О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Turkiya —O'zbekiston munosabatlari



Download 4 Mb.
bet200/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Turkiya —O'zbekiston munosabatlari Turkiya O'zbekiston mustaqilligini birinchi boiib tan olgan mamlakatdir. 1991-yil dekabrda O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Mamlakat Prezidenti Turgut O'zal, Bosh vazir Sulaymon Demirel va ishbilarmonlar bilan uchrashib, O'zbekiston Respublikasi va Turkiya jumhuriyati o'rtasidagi aloqalarning asos va maqsadlari to'g'risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomada mamlakatlarimiz o'rtasidagi ma'naviy, ruhiy yaqinlik ta'kidlandi. Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport, turizm va boshqa bitimlar imzolandi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko'tarishda 1992-yil aprelida Turkiya Bosh vaziri Sulaymon Demirelning respublikamizga tashrifi katta rol o'ynadi. Turklarning «Interner», «O'zturk», «O'zyuksal», «Dogu ilag», «Yazeks», «Bursel» va boshqa firmalari O'zbekistonda keng faoliyat ko'rsatdi.
1993-yil aprelida Turkiya Prezidenti T. O'zalning O'zbekistonga tashrifi, ayniqsa, samarali bo`ldi. «Daromad va mol-mulkka ikki tomonlama soliq solmaslik to'g'risida», «Terrorizm, g'ayriqonuniy qurol va giyohvand moddalar tarqatishga qarshi kurash to'g'risida» bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi. 1993-yilda O'zbekistonga 240 mln dollar miqdorida turli tovarlar keltirildi.
Turkiyaning yordami bilan Qoraqalpog'istonda «Kateks», «Elteks», Buxoroda «Vardonze» (erkaklar ko'ylagi tikishga moslashgan) va boshqa ko'plab korxonalar qurildi. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo'l» avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega. Turklar O'zbekiston-dagi ko'plab mehmonxonalarni qayta ta'mirlashda yordam ko'rsatdilar. Ikki mamlakat o'rtasida madaniyat, fan sohasida ham aloqalar kuchayib bormoqda. Turkiya bilan O'zbekiston o'rtasida abadiy do'stlik to'g'risida shartno­ma imzolangan.


Savol va topshiriqlar:

  1. Urushdan keyingi yillarda Turkiyaning ahvoli qanday edi?

  2. Demokratik partiya qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?

  3. 1960-yilda nega davlat to'ntarishi o'tkazildi?

  4. 1971-yildagi davlat to'ntarishini kimlar o'tkazdilar?

  5. Turgut O'zal siyosatini so'zlab bering.

  6. Turkiya tashqi siyosati qanday bo'ldi?

  7. 2.Turkiya — O'zbekiston aloqalari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  8. Qachon Turkiya Prezidenti T. O'zalning O'zbekistonga tashrif buyurdi?

B/B/B jadvali




Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish