(o‘g‘il va qiz bolalar uchun)
O‘quvchilar tasavvurga ega bo‘lishlari shart:
- ob’ekt va korxonalarda (ta’lim muassasalarida) fuqaro muhofazasining vazifalari va tashkiliy tuzilishini;
- aholini evakuastiya qilish qoidalari va usullari, halokat, avariya oqibatlarida zararlangan hududlarda favqulodda holatlarni bartaraf etish paytida qutqarish va boshqa shoshilinch chora-tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish usullari to‘g‘risida.
- ob’ekt va korxonalarda, muassasalarda fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarning xususiyalarini, favqulodda vaziyatlarda ob’ekt faoliyatini yaxshilash asoslarini;
- qishloq joylarda chorva va o‘simliklarni himoya qilish maqsadida asosiy tadbirlarni tashkil etishni va o‘tkazishni. O‘quvchilar bilishlari shart:
- O‘zbekiston Respublikasi xududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va ularning yuzaga kelish sabablarini;
- O‘zbekiston Respublikasi aholisini va milliy boyliklarini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokat, halokat va tabiiy ofatlar oqibatlaridan muhofaza qilish maqsadida amalga oshirilayotgan umumdavlat chora-tadbirlari tizimining tashkiliy tuzilishi asoslarini;
- xalq xo‘jaligida qo‘llaniladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM), radioaktiv va zaharlovchi moddalar, biologik (bakteriologik) va boshqa ommaviy shikastlovchi vositalarning ta’siridan muhofazalanishni;
- radiastion, kimyoviy razvedka dozimetrik nazorat qilish uskunalarida ishlashni;
- himoya inshootlarining vazifalari va tuzilishini;
- biron bir xavf haqida yoki xavf tug‘ilganda aholini ogohlantirish tartibi, favqulodda vaziyatlar sharoitida o‘zini tutish qoidalari va muhofazalanish usullarini;
O‘quvchilar uddalashi shart:
- fuqaro muhofazasi signallari bo‘yicha harakat qilishni;
- shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni;
- favqulodda vaziyatlar chog‘ida o‘ziga va jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni;
- favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri harakat qila olishni.
O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlar sharoitlarida puxta, ishonchli va unumli faoliyat ko‘rsatishlari uchun ma’naviy-ruhiy mustahkam qilib tarbiyalash zarur.
TIBBIY BILIM ASOSLARI
(o‘quvchi – o‘g‘il bolalar uchun o‘quv dasturi)
O‘quvchilar bilishi shart:
jarohatlar tavsifini;
qon ketish turlarini va ularning asoratlarini;
suyak sinishi turlarini va ularning asoratlarini;
kuyish, cho‘kish, sovuq urishi tavsiflarini;
infekstiya va yuqumli kasalliklar haqida;
karantin va observastiya haqida;
qirg‘in o‘chog‘ida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini;
davolash usullari va kasalni parvarishlash tamoyillarini.
O‘quvchilar uddalashlari shart:
- shikastlanganda, cho‘kkanda, sovuq urganda, kuyganda va boshqa baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda, zaharli va radioaktiv aralashmalar bilan zararlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |