O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

10-§. OPERA SAN’ATI
Орега-lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, mehnat mahsuli, 
asar degan ma’noni bildiradi opera qorishma (sintetik) janr 
hisoblanadi, u o‘zida bir necha san’at turlarini mujassam etadi: 
unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san’at va raqs san’ati 
shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bog‘lanadi. lekin 
musiqa ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. operaning adabiy 
asosi - librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari 
bilan, avvalo vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. 
qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon 
xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa 
lavhalarida o‘z ifodasini topadi. Turli vokal ansambl (duet, trio 
va b.) larda qahramonlarning o‘zaro munosabatlari o‘z aksini 
topadi. Xor esa ro‘y berayotgan voqealarning izohlovchi vositasi 
vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari 
gavdalanadi. operada orkestr ham katta o‘rin egallaydi: vokal 
shakllarga jo‘r bo‘ladi, mustaqil cholg‘u qismlarda vaziyatning 
mazmunini ochib beradi. operaning tuzilishi uning g‘oyaviy 
maqsadiga, sujet xususiyatlariga va uslublariga hamda 
kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog‘liq.
opera san’atning alohida turi sifatida XVi asr oxirida 
Florensiya (italiya) da yuzaga kelgan. opera keyinchalik 
yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalib, tarixiy rivoji 
davomida turli xiliarga ega bo‘ldi: fransuz «lirik tragediyasi» 
va katta opera , italyan opera-seriya - jiddiy opera va buff- opera
nemis zingshpili, ingliz ballada operasi va boshqalar.
o‘zbekistonda esa opera janri XX asr boshida o‘zbek 
musiqali dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el 
mumtoz operasining ta’sirida yuzaga keldi. XiX asr oxiri XX asr 
boshlarida Toshkentga gruzin, italyan, tatar, rus va ozaibayjon 
opera trappalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Rus opera teatri 
o‘z faoliyatini boshladi. 1929-yilda muhiddin qori yoqubov 


76
tashabbusi bilan o‘zbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning 
repertuari asosan musiqali dramalardan iborat bo‘lgan. mazkur 
teatr sahnasida o‘zbek tilida birinchi bo‘lib m.magomayevning 
«Nargiz», E.Brasilovskiyning «Er Targ‘in» operalari qo‘yildi. 
o‘zbek opera va balet trappasi o‘zbek musiqali teatri zaminida 
yuzaga kelib, o‘z faoliyatini kompozitorlar s.Vasilenko va 
M.Ashrafiy yaratgan «Bo‘ron» (1939) operasi bilan boshladi
56

Bu asarning sahnalashtirilishi o‘zbekistonning musiqali 
teatr hayotida katta voqea bo‘ldi. aynan, «Bo‘ron» operasi 
premerasidan so‘ng musiqiy dramatik teatr o‘zbek davlat opera 
va balet teatri nomini oldi.
«Bo‘ron» operasida o‘zbek xalqining chorizmga qarshi 
1916-yilgi qo‘zg‘oloni davri o‘z aksini topgan. operaning bosh 
qahramoni xalq bo‘lganligi sababli ommaviy sahnalar muhim 
ahamiyatga ega, har bir pardaning avjini xalq sahnalari tashkil 
etadi. opera xorlarida kuy materiali ko‘proq «sitatali» bo‘lib, 
u xalq kuylari va Hamza qo‘shiqlaridan olingan. masalan, 
1-pardadagi dehqonlar xori Hamzaning «ishchi bobo», 
2-pardaning final sahnasida «Biz ishchimiz» qo‘shig‘i yangraydi,
asarda xalq musiqa ijodiyoti namunalari orqali 
gavdalantirilgan lavhalar muvaflfaqiyatli chiqqan, biroq 
rechitativlarda musiqa va nutqni ohangga solishda nomuvofiqlik 
seziladi. Kompozitorlar mazkur asarda dramatik spektaklni 
musiqalashtirish uslubiga barham berdilar. Bu asarda musiqa jo‘r 
boiibgna qolmay, balki tashkiliy ahamiyat kasb etadi. ariyalar 
oddiygina ijro etiladigan qo‘shiq sifatida emas, balki qahramon 
obrazini yorituvchi vosita bo‘lib keldi.
«Bo‘ron» bilan deyarli bir vaqtda a.Navoiy dostoni asosida 
«layli va majnun» operasi ustida ham ish olib borildl 30-yillarda 
«layli va majnun» musiqali drama sifatida namoyish etilgan edi. 
Tomoshabinlar e’tiborini qozongan bu asar qaytadan ishlanib 
56
  operaning premyerasi 1939-yil 11- iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tdi 
K.yashin librettosi


77
operaga aylantirildi. librettosiga juda ko‘p voqealar kiritildi. 
Ushbu asar musiqa tuzilishiga ko‘ra o‘zbek musiqali dramasi 
au’analarini davom ettirdi. operaning asosi yakka kuylashdan 
iborat bo‘lib, ansambl va xorlar kam o‘rin egallagan. orkestr 
ko‘proq xonandalarga jo‘r bo‘ladi. ariyalar og‘zaki an’anadagi 
kasbiy musiqa namunalariga asoslangan.
operada musiqiy tavsiflar kam. Emotsional jihatdan bir 
rejaliligi, mazmuni va musiqa rivoji sustroq bo‘lganligiga 
qaramay, «layli va majnun» operasi tinglovchilar e’tiborini 
qozondi. asar partiturasida mayjud bo‘lgan qisman opera 
drammatuigiyasi elementlari o‘zining milliy badiiy an’analar 
bilan uzviy bog‘langanligi uchun qimmatlidir.
shunday qilib, rus va o‘zbek kompozitorlarining 
hamkorligida yaratilgan birinclii opera «Bo‘ron» va «layli 
va majnun» o‘zbek musiqa teatrining keyingi rivojiga asos 
bo‘ldi, zamonaviy professsional san’atning murakkab janrlarini 
o‘zlashtirishga yordam berdi. o‘zbek musiqali teatri o‘zining 
o‘n yillik (1929-1939) faoliyati davomida musiqali etnograiik 
ansambllardan musiqali nomerlarga ega dramatik spektakllar 
orqali musiqali drama hamda undan operagacha bo‘lgan yo‘lni 
bosib otdi.
57
dastlabki o‘zbek operalaii o‘zbek va rus kompozitorlarining 
ijodiy hamkorligi natijasida hamda o‘zbekistonda ijod qilgan 
rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivojlandi: 
XX asrning 40-yillaridan boshlab o‘zbek opera san’atining 
yo‘nalishida yangi davr boshlandi Birin-ketin turli mavzularda 
yaratilgan operalar paydo bo‘la boshladi.
ikkinchi Jahon urushi yillarida vatanparvarlik va tarixiy 
qahramonlik mavzularida a.Kozlovskiyning «Ulug‘bek», 
o.Chishkoning «mahmud Tarobiy» operalari yaratildi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda ko‘proq musiqali 
drama rivojlangan bo‘lsa, 50-yillarning ikkinchi yarmida 
57
  soiomonova T. o‘zbek musiqasi tarixi 80-bet
.


78
kompozitorlarning opera janriga qiziqishlari sezilarli darajada 
kuchaydi. Ushbu davrda yaratilgan musiqaviy sahna asarlarini 
xarakterlar ekanmiz, birinchidan, dramaturgiya mazmuni 
voqelikning muhim tomonini aks ettirishga intilishi natijasida 
zamonaviy mavzuda keskin burilish kashf etgani, ikkinchidan 
esa o‘zbek kompozitorlarining mustaqil ijod qila boshlanishi 
ko‘zga tashlanadi. 1950-1967yillarda teatr repertuari bir qator 
asarlar bilan boyidi. sahnada namoyish etilgan operalar qayta 
ishlanib yangi tahrirda yuzaga keldi. masalan, m.ashrafiy 
va s.Vasilenkoning «Ulug‘ kanal» deb nomlangan operasi 
yangi tahrirda «Baxt vodiysi» deb o‘zgartirilib namoyish 
etildi. R.Gliyer va T.sodiqovning «Gulsara», TJalilov va B. 
Brovsinning «Tohir va Zuhra», G.mushel va V.Uspenskiyning 
«Farhod va shirin» kabi operalari shular jumlasidan.
1958-yildan boshlab yangi teatr mavsumi boshlandi, 
o‘zbek kompozitorlari yangi opera asariarini sahnalashtira 
boshladilar. Bular M.Ashrafiyning «Dilorom» (1958), T.Sodiqov, 
yu.Rajabiy, B.Zeydman va d.Zokirovlarning «Zaynab va 
omon» (1958), s.yudakovning «maysaianing ishi» (1959), 
S.Boboyevning «Hamza» (1961), M.Ashrafiyning «Shoir qalbi» 
(1962), myusupovning «Xorazm qo‘shig‘i, R.Hamroyevning 
«Zulmatdan ziyo» (1966) operalaridir.
mavzu va badiiy saviyasi har xil bo‘lgan mazkur asarlar 
tomoshabinlar tomonidan turlicha qabul qilindi. Ba’zilari 
sahnadan tezda tushib ketdi, boshqalari esa teatr repertuaridan 
muhim o‘rin egalladi.
50-yillaniing oxiri o‘zbek musiqali teatri tarixida yangi 
opera janrining paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. 1958-yilda 
kompozitor s.yudakovning «maysaraning ishi» deb nomlangan 
birinchi o‘zbek hajviy operasi yaratildi. Bir qator davlat 
teatrlarida sahnalashtirilgan, chet ellarda ham qiziqish uyg‘otgan 
mazkur opera librettosi H.H. Niyoziyning shu nomdagi pyesasi 
asosida sabdulla va m.muxamedovlar tomonidan yozilgan.


79

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish