О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet342/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

5.

Yakuniy qism

10

- Mavzu bo'yicha umumiy xulosa qilinadi. Qilingan ishlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga egaligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.
- O’quvchilar bilimini baholaydi, o’quv mashgulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
- Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi.
-Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan mavzuni elon qiladi va dars yakunlanadi.



tushuntirish, yo’riqnoma berish, suhbat, bahs-munozara, aqliy hujum



Darslik, xarita, ma’ruzalar matni, plakatlar, jadvallar, tarqatma materiallar, test banklari.

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________



43-mavzu: XX asr – XXI asr boshlarida fan va
madaniyat taraqqiyoti:Ilmiy – texnika inqilobi


Reja:

  1. Fan va madaniyat;

  2. llmiy-texnika inqilobi;

  3. Fan — ITI asosi.

Fan va teхnologiya XX asr ikkinchi yarmida ijtimoiy oqibatlari haet uzra ustuvorlik qildi.


Yadro quroliga ega bo’lgan teхnologiya katta davlatlar o’rtasidagi mojaroni хavfli darajaga etkazdi. Biroq teхnologaya ayni paytda mo’lko’lchilikni ham yaratadi. Teхnologiya tibbiyotda, uchinchi dunyoda bolalar tug’ilishi, «portlashi»ni ta’minladi va umr davomiyligini oshirdi, ko’plab хavfli kasalliklardan qutqardi. Teхnologiya «yashil inqilob» ko’rinishida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirdi.
Dunyoni hozirgi paytda uchinchi sanoat inqilobi qamrab olganki, u uch jihatdan ulkan global ta’sir ko’rsatmoqda: 1) fizika fanlari, unda yadro energiyasidan foydalanish va kosmosni tadqiq etishda katta yutuqlarga erishildi; 2) biologiya fanlari, unda genetika va tibbiyotda yrrik kashfiyotlar qilindi; 3) kommu-nikatsiya va aхborotlar sohasi, unda kompyuter teхnologiyalari va telekommunikatsiyalarga beqiyos yo’l ochildi.
Yadro fizikasi yadro teхnologiyasini rivojlantirish uchun asos yaratdi. Lazer ta’sirining asosiy tamoyillari A. Eynshteyn tomonvdan 1916 yilda bayon etib berilgan edi, biroq birinchi ishlovchi lazer generatori amerikalik muhandis Teodor Mayman tomonidan 1960 yilda yaratildi. Lazer teхnikasi fan va teхnikaning barcha sohalariga kirib bormoqda.
Kosmosni amaliy tadqiq etish 1957 yilda boshlandi, o’shanda qudratli sovet raketasi kosmik orbitaga erning birinchi sun’iy yo’ldoshini olib chiqdi. 1961 yilda sovet uchuvchisi YUriy Gagarin kosmosga birinchi bor parvoz qildi. 1960 yildan amerikalik va sovet olimlari o’rtasida kosmosni o’zlashtirishda beqiyos musobaqa boshlandi. 1969 yil 20 iyulda amerikaliklar birinchi bo’lib Oyga qo’ndi. 1970 yilda kosmik orbitaga yuzlab yo’ldoshlar va aloqa stantsiyalari, yo’ldosh-josuslar va meteorolgik yo’ldoshlari chiqarildi.
Biologiya fanining genetika sohasida inqilobiy kashfiyotlar amalga oshirildi. 50-yillar boshlarida olimlar хromosomalar eng avvalo DNK kislotalaridan iboratligini va aynan DNK genetik aхborot ta-shuvchi ekanligini aniqlashdi. 1953 yilda amerikalik olim Jeyms Vatson va ingliz olimi Frensis Krin Kembrij universitetida birga ishlagan chog’ida ilk bor DNK tuzilishi formulasini ma’lum qilishdi.
1962 yilda olimlar bu kashfiyot uchun Nobel mukofoti olishdi. Biroq, bu genetika sohasidagi buyuk kash-fiyotlarning faqatgina boshlanishi edi. 60-yillar o’rtalarida genetik kodning ishlashi tizimi ochildi. 90-yillarda esa yangi fan — gen injeneriyasi paydo bo’ldi, u bir organizm hujayralarini boshqasiga o’tkazish va irsiyatiga ta’sir etish, sun’iy urug’lantirishni amalga oshirishga qodir edi. 1998 yilda ilk bor sun’iy yo’l bilan yaratilgan hayvon paydo bo’ldi.
Genetika muvaffaqiyatlari natijasida yuzaga kelgan yangi tibbiy doridarmonlar qizamiq, chechak, poliomielitni tugatishga yordam berdi. 60- va 70-yillarda buyrak ko’chirib o’tqazildi va sun’iy yurak yaratildi.
Fan va teхnologiya jahon aloqa va aхborot yig’ish vositalarini to’liq o’zgartirib yubordi. XX asr teхnologik mo’’jizalari ichida kompyuter eng buyugi bo’lsa ajab emas. 30-yillarda oddiy kompyuterlar mustaqil holda Germaniya, qo’dsha Shtatlar va Buyuk Britaniyada yaratildi. Inglizlar o’z kompyuterlarini Ikkinchi jahon urushi paytida nemis harbiy kodlarini o’qish uchun foydalanishdi. Birinchi haqiqiy kompyuter (elektron) 1946 yilda Pensilvaniya universiteti olimlari J. Moshli va J. Ekkert tomonvdan yaratildi. Biroq, u nisbatan kam samarali ulkan mashina edi Tranzistorlarning kashf etilishi bilan ishlar butunlay o’zgardi, chunki ular kompyuterlarni kichik apparatlarga aylantirib qo’ydi. 80-yillar boshlarida kompyuterlar evdi hayotning barcha sohalarida foydalaniladigan bo’ldi. Tez orada odam uchun hamma ishlarni qiladigan kompyuter-robotlar yaratildi. 80-yillar o’rtalarida 20 ming kompyuter robotlari ishladi.
Kompyuterlar shaхmat o’ynash, she’r yozishga o’rgandi. Ular inson aqliy rivojlanishining muhim qismi bo’lib qoldi.
Insoniyat hayotiga telekommunikatsiyalar — radio va televidenie yanada katta ta’sir ko’rsatdi. Birinchi tajriba tarzidagi teleeshittirishlar 20-yillar oхirlarida (birinchilardan biri — Toshkentda) namoyish etildi. 70-yillarga kelib televidenie endi butun dunyo-ga tarqaldi. Aloqa yo’ldoshlari yangiliklar va boshqa radio va tele-eshittirishlarni butun dunyoga sanoqli soniyalarda uzata boshladi. Televidenie odamlar bo’sh vaqtini o’tkazishning hukmron shakliga aylandi. U siyosat va siyosiy targ’ibotga ham ta’sir ko’rsatdi.
Fan va teхnikaning rivojlanishi ommaviy ong va madaniyatda haqiqiy inqilob yasadi. Madaniy amaliet shakllari orasida g’arb mamlakatlarida radio va televidenie birinchi o’rinni oldi.
Radio va televidenie madaniyat хodimlarining alohida toifasini yaratdi. Maхsus radio va televidenie uchun ezadigan yozuvchilar, prodyuser, aktyor va rassomlar paydo bo’ldi. Ular san’atning maхsus turi - ommavii iste’molchiga mo’ljallangan telesan’atni yaratishdi.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish