iqtisodiy yordam oldi. Harbiylarning navbatdagi hokimiyatdan ketishiga Ziyoulhaqning 1988-yil 17-avgust kuni samolyot halokati oqibatida halok bo'lishi sabab bo'ldi. G'ulom Is'hoqxon Prezident bo'lib qoldi.
Shu yilning 16-noyabr kuni parlament saylovi o'tkazildi. Unda Z. Bxut-toning qizi — Benazir Bxutto boshqargan Pokiston Xalq partiyasi g'alaba qozondi va u Bosh vazir lavozimini egalladi.
B. Bxutto ba'zi xatolarga yo'l qo'ydi. Uni korrupsiyada ayblab, 1990-yilda hokimiyatdan chetlatishdi. Uning o'rniga Navoz Sharif bosh vazirlikka tayinlandi. Lekin ahvol tinchimadi. Prezident Legari yangi saylov o'tkazishga majbur bo'ldi.
1993-yilgi parlament saylovida ham B. Bxutto partiyasi g'alaba qozondi. Biroq ichki siyosiy vaziyat nihoyatda chigal bo'lgan Pokistondek davlatni boshqarish oson emas edi. Siyosiy tajribasizlik B. Bxuttoga mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlash imkonini bermadi. U yana korrupsiyada ayblandi.
1997-yilgi saylovda esa Pokiston Musulmon Ligasi g'olib chiqdi. Uning rahbari N. Sharif bosh vazir lavozimini egalladi. Bu partiya hukmronligiga oxir-oqibatda navbatdagi — uchinchi harbiy to'ntarish chek qo'ydi. Bu davrda mamlakat tashqi qarz botqog'iga botgan edi. Hindiston bilan munosabatning yomonligi Pokistonni katta harbiy xarajatlar qilishga majbur etardi. Bu esa tashqi qarzning tobora ortishiga olib kelgan asosiy omil edi. 1999-yilning may oyida o'tkazilgan yadro bombasi sinovi juda katta xarajatlar evaziga, xalq ommasi rizqi evaziga amalga oshganligi sir emas.
Biror-bir siyosiy partiya mamlakatni inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo'la olmadi. Ular uchun bir-birlarini korrupsiyada ayblash odatiy holga aylanib qoldi. Bu esa aholi ko'z o'ngida ularning obro'sini to'kdi.
Harbiylar vujudga kelgan vaziyatdan yana foydalandilar. 1999-yilning 3-oktabrida ular hokimiyatni qoiga oldilar. Armiya bosh shtabi boshlig'i general P. Musharraf o'zini prezident deb e'lon qildi. Pokistonda harbiy diktatura hukmronligi hamon davom etmoqda. Mustaqillik yillarida Pokiston va Hindiston taraqqiyotini taqqoslaydigan bo'lsak, ular o'rtasida qator jiddiy farqlar borligini ko'rish mumkin. Masalan, Hindiston parlament respublika-si bo'lsa, Pokiston prezidentlik respublikasidir. Sh. Aziz Bosh vazir lavozimida ishlamoqda. Pokistonda jamiyat hayotini diniy asosda qurish bu davlat hududiy yaxlitligiga tahdid solmaydi. Hindistonda esa bu omil uning parchalanishiga sabab bo'lishi mumkin. Pokistonda 3 marta harbiy to'ntarish sodir boigani holda, Hindistonda biror marta ham bunday hodisa sodir bo'lgani yo'q.
Ayni paytda, har ikki davlat mustaqillik yillarida sanoat potensialini yarata oldi. Hindiston bu borada ancha ilgarilab ketdi ham. Buning misoli o'laroq, u 1980-yilda o'zining sun'iy yer yo'ldoshini uchirishga muvaffaq bo'ldi. Har ikki davlat ham yadro qurolini sinovdan o'tkazishga erishdi. Bu hodisa Osiyoda tinchlikning barqaror bo'lishiga xizmat qilmaydi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish