Birinchi bosqich. Import qiluvchi tovar jo‘natilishga tayyorligi to‘g‘risida xabar olgandan keyin o‘z bankiga (bank emitent) eksport qiluvchi bankida ma’lum summa va muddatga akkreditiv ochish topshirig‘ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig‘i bilan birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
ikkinchi bosqich. Bank emitentga tegishli bankda akkreditiv ochiladi va eksport qiluvchiga bu haqda xabar qilinadi, zarur bo‘lsa, akkreditiv ochilganligi tasdiqlanadi;
uchinchi bosqich. Tovarni jo‘natgan eksport qiluvchi bankka talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to‘lovni oladi (odatda, u eksport qiluvchining hisobraqamiga o‘tkaziladi);
to‘rtinchi bosqich. Eksport qiluvchi banki tovar hujjatlarini bank emitentga yuboradi. U, o‘z navbatida, bu hujjatlarni import qiluvchiga taqdim etadi va akkreditiv summasini qoplaydi (import qiluvchi bu summani to‘lab beradi).
Majburiyat turiga ko‘ra, bank akkreditivi «chaqirib olinadi- gan» va «chaqirib olinmaydigan» bo‘ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan ilgari import qiluvchi yoki bank emitent ko‘rsatmasiga binoan bekor qilinishi mumkin. Bunday akkreditiv eksport qiluvchi manfaatlariga javob bermaydi va amaliyotda kam uchraydi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv eksport qiluvchi ruxsa- tisiz bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. U bank emitentning eksport qiluvchiga to‘lovni amalga oshirish yoki trattani akseptlashning qat’iy majburiyatini oladi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv qo‘llanilishi jihatidan eksport qiluvchi uchun afzal hisoblanadi. Agar bank emitent akkreditivni ochuvchi bankka valuta qoplamasini jo‘natsa, akkreditiv ta’minlangan, aks holda, ta’minlanmagan hisoblanadi.
Hujjatli inkasso operatsiyasida eksport qiluvchi o‘z bankiga in- kasso topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko‘rsatilgan hujjatlami taqdim qilish bilan import qiluvchidan ma’lum valuta miqdorini olish lozimligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, eksport qiluvchi o‘z banki orqali import qiluvchi bankiga inkassatsiya uchun hujjatlami jo‘natadi. Inkassatsiya opera- tsiyasi to‘rt asosiy bosqichda o‘tadi:
birinchi bosqich. Eksport qiluvchi o‘z bankiga inkasso top- shiriqnomasi va unga ilova qilingan hujjatlami beradi;
ikkinchi bosqich. Eksport qiluvchi banki import qiluvchi mam- lakatdagi bank-korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlami yuboradi;
uchinchi bosqich. Bank-korrespondent import qiluvchiga hujjatlami taqdim etadi va inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani oladi yoki trattani akseptlaydi;
to‘rtinchi bosqich. Olingan to‘lov miqdori import qiluvchi banki eksportyor bankiga, undan esa eksport qiluvchi schotiga o‘tkaziladi.
Valuta operatsiyalarini valutalar o‘rtasidagi nisbatni aniqla- masdan va ularni almashtirmasdan o‘tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valuta «kotirovka»lari yordamida amalga oshiriladi. Valuta kotirovkasi deganda, almashtirish uchun taqdim etilgan valutalar kursini va ular orasidagi nisbatni o‘rnatish tushuniladi.
Valuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo‘linadi. Ras- miy valuta kotirovkasini davlat amalga oshiradi (asosan, Markaziy bank). Rasmiy valuta kursidan davlat valuta operatsiyalarida, boj- xona ishlarida, to‘lov balansini tuzishda foydalaniladi.
Valuta kursini aniqlash usullari valuta tizimlarining xusu- siyatlariga ko‘ra, turli mamlakatlarda turlicha. Qattiq valuta chek- lovlari mavjud davlatlarda valuta kursi ikki usulda o‘rnatilishi mumkin. Birinchisi, sof boshqaruv usuli — hukumat yoki Markaziy bank talab va taklifdan qat’i nazar, milliy valuta kursini belgilaydi. Bunda valuta kursi boshqa valuta yoki bir qancha valutalar (valuta savati)ga nisbatan belgilanadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik Markaziy banklar turli operatsiyalarda turlicha valuta kurslarini belgilaydi.