O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

12-§. VOKAL-SIMFONIK MUSIQASI
Kompozitorlik ijodiyotining yana bir serko‘lam yo‘nalshi 
vokal-simfonik (xor va simfonik orkestr uchun mo‘ljallangan) 
qatlamidan tachkil topadi. Uchbu yo‘nalich syuita, oratoriya, 
kantata, oda, ballada kabi janrlarni o‘z ichiga oladi.
Oratoriya - lotincha “oratorium” so‘zidan olingan bo‘lib, 
ibodatxona degan ma’noni anglatadi. yakkaxon xonandalar, 
xor va orkestr uchun yaratilgan, odatda, dramatik syujetga 
asoslangan yirik musiqa asari.
Kantata  - lotincha “cantare” so‘zidan olingan bo‘lib, 
kuylamoq degan ma’noni anglatadi. yakkaxon xonandalar, xor 
va orkestrga mo‘ljallangan musiqa asari. shaklan oratoriyaga 
yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yo‘qligi 
( yoki sustligi) bilan farq qiladi. odatda, orkestr muqaddimasi, 
bir nccha ariya, rechitativ hamda xor qo‘shiqlaridan iborat 
bo‘ladi.
Syuita - fransuzcha “suite” so‘zidan olingan bo‘lib, qa-
tor, tizma degan ma’noni anglatadi. qismlar tartibi, soni, 


97
xarakterining ma’lum qonun-qoidaga qat’iy chegaralanmaganligi, 
aksariyat hollarda qo‘shiq va raqs bilan uzviy bog‘liqligi syuitani 
simfoniyadan ajratib turadi. syuita bir necha mustaqil qismlardan 
tashkil topib, ular umumiybadiiy maqsadda birlashtiriladi.
ma’lumki, vokai-simfonik musiqaning shakllanishi 
M.Burxonov, S.Yudakov, M.Leviyev, M.Ashrafiy, I.Akbarov 
kabi atoqli kompozitorlar ijodiy faoliyati bilan bog‘liq. Ularning 
ko‘p yillik tajribalari natijasida ko‘p ovozli xor madaniyati qisqa 
vaqt ichida rivojlandi va ijrochilik amaliyotida qollana boshladi.
ikkinchi Jahon urushi yillari o‘zbek musiqa san’ati uchun 
o‘ziga xos sinovlar davri bo‘ldi Fashizm ustidan tezroq g‘alaba 
qozonish, insonlarning ozodligi uchun kurashish o‘zbek 
san’atiga xos xususiyatga aylandi
Urush yillarida san’atkorlar ham katta xizmat qildilar. 
Frontga yordam berish, jangchilar rahini ko‘tarish maqsadida 
ko‘plab konsertlar uyushtirdilar, ulardan tushgan mablag‘ esa 
front maqsadlariga yo‘naltirilar edi. san’atkorlarning birinchi 
front brigadasi sozanda F.sodiqov rahbariigidagi guruh bo‘lib, 
1942-yilda filarmoniya tomonidan tuzilgan edi. Ushbu ijodiy 
guruh 16 nafar kishidan iborat bo‘lib, urush yillari front 
jangchilariga konsertlar berdi.
Urush tufayli Rossiyadan ko‘plab ijodiy xodimlar, 
san’atkorlar o‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. s. Vasilenko, 
B. arapov, m. shteynberg, yu. Tyulin kabilar q’zbekistonda 
istiqomat qilib, o‘zbek musiqa san’atida o‘z faoliyatlarini boshiab 
yubordilar hamda yosh o‘zbek musiqachilarini tarbiyalashda 
ham faol ishtirok etdilar. Uiar bilan bir safda urushdan 
avval o‘zbekistonga kelgan rus kompozitorlan N.mironov, 
V.Uspenskiy, B.Nadejdin, G.mushel, a. Kozlovskiylar ham o‘z 
ijodlarini davom ettirdilar.
Urushning dastlabki davridayoq o‘zbekistonda 200 dan 
ortiqroq yurish marshlari, mudofaa qo‘shiqlari, xor asarlari, 
kantataoratoriyalar yaratildi. Misol qilib M. Ashrafiynmg xor va 


98
orkestr uchun “Ulug‘ komandir” qo‘shig‘i, Т. Jalilovning “Zafar”, 
“Aziz Vatan”, Yu. Rajabiyning “Jon fido”, S. Yudakovning 
“Jonga jon, qonga qon” xorlarini, 1942-yil o‘zbekistonda 
yaratilgan birinchi kantata G. mushelning “Farhod qurilishi” 
asarini ko‘rsatish mumkin.
Kompozitorlar B.arapov, aKozlovskiylar hamkorlikda 
1944 yil o‘zbekiston respublikasining 20-yillik yubileyiga 
bag‘ishlab “Jaloliddin Xorazmiy” nomli oratoriyasini, 1945-yil 
esa s.yudakov “G‘alaba” kantatasini yaratdilar. shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonda urush yillariga qaramay, 
madaniy hayot so‘nmadi. samarqand, Farg‘ona va andijonda 
O‘zbek Davlat filarmoniyasining filiallari ochildi.
ii Jahon urushidan keyingi yillarda yaratilgan vokal-simfonik 
asarlarda o‘zbekiston kompozitorlari xalq kuylarini bevosita 
ko‘chirmay, ko‘proq ohangdan mavzu yaratishga intildilar. Bu 
davrda asar qismlarining qo‘shiqbopligi orkestming ikkindhi 
darajadagi o‘rni syuita tamoyilida keladigan xor va yakkaxon 
vokal nomerlarning mustaqilligi xos bo‘lgan asarlar yuzaga 
keldi. m.leviyevning “yorqin yo‘l”, s.Boboyevning “Hosil 
bayrami” kantatalari, s.yudakovning “mirzacho‘l” vokal-
simfonik syuitasi shular jumlasidandir.
50-yillarda vokal-simfonik musiqasida kantata bilan bir 
qatorda ballada, odalar paydo bo‘ldi. KVildanovning “Tinchlikka 
otlaning”oratoriyasi, m.ashrafiyning “Baxt qo‘shig‘i”, 
s.yudakovning “mening Vatanim” kantatasi shu yillarda 
yaratilgan. 60-70-yillarda o‘zbek vokal-simfonik musiqasi 
sezilarli darajada yutuqlarga erishdi. Janrlarning xilma-xilligiga 
intilish, xos bo‘lmagan musiqali dramaturgik yechimlarni izlash 
kabi fazilatlar mazkur yo‘nalishga taalluqlidir.
1967-yil qahramonlik, vatanparvarlik ruhida birinchi o‘zbek 
oratoriyasi ‘Toshkentnoma” yaratildi. Kompozitor i.akbarov 
mazkur asarni m. shayxzodaning “Toshkentnoma” poyemasi 
asosida yozdi. Ushbu asarning ettita qismi pauza bilan ayrilib


99
ikki bo‘limga guruhlanadi. Birinchi bo‘limda o‘zbek xalqining 
revolutsiyaga qadar o‘tmish obrazlan, janrlar, qahramonlarning 
jasorati, oktabr voqealari namoyon bo‘ladi. oratoriyaning 
lkkinchi bo‘limi Toshkentga bag‘ishlangan bo‘lib, “Toshkent-
Sharq mash’ali” deb nomlangan tantanavor, madhiyali final bilan 
yakunJanadi. Asarning dramaturgiyasi oratoriya janriga muvofiq 
tuzilgan.
Bastakor mazkur asarida asosiy e’tiborni xalq obraziga 
qaratgan. Xalq obrazi rivoji orkestr leytmotivlari va xor mavzuligi 
vositalari yordamida yorqin tasvirlab berilgan. oratoriyada 
xalq obrazi epik, lirik-epik, qahramonlik va qahramonona-epik 
xarakterdagi mavzularda aks ettirilgan:
Xalqning qat’iy norozilik leytmavzusi asar davomida ancha 
o‘zgarib keladi. Bu leytmavzu intonatsion va lad-tonal nuqtayi 
nazaridan oratorya finalida o‘zgacha ma’noga ega bo‘ladi, 
ya’ni xalqning shavqatsiz, yengilmas kuchi ramziga aylanadi. 
oratoriyaning barcha mavzular maishiy xalq ljodi bilan 
chambarchas bog‘liq. oratoriyaning yana bir ijobiy qahramoni 
shoir obrazidir. U baritonning yakka rechitativlarida bo‘rttirib 
yoritiladi Xalq va shoir obrazlarining bir-biriga yaqinligi xor va 
yakka partiyalar orqali ko‘rsatiladi:
i. akbarov oratoriyasining muhim xususiyati musiqiy 
rivojning kuchli dinamikasidir. Jonli vokal-simfonik to‘qima 
intiluvchan harakatga ega. Nomerlar orasidagi chegaralar asta-
sekin yo‘qolib musiqiy dramatik yalpi rivojlanish birinchi 
o‘ringa chiqadi Bariton rechitativlari xor epizodlari bilan 
kutilmagan paytda almashinadi.
Xor va orkestr munosabatlari ifodaviy ko‘p obrazliligi bilan 
ajralib turadi. Xor partiyasida bo‘lib o‘tgan hodisalar rivoyat 
qilinadi va kurashayotgan xalq obrazi yangraydi. orkestr 
Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish