O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


-§. MUSIQALI TEATRLAR. MUSIQALI DRAMA



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

9-§. MUSIQALI TEATRLAR. MUSIQALI DRAMA
o‘zbekiston madaniy hayotida musiqali teatrlarining 
faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli davrlarda yaratilgan 
o‘nlab musiqali sahna asarlari teatr tarixida va bugungi kunda 
ham mumtoz merosimiz sifatida ardoqlanib kelmoqda. ijtimoiy 
hayotning dolzarb masalalarini yoritish va xalqimizni yangi 
zafarlarga chorlashda milliy ruhdagi yorqin sahna asarlarining 
yuzaga kelishiga musiqali teatr jamoatchiligi ulkan hissa qo‘shdi.
Teatr o‘zbekistonda qachon paydo bo‘lgan degan 
savol tug‘ilishi mumkin. agar tarixga bir nazar tashlasak, 
o‘zbekiston zaminida yashagan xalqlar yuksak darajada 
tarraqqiy topgan madaniy an’analar sohiblari bo‘lganliklarini 
bilib olamiz. arxeologik qazilmalar natijasida topilgan sozanda 
va raqqosalarning haykalchalari, tasviriy san’at namunalarida 
ifodalangan musiqa cholgu asboblari, xalq og‘zaki ijodi, yozma 
adabiyot asarlari, ilmiy tarixiy manbalar bundan yorqin dalolat 
beradi. qadimdan dunyo xalqlari o‘z mehnat va turmushlari 
jarayonida tabiat mo‘jizalarini o‘rganib, diniy e’tiqod va falsafiy 
tafakkurlari bilan so‘z, musiqa, raqs va turli tomosha-o‘yinlarini 
yaratdilar va badiiy san’at darajasiga ko‘tardilar. Bu san’atlarning 
bir-biri bilan uzviy bog‘lanishlari natijasida har xil san’at 
turlari dunyoga keldi. Bulardan biri teatr san’atidir. ma’lumki, 
masxarabozlar, qiziqchilar va qo‘g‘irchoq tomoshalarida 
ishtirok etuvchi artistlar, o‘zbek xalq terma, aytishuv, lapar, 
yalla. qo‘shiq va turli cholg‘u kuylaridan keng foydalanganlar. 
Ushbu musiqalar asar voqealariga bevosita aloqador bo‘lmasa-
da, obrazga kirish uchun aktorlarga yordam bergan va 


58
tomoshaning ta’sirini kuchaytirgan. Tomosha boshlanishidan 
avval xaloyiqni to‘plashda karnay, surnay, nog‘ora, doira kabi 
cholg‘u asboblaridan tashkil topgan sozandalar to‘dasi doim 
ishtirok etgan. «Xalq teatrining aktyorlari o‘z kasbining ustasi 
bo‘lishi bilan birga, ular so‘z, musiqa va raqs san’atlarini ham 
yaxshi bilganlar.
Tomosha ko‘rsatish davrida aktyorlar «Tanqid» va «Taqlid» 
yoki «muqallid» qiluvchi ikki guruhga bo‘linib, savol va 
javob orqali qisqa dialog-muzokaraga muhim ahamiyat berar 
edilar. sunday masxaraboz-qiziqchi aktyorlar hunar vazifasi 
juda keng edi. Ular mohirona dialog, monolog, qo‘shiq aytish, 
raqsga tushish, turli jismoniy harakatlar, ya’ni muallaqchilik 
san’atlaridan keng foydalanganlar.
51
o‘zbek «Xalq teatri»da asosan yozma dramaturgiya 
bo‘lmasa ham, lekin bunday teatr san’atkorlari tarixni va o‘z 
davrlaridagi xalq hayotini, jamiyatdagi ayrim shaxslarning 
yomon xatti-harakatlarini, nayrangbozlik, tovlamachiliklarini 
fosh qilishga harakat qilar edilar.
yevropa usulidagi teatr harakati esa Turkistonda XiX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Teatming yaratilishiga 
mahmudxo‘ja Behbudiy va uning fikrdoshlari, safdoshlari 
turli mavzularda sahna asarlari yaratib, ijrochi artistlarni 
tarbiyalash orqali o‘z hissalarini qo‘shdilar. XX asr boshlaridan 
o‘zbek dramatuiglari bir qator sahna asarlarini («Padarkush» 
m.Behbudiy, «mahramlar» a-samadov, mo‘min shukrulla, 
«Juvanmarg», «Boyvachcha» a.Badriy, «advokatlik osonmi» 
aavloniy, «Baxtsiz kuyov» a.qodiriy) yaratdHar. 1913-yil 
m.Behbudiy birinchilardan bo‘lib, «Padarkush» nomli pyesasini 
samarqandda o‘zi tashkil qilgan havaskorlar teatrida namoyish 
etdi. Bu asarni sahnada namoyish etilishi katta voqeaga aylanib 
ketdi. O‘sha yillarda Toshkent, Qo‘qon, Namangan, Вихою 
51
  Jabborov a. musiqiy drama va komediya janriari o‘zbekiston kompozi-
torlari ijodiyotida. i8-bet


59
shaharlarida tashkil etilgan milhy teatr jamoalari ham shu 
spektakl bilan sahna pardasini ochgan edilar.
Turkistonda yangi usulli ustoznavozlik teatrining barpo 
etilishida ayniqsa, qozon, tatar va ozaibayjon, rus teatrlari 
muhim rol o‘ynadi. o‘zbek tomoshabinlari kompozitor Uzeyir 
G‘ojibekovning ”layli va majnun”, ”asli va Karim” nomli 
operalarini, ”arhin mol olon” kabi musiqali komediyalarini zavq 
bilan ko‘rib tinglashgan. Rus, tatar, ozarbayjon va boshqa millat 
madaniyati, adabiyoti, musiqa va teatr san’ati o‘zbek ziyolilari, 
shoir-yozuvchi va san’atkorlaiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, ularni 
ijodga ilhomlantirdi. masalan atoqli shoir, dramatuig, jamoat 
arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy faoliyati ham shu 
taasurot va qiziqish orqali boshlandi. U ”Firuza xonim”, ”Zaharli 
hayot” nomli to‘rt pardali drama va ”mulla Normuhammad 
domlaning kufr xatosi” nomli bir pardali komediya, ”Boy ila 
xizmatchi” dramasi kabi sahna asarlarini yaratdi.
shuni eslatish kerakki, o‘zbekistonda inqilobdan avval va 
keyingi davrda yuzaga kelgan barcha havaskor ustoznavozlik 
(professional) teatrlar to 1928-yilga qadar drama yoki musiqali 
drama turlariga maxsus ajratilmagan edi, ya’ni teatr tuzilishida 
farqlash, ajratish bo‘lmagan. shu sababli hamma teatrlar 
repertuarlari dramatik va musiqali sahna asarlardan, konsert 
dasturlaridan tashkil topar edi
52
. Har bir teatr o‘zbek xalq 
cholg‘u ansanbliga ega bo‘lgan. ansambllaming musiqa rahbari 
o‘zbek xalq musiqa merosiga murojaat qilib, sahnada namoyish 
etiladigan spektakllarga kerakli kuy, qo‘shiq, yalla, ashula va 
maqomlardan tanlab kiritar edilar.
20-yillarda respublikada havaskorlarning musiqali dramatik 
jamoalari paydo bo‘ldi. Bu jamoalar G\Zafariyning ”Bahor”, 
”Gunafsha” bir pardali musiqali pyesalarini, ”Halima” nomli 
to‘rt pardali asarni, sh.Xurshidning ”Farhod va shirin”, 
52
  Jabborov a. musiqiy drama va komediya janrlario‘zbekiston kompozi-
torlaxi ijodiyotida. 48-bet


60
”layli va majnun”, Cho‘lponning ”Hujum” nomli asarlarini 
sahnalashtirdilar. mazkur spektakllarda muhiddin qori yoqubov
a. Xidoyatov, R. Xolmuxamedov va boshqalar turii rollarni ijro 
etardilar.
Xullas, XX asming boshlarida bunyodga kelgan o‘zbek 
teatri, o‘zining rivojlanish jarayonida dramatik asariar bilan 
biiga musiqali drama janrini shakllanishiga imkoniyat yaratib 
berdi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish