OTISH TAYYORGARLIGI
O‘quvchilar bilishlari shart:
- Kalashnikov avtomati, parchalanuvchi qo‘l va tankka qarshi granatalarining jangovar xususiyatlari, tuzilishi, ishlash prinstiplarini;
- qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otish qoidalarini;
O‘quvchilar uddalashi shart:
- avtomatni otishga tayyorlashni, unda qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otish usullarini bajarishni;
- avtomatni tozalashni va moylashni;
- burchak kattaligi yordamida nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash usullarini;
- parchalanuvchi qo‘l va tankka qarshi granatalarni, har xil holatda uzoqlikka va aniqlikka uloqtirish texnikasini;
- parchalanuvchi qo‘l granatalarni uloqtirish mashqlarini bajarishni.
O‘quvchilar quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:
- boshlang‘ich mashq shartlari bo‘yicha avtomatdan jangovar o‘q bilan otish amalini bajarish;
- kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan o‘q otish mashqlarini bajarish.
Amaliy jismoniy tayyorgarlik askarning jang maydonida harakatlanishi uchun harbiy-amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgan kuchni rivojlantiruvchi, chidamlilikni, tezlikni, maxsus ko‘nikma va chaqqonlik sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |