O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet69/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
pul muomalasi

to‘g‘ri kotirovka. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa, ya’ni milliy valutada xorijiy valutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdorda ko‘rsatilsa, to‘g‘ri kotirovka deb ataladi. Bunday kotirovka hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pchilik mam- lakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda;

  • egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valutaning xorijiy valutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valutaning xorijiy valutadagi bahosi ko‘rsatiladi.

    Buyuk Britaniyada funt sterling, Avstraliya dollari va YKYning kursi teskari kotirovkalash yordamida o‘rnatiladi. Agarda ikki valuta o‘rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbat «kross-kurs» deb ataladi.

    Masalan, 1 AQSH dollari = 30,00 Rossiya rubli;

    1 AQSH dollari = 5,00 Ukraina grivnasi;

    1 Ukraina grivnasi = 6,00 Rossiya rubli.

    Ko‘rinib turibdiki, (kross-kurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina grivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross- kursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valuta sifatida gavdalanadi. Jahon amaliyotida, asosan, uchinchi valuta sifatida AQSH dollari qo‘llaniladi, ya’ni barcha valutalar jahon ayirbosh- lashida aynan shu valutaga nisbatan kotirovka qilinadi.






    273,78

    36315

    0,0075.

    Ustama yoki/diskont

    SK ■ FSF ■ BM
    (360 • 100) + (BVKS ■ BM)


    1,5210 • (5,5-3,5) • 90 (360 • 100) + (3,5 • 90)
    Forvard kurs = 1,5210 + 0,0075 = 1,5285 (ustama).

    Bu yerda, SK — spot-kurs; FSF — depozitga to‘lanadigan va kredit bo‘yicha olinadigan foiz stavkalari o‘rtasidagi farq; BMbitim muddati; BVKS — bitim valutasidagi kreditning foiz stavkasi; 360 — yildagi kunlar soni.

    Ustama yoki diskont ekanligini foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdan bilish mumkin. Agar valuta bitimi bo‘yicha foiz stavkasi baholovchi valutaning foiz stavkasidan past bo‘lsa, bu valuta yuqori kursda koti- rovka qilinadi va chiqqan ko‘rsatkich ustama sifatida sotiladi. Agar valuta bitimining foiz stavkasi yuqori bo‘lsa, bu ko‘rsatkich diskont bo‘ladi. Agar milliy valutadagi depozitlarning % stavkasi bitim valu­tasidagi kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, olingan natija diskont hisoblanadi, aksincha bo‘lsa, ustama hisoblanadi.

    Banklar valuta operatsiyalarini amalga oshirishda valutani so- tish va sotib olish kursini o‘rnatadi. Bu kurslar sotuvchining va xaridorning kursi deb ataladi.


    Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish